40. Bolalarda reaktiv holat va konfliktli kechinmalar
Inson o’z hayotida bolalik davridanoq boshqa insonlar bilan turli ijtimoiy munosabatlarga kirishadi. Inson hayoti boshqalar bilan bo’ladigan turli munosabatlarning uzluksizligidan iborat bo’lgan jarayondir. Ana shu munosabatlar esa har doim ham bir tekis, silliq va tinch davom etavermaydi. Hayotning bir tekis davom etishini turli nizo va ziddiyatlar buzib turadi. Biz ularni konfliktlar deb ataymiz. Konfliktlarni tabiiy hodisa dedik. Konflikt – oddiy hol. Chunki konflikt har birimizning turmushimiz va tirikchiligimizga xos bo’lgan, hayotimizga tegishli narsa. Ammo ko’pchilik ongida an’anaviy mavjud bo’lgan fikrga ko’ra, konflikt bu – oddiy hol emas, u ziddiyatli hol, undan o’zini muhofaza qilish kerak, undan o’zini tortish zarur, konfliktdan ―qochish‖ kerak. Konflikt – bizning milliy menetalitetimizda ―yaxshi‖ bo’lmagan holat va vaziyatga tenglashtiriladi. Konflikt bo’lganidan ko’ra, konflikt bo’lmaganini biz afzalroq ko’ramiz. Biz konfliktni hayotimizdagi eng ―yomon‖ davr sifatida baholaymiz. Konfliktdan uzoqroqda yashash ko’nikmalari bizning tafakkurimizga chuqur singdiriladi. Shunday ekan, konflikt mazmuni - inson manfatlarining holati bilan uzviy bog’liq bo’lgan voqyelikka aylanadi. Demak, konflikt – bu ikki, yoki undan ko’p tomonlarning o’z maqsadlariga yetish yo’lidagi turli manfaatli to’qnashuvidir.
41. Xarakterida isteroid belgilari bo’lgan bolalar bilan ishlash Isteroid – boshqa xarakter tiplari ichida eng yorqini. Isteroidlar uchun hayot – teatr, oʻzi – aktyor, qolganlar esa tomoshabin. Oʻzini namoyish qilishni sevuvchi bu shaxslar har doim sizning maqtovingiz, hayratingiz va maʼqullashlaringizga muhtoj. Toʻgʻri, hamma odamga ham bunday narsalar kerak, ammo xarakter tiplari ichida isteroidlarga suv va havoday zarur. Aktyorlik qobilyati juda kuchli. Isteroidlar koʻpincha kino, estrada, teatr kabi joylarda oʻz missiyasini namoyon qiladi. Ularga bitta tomoshabin boʻlsa ham yetarli, agar boʻlmay qolsa oʻzlarini juda yomon his qiladilar. Isteroidni atrofdagilar payqamasa, bu oʻlim deganidir. Payqasangiz faqat yaxshi tomonini koʻrishingiz shart, yomon tomonini emas.
Oʻziga juda yuqori baho beradi. Botirday tuyilishi mumkin, lekin faqat atrofdagilargagina shunday. Aslida oʻzlariga ishonchi past.
Hissiyotlari nozik va juda oʻzgaruvchan. Ammo boshqalarning dardiga sherik boʻlolmaydi, sherik kabi tutishni esa zoʻr eplaydi. Kayfiyati tez-tez oʻzgaradi, shu qatori qiziqqan sohasiyu tanishlari ham.
➡️ Bolaligi: Isteroidlar koʻpincha oilaning erkatoy farzandi. Nima desa muhayyo qilinishiga oʻrgatilgan bolalar katta boʻlganida ham atrofdagilardan doimiy eʼtiborni talab qiladi. Ular uy ishlarini ota-onasiga yordam berish uchunmas, oxirida maqtov eshitish uchun qilishadi. Koʻpincha qizlar isterichka deyiladiyu, ammo erkaklar ham isteroid tipga mansub boʻladi. Isteroid oʻgʻil bolalar koʻpincha isteroid ona, opa, buvilarning tarbiyasini koʻrgan boʻladi. Isteroidlarning 60-70% i ayollardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |