298. Mahalla ijtimoiylashuvining unikal mexanizmi sifatida
Ijtimoiylashuv nafaqat shaxsning jamiyatda qulayliklarga ega bo’lishini ko’zda tutadi, balki shaxsning muayyan axloqiy va etnik qoidalarni egallashini ham ko’zda tutadi. Shu borada mahalla ijtimoiylashuvining unikal mexanizmi hisoblanadi. Chunki unda:
-har bir inson amal qilishi kerak bo’lgan muayyan axloqiy qonunlar ishlab turadi;
-muomala bir qator axloqiy tamoyillarga asoslanadi;
-hokimiyatga ishonch va xizmat, shaxsiy namuna kuchi kattalarga hurmat, bolalar haqida g’amxo’rlik;
-axloq va jamoatchilikning tarbiyasi amaliy faoliyatga kiritish orqali amalga oshiriladi;
-ommaviy ong qadriyatlari mahalladan oila va shaxsga uzaytiriladi;
-alohida shaxs hayotining asosiy bosqichlari jamoaning barcha a’zolari tomonidan kuzatuvda bo’ladi.
Alohida tarixiy davrlarda an’anaviy hayotiy muammolarning buzilishiga urinishlar amalga oshirilishiga qaramay, mahalla bunga qarshilik ko’rsatdi va an’ana, odatlarning saqlanib qolishiga yordam beradi.
299. Mahalla insonlarning axloqiy birlashuvi markazi sifatida
Mahalla maktablarining yuqori sinf o’quvchilarning ijtimoiy va ma’naviy qiyofalari ham ancha o’zgarib qoldi. Ularning aksariyati muassasa, maktablarda tashkiliy ish tajribasiga egalar. Oqsoqollarning aksariyat qismi savodxon, ularning ba’zilari ilmiy darajaga egadirlar. Mahalla insonlarning axloqiy birlashuvi markazi bo’lishni davom ettirmoqda. Bu avvalambor, mahalla qo’mitalari faoliyatlarining asosiy yo’nalishlaridan biri ijtimoiy mehnatlarni, shu jumladan obodonlashtirish bo’yicha ishlarni tashkil qilishda namoyon bo’ladi. Bunaqa ishlarning asosiy turlari-ariqlarni tozalash, daraxtlarni kesish, axlatni chiqarish bo’yicha hasharlardir. Bunaqa tadbirlar asosan Navro’z, Ramazon, Qurbon hayitlari, Mustaqillik kunlari oldidan o’tkaziladi. Hashar yo’li bilan uylar, klublar, oshxona, masjidlar bunyod etilmoqda.
300. Mahallalardagi eng muhim an’analardan biri mehr-muruvvat bo’lib, u qanday qiyofalarda namoyon bo’ladi?
Eng muhim an’analardan biri mehr-muruvvat bo’lib, u quyidagi qiyofalarda namoyon bo’ladi:
-jamoaning g’amxo’rligi, qo’shnilarning kasal, keksa va kam ta’minlanganlariga yordam ko’rsatishadi;
-o’ziga to’q kishilarlarning kam ta’minlangan qarindoshlariga va qo’shnilarga moddiy yordam berishlari;
-oqsoqol va mahalla qo’mitasi tomonidan boquvchisini yo’qotgan va qariyalarga yordam ko’rsatishi va boshqalar.
Bularga misol qilib, 50-yillarda “Yangiobod” mahallasida aholining yordami bilan klub bunyod etilib, unda ma’ruza, konsert, kechalar o’tkazilgan. Bu ishlarda o’qituvchilar, san’atkorlar faol ishtirok etishgan.
Jamoada yordam ko’rsatish an’anasi hozir yangi shakllarga ega bo’ldi va hokimiyatlar, mahalla qo’mitalarning asosiy vazifasiga aylandi. Respublika Prezidentining (1994 yil 23 avgust) “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyasini kuchaytirish chora-tadbirlari” haqidagi farmoni bilan aholini ijtimoiy himoya qilishning yangi turi joriy qilindi: kam ta’minlangan oilalarga har oy ko’rsatiladigan yordam. Bu yordamning yangiligi shundaki oilalar taqsimotini mahalla hal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |