42. “Affekt” so’zining mazmuni, dipressiya, stress, alahlash, apatiya
Affekt (lot. aftectus – ruhiy hayajon, ehtiros) – turli tashqi yoki ichki ta’sirlar asosida tez paydo boʻlib, qisqa muddatli, aksariyat hollarda "port-lash" tarzida boʻladigan kuchli ifodalanadigan hissiy holat (qoʻrqinch, dahshat, gʻazab va boshqalar). A. tushkunlik, tang vaziyatlarda yuzaga keladi. A. holatida ichki organlar faoliyati oʻzgaradi, keskin ifodali holatlar paydo boʻladi, kishining ong doirasi torayadi, xulqni nazorat qilish qobiliyati yoʻqoladi. A. fiziologik ham, patologik ham boʻlishi mumkin. Fiziologik A.da kishi oʻz xatti-harakatini idora eta olishi, keyinchalik barcha voqealarni xotirasida saqlab qolishi mumkin. Patologik A. koʻproq ruhiy kasalliklarda kuzatiladi. Ba’zan ruhiy sogʻlom odamlarda ham kuzatilishi mumkin. Patologik A.da barcha xatti-harakatlar kishi xotirasida saqlanmaydi, shaxsning xatti-harakatlari ong tomonidan nazorat qilinmaydi. Odamda A. fakdt uning jismoniy holati, biologik ehtiyojlari va instinktlari kabilarga bogʻliq omillar tufayli emas, balki uning ijtimoiy munosabatlarining buzilishi tufayli ham yuzaga kelishi mumkin
Depressiya — ruhiy kasallik boʻlib, u odamda hayotga boʻlgan umidsizlik, odamlarga boʻlgan ishonchsizlik, tushkunlik, yolgʻizlik, stress, toʻxtovsiz xavotirlanish va shu kabi yomon [negative] xissiyotlarni uygʻotishi mumkin. Oʻta jiddiy xolatlarda, baʼzilar sigaret chekish, spirtli ichimliklar ichish, meyoridan ortiqcha uxlash kabi yomon illatlar bilan oʻzlarini chalgʻitishga urinishadi. O'spirin yoshidagi bolalarning juda ko'p musiqa tinglashi depressiyadan qiynalishlariga sabab bo'lishi mumkin.Depressiya vaqtida inson ortiqcha miqdorda taom iste'mol qilishi ham mumkin. Asosiy depressiv hayot buzulishi: asosiy depressiya (klinik depressiya) ikki haftadan ortiq davom etadigan kuchli yoki jiddiy alomatlarga ega. Bu alomatlar kundalik hayotga aralashadi
Stress (ing . stress — bosim, kuchlanish, tanglik) - odam va hayvonlarda kuchli taʼsirotlar natijasida sodir boʻladigan oʻta hayajonlanish, asabiylik holati. Organizmda har xil taʼsirotlarga nisbatan rivojlanadigan nomaxsus neyrogormonal reaksiya. "S." terminini kanadalik patolog G. Selye taʼriflab, tibbiyotga kiritgan (1936). Olim stress holatiga olib keluvchi omilni stressorlar deb, ular taʼsirida organizmda roʻy beradigan oʻzgarishlarni moslashish (adaptatsiya) sindromi deb atadi. Fizik (issiq, sovuq, shikastlanish va boshqalar) va psixik (qoʻrquv, qattiq tovush, oʻta xursandchilik) stressorlar ajratiladi. Organizmda bu omillar taʼsirini yengishga qaratilgan moslashuvchi biokimyoviy va fiziologik oʻzgarishlar rivojlanadi, bu stressorning kuchi, taʼsir etish muddati, odam yoki hayvonning fiziologik sistemasi va ruhiy holatiga bogʻliq.
Bemor koʻziga koʻringan narsalarni, qlogʻiga eshitilgan tovushlarni, koʻpincha, yodida saqlab qoladi. Ammo atrofida sodir boʻlgan voqealarning hammasini eslolmaydi.
Alahlash bir necha soatdan 3-5 kungacha davom etib, baʼzan qaytalanib turadi.
Апатия [юн. apatheia – лоқайдлик, ҳафсаласизлик, қизиқишнинг йўқолиши] – 1) одамнинг теварак-атрофидаги воқеа ва ҳодисаларга лоқайд бўлиб қолиш ҳолати; 2) тиббиётда ташқи муҳитга қизиқмай бутунлай бепарво бўлиб қолиш билан ифодаланадиган касаллик ҳолати. Апатия, кўпинча, абулия ҳолати билан бирга кечиб, руҳий фаолиятнинг сусайиши кузатилади. А. Одамда айрим руҳий касалликлар ёки ўта тлиқиш белгиси бўлиши ҳам мумкин; 3) антик фалсафада стоицизм этикасининг асосий тушунчаларидан бири, калбнинг барча эҳтрослардан тўла озод бўлишини талаб этади.
Do'stlaringiz bilan baham: |