Pedagogika javoblar
1.Korreksion pedagogika fani va uning dolzarb masalalari anomal bolalar, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar anomal (yunoncha anomalos- odatdan tashqari, norasa) degan ma`noni bildiruvchi so`zi bilan yuritiladi. Hozirgi kunda O`zbekistonda Defektologiya —maxsus yordamga muxtoj jismoniy yoki ruhiy kamchiliklari bor bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini o`rganadigan, ularning ta`lim-tarbiyasi bilan shug`ullanadigan fandir. Defektologiya so`zi lotincha defekt — kamchilik, nuqson, yunoncha logos — ta`limot, fan, o`rganish degan so`zlardan olingan. Ruhiy va jismoniy kamchiliklari bor bolalar anomal bolalar deyiladi (yunoncha odatdan tashqari, noraso degan ma`noni bildiruvchi anomalos so`zidan olingan). Defektologiya fanining mavzu bahsi anomal maxsus yordamga muxtoj bolalardiranomal bolalarga integratsion, inklyuziv, differensial ta`limni tashkil etish uchun zarur shartsharoitlarni o`rganish, ulardagi psixofiziologik kamchiliklarni iloji boricha bartaraf etish, tuzatish yoki bilinmaydigan holga keltirish usullarini belgilash va amaliyotda tatbiq etish yo`llarini tarbiyachi hamda o`qituvchilarga ko`rsatib berishdan iborat
2, Yordamga muhtoj bolalar tavsifi Bolaning xoh ona qornida, xoh tug`ilganidan keyin rivojlanib borishi uchun zarur bo`lgan ma`lum shart-sharoitlarning buzilishi turli xil anomaliyalarga, ya`ni jismoniy yoki psixik nuqsonlar, kamchiliklarga olib kelishi mumkin.
Bola dunyoga kelgan kunlaridan boshlaboq ko`radi, eshitadi, biror narsa tekkanini, og‘riq, issiq, hid va ta’mni his etadi. Tevarak atrofdagi borliqni bilish — sezish va idrok qilishdan, ya’ni voqelikdagi narsa va hodisalarning bola ongida aks etishidan boshlanadi.
Bolaning idroki hayotining dastlabki yillaridayoq ancha takomillashadi va ikki yoshida u buyumlarning rangi, shakli, katta-kichikligiga qarab bir-biridan farq qila boshlaydi, tanish ohangni ajratadi va hokazo. Unda xilma-xil sensor qobiliyatlar: ko`rish va ko`zdan kechirish, tinglash va eshitish, buyumlarni tashqi belgilariga qarab ajratish, ko`zi ko`rayotgan va eshitayotgan narsaga taqlid qilish qobiliyati rivojlanib boradi Defektologiya fanida maxsus yordamga muxtoj - anomal bolalarning turli xil toifalari ustida ish olib boriladi: Ular quyidagilardir: eshitish kamchiliklariga ega bo‘lgan bolalar (tug‘ilishdan kar, zaif eshituvchi bolalar'', keyinchalik zaif eshituvchi bo‘lib qolgan bolalar); ko`rish qobiliyati zaif (ko`r, zaif ko`ruvchi bolalar); oligofren (debil, imbetsil, idiot bolalar); og‘ir nutqiy nuqsonlari bor bolalar; harakat-tayanch a’zolarida kamchiliklari bo`lgan bolalar; ruhiy rivojlanishi orqada qolgan bolalar. kompleks nuqsonli ko`r-kar-soqov bolalar;
Anomal bolalar sog`lom tengdoshlari orasida inklyuziv ta’limda yoki maxsus ta’lim-tarbiya muassasalarida tarbiyalanishi va o`qitilishi kerak. Bolaning umumiy rivojlanishiga har tomo a kuchli ta’sir etgan nuqsonlargina uni anomal bola deb hisoblashga asos bo‘lishi mumkin. Masalan, bolaning faqat chap qulog‘i eshitsa-yu, bu nuqson uning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir etmaydigan, u umumiy maktab sog‘lom tengdoshlari qatori o`zlashtiradigan bo`lsa, u anomal bolalar toifasiga kirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |