Pedagogika kafedrasi


aqliy,  nafosat va jismoniy, mehnat tarbiyasiga



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/430
Sana10.02.2022
Hajmi3,45 Mb.
#440704
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   430
Bog'liq
xalq pedagogikasi. qiyosiy pedagogika

aqliy, 
nafosat va jismoniy, mehnat tarbiyasiga
bo‘ladi. Mutafakkir bolani tarbiyalash 
vazifasini ularning ota-onalariga yuklaydi, ya’ni oilaviy tarbiyaga katta e’tibor 
beradi va farzand tarbiyasida ota-onaning burchini shunday ta’riflaydi: 
«Utay yaxshi nom birla desang agar,
Sen o‘g‘lingga o‘rgatgil ilmu hunar.
Agar bo‘lmasa aqlu fikri uning,
Nishon qolmagay sendan o‘lgan kuning.
Ota-onasi erkalatsa nuqul,
Juda ko‘p qiyinchilikni ko‘rgay o‘g‘il. 
 Aql o‘rgatu, to‘g‘rilik, poklik,
Sevib erkalatma, qil idroklik...
Agar senda Qoruncha ham, bo‘lsa zar,
O‘z o‘g‘lingni qoldirmag‘il behunar»
16
Sa’diy ota-onalarga har bir farzandning xulq-atvorini hisobga olgan holda 
bolalarni qobiliyatli qilib o‘stirishni, axloqiy tarbiyani yoshligidan boshlashni 
tavsiya etadi. Sa’diyning uqtirishicha, xulq-atvor shakllanib bo‘lgach, bolaga 
tarbiya uncha kor qilmaydi, deydi. 
Aqliy tarbiya, Sa’diyning nazarida, bilimni egallash va uni hayotga tatbiq 
etish bilan bog‘liqdir. Aqliy tarbiya uni hayotda sinash jarayonida rivojlanib 
boradi. 
Sa’diy bilimni hayotga tatbiq etishni tashviq etar ekan, uning hayotiy 
mohiyatini isbotlashga harakat qiladi. Uning fikricha, bilimni egallagan odam aqlli 
va axloqlidir. Bunday odam jamiyatda qadrlanadi, qaerda bo‘lmasin, uni hamma 
hurmat qiladi, u hamma yerda shuhrat qozonadi. Sa’diy ilmga amal qilmagan olim 
haqida shunday hikoya qiladi: 
«Bir odamdan: 
«Ilmiga amal qilmagan olim nimaga o‘xshaydi?»—deb 
so‘radilar. U javobida: «Bolsiz asalariga o‘xshaydi!»
– dedi.
17
Sa’diyning fikricha: 
«... Ikki toifa odam behuda ishlab, behuda harakat qilgan 
bo‘ladi: biri mol-mulk yig‘ib, foydalanmagan va ikkinchisi esa ilm olib, amal 
qilmagan odam: 
Harchand o‘qibsan, bilimdonsan, 
 Agar amal qilmading, nodonsan.
18
Odam bilimni turmushda foydalanish uchun egallaydi, tajribada qo‘llanmagan 
bilim foydasizdir. 
Sa’diy hayotiy tajribani axloqiy ma’noda tushunadi. Uning bilimni tajribada 
qo‘llash haqidagi fikri hozirgi davrda ham o‘z mohiyatini yo‘qotmagan. 
15
Ўша жойда, 143-бет 
16
Ўша жойда, 110-111-бетлар. 
17
Ўша жойда, 173-бет. 
18
Ўша жойда, 157-бет. 


115 
Sa’diy odamlardan axloq me’yorini bilishni va hayotda unga rioya qilishni 
talab etadi. Shu bilan birga, u bilimni barcha sohada odamlarda go‘zal insoniy 
fazilatlarni shakllantirishga yo‘naltirishni talab etadi. 
Sa’diy birorta sohada bilim egallashni boshladimi, to uni oxirigacha 
yetkazishni maslahat beradi: buning uchun odam, birinchidan, bilimga 
qiziquvchan, hamma yerda va hamma vaqt yangilikka intiluvchan bo‘lishi kerak; 
ikkinchidan, bilimni quruq o‘rganishni emas, balki munozara yo‘li bilan haqiqatni 
aniqlab, ongli suratda o‘zlashtirish kerak, deydi. Uning fikricha, munozarasiz bilim 
rivoj topmaydi. 
Shunday qilib, Sa’diy kishini hayotga tayyorlash uchun, eng avvalo, aqliy 
tarbiyani tajriba bilan bog‘lash, mustaqil o‘qish yo‘li bilan amalga oshirish 
kerakligini tavsiya etadi. Aqliy rivojlanish kamolot uchun zarur, demak, aqliy 
tarbiya axloqiy tarbiya bilan uyg‘un bog‘lanishi kerak. 
Sa’diyning pedagogik qarashlarida yosh avlodning axloqiy tarbiyasi markaziy 
o‘rinda turadi. Shu masalani yechishda Sa’diy insonparvarlik prinsipidan kelib 
chiqadi. Uning pedagogik ta’limotiga ko‘ra, insoniy muhabbat va hurmat tuyg‘usi 
inson qadriyatida, axloqiy tarbiyada asosiy o‘rnini egallaydi. Shu ma’noda, u 
yoshlarga murojaat qilib, ularni bilimlarni egallashga, xush axloq bo‘lishga da’vat 
etadi. 
Muhtojlarga yordam berishni Sa’diy birinchi darajali insoniy fazilat 
hisoblaydi. Ayniqsa, u yetim bolalarga ota-onalari kabi g‘amxo‘rlik qilish 
zarurligini qayta-qayta ta’kidlaydi. Uning fikricha, yetimlar va muhtojlarga 
yaxshilik, ezgulik qilish insonparvarlik va odamiylikka xos xususiyatdir: 
Ye
timlar boshiga mudom soya sol,
Arit gardu changin, tikan kirsa ol. 
 Yetim tursa oldingda ma’yusdil,
O‘z o‘g‘lingni hatto o‘pib suymagil...
Art rahm etib,

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish