Ijtimoiy pedagogning kasbiy sifatlari. Ijtimoiy pedagog asosan xalq ommasi bilan ishlaydigan shaxsdir. U o`z faoliyati jarayonida turli xarakterdagi insonlar bilan muloqotga kirishishiga to`g`ri keladi. Bu vaziyatda ular bilan turli xil ziddiyatlarga bormaslik, ularning har birining ko`ngliga, yuragiga kirib borish uchun quyidagi sifat va fazilatlarga ega bo`lishi talab etiladi: empatiya (dunyoni boshqalarning ko`zi bilan ko`rish, tushuna bilish), xayrixohlik, ezgulik, to`g`rilik, ochiq ko`ngillik, aniq mo`ljal olish, samimiylik, kommunikativlik(boshqalar bilan chiqisha bilish)
122. Ijtimoiy pedagogning axloqiy majburiyatlari
Ijtimoiy pedagogning axloqiy majburiyatlari Ijtimoiy pedagog o`z mijozlarining qalbiga kirib borishida uning axloqiy majburiyatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy pedagogning axloqiy majburiyatlari o`ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bular:
o`z mijozlariga nisbatan axloqiy muloqotda bo`lish, ya'ni ularning haq huquqlari va imtiyozlarini birinchi darajali deb bilish;
ular bilan muloqotga kirishishda axloq me'yorlarga amal qilish (hurmat, haqqoniyat, xushmuomalalik, alohida e`tibor va h.k.)
rahbarlar yoki yetakchi tashkilotlarga nisbatan yetuk majburiyatlar
o`z kasbi oldidagi axloq majburiyatlar, ya'ni o`z kasbining mazmuni va mohiyatini anglash, mas'uliyatni his etish, faollik ko`rsatish va h.k.
123. Ijtimoiy pedagog faoliyatining modeli
Ijtimoiy pedagog faoliyatining modeli. Ijtimoiy ish bilan har kim ham shug`ullana olmaydi. Ijtimoiy pedagog turli xil xarakterdagi insonlar bilan muloqotda bo`ladi. Bu insonlar o`zlarining muammolari bilan, albatta, ijtimoiy pedagog shaxsiga qarshi ta'sir ko`rsatadi. Mijozlarga yordam beruvchi mutaxassisdan esa ularga o`z ta'sirini o`tkaza bilishi talab etiladi. Bu muloqot negativ va pozitiv bo`lishi mumkin. Ijtimoiy pedagogning vazifasi birinchidan, negativ ta'sirga qarshi tura olishi, ikkinchidan madaniy empatiyani amalga oshirgan holda vaziyatdan chiqib ketish talab etiladi. Bunga mijozga ta'sir o`tkazish, ishontirish, singdirish, xissiy zararsizlantirish kabi metodlardan foydalaniladi. Ijtimoiy pedagogga qo`yilayotgan barcha talablarni inobatga olib, ijtimoiy pedagog faoliyatining kasbiy modeli yaratilgan. U quyidagi jadvalda o`z aksini topgan.
124. Ijtimoiy pedagogning kasbiy bilim va kasbiy malakalari
Koʻrinib turibdiki, mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi va pedagogik mahorati unda nafaqat kasbiy bilimlarni kerakli darajasini, balki, psixologik tayyorgarlikni, oʻzini-oʻzi va oʻquv-tarbiya jarayonini boshqarish, oʻzini kerakli faoliyatga yoʻnaltirish, kasbiy, ma’naviy, jismoniy va shaxsiy imkoniyatlarini kerakli sharoitda qoʻyilgan masalani hal etishga toʻgʻri yoʻnaltira bilish kabi kasbiy koʻnikmalarni shakllantirishni nazarda tutadi. Chunki, aynan shu koʻnikmalar kasbiy tayyorgarlikning shakllanishidagi zaruriy fenomenlar sifatida baholanadi. Bu esa, pedagog mutaxassislar kasbiy mahoratiga qoʻyilayotgan talablar nafaqat kasbiy bilimlarning kerakli darajasini, balki, psixologik tayyorgarlikni, oʻzini-oʻzi va oʻquv-tarbiya jarayonini boshqarish, oʻzini kerakli faoliyatga yoʻnaltirish, kasbiy, ma’naviy, jismoniy va shaxsiy imkoniyatlarini kerakli sharoitda qoʻyilgan masalani hal etishga yoʻnaltira bilish qobiliyatini shakllantirishni ham nazarda tutadi. Shu nuqtai nazardan pedagogika oliygohlaridagi oʻquv-tarbiya jarayonini modernizasiyalash pedagog mutaxassislar kasbiy tayyorgarligini shakllantirish jarayonining mazmuniga zaruriy oʻzgartirishlarni kiritishni talab etadi va bu oʻzgarishlar quyidagi aspektlar boʻyicha amalga oshirilishi maqsadga muvofiq sanaladi:
125. Ijtimoiy pedagogning kasbiy sifat va fazilatlari
Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash uzluksnz ta’lim tizimda amalga oshiriladi. Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash ikki turdagi o`quv yurtlarida olib boriladi: o`rta kasbiy ta’lim muassasalari (litsey va kollejlar) va oliy kasbiy ta’lim maktablari (Institut va universitetlar).
O`rta kasbiy ta’lim muassasalarida kichik sinflar va maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalar bilan ishlovchi pedagoglar tayyorlanadi. O`rta ma’lumotli pedagoglarning asosiy vazifasi bolalarga kiyin vaziyatlarni yengib o`tishga yordam beradi, bolalarning ishonishiga ko`maklashuvchi faoliyat turlarini tashkillashtiradi. Bolalarning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning ota—onalari bilan xamkorlik qilish, o`z malakasini oshirish maqsadida mustaqil ravishda o`kib borishdan iboratdir. O`rta kasbiy ta’lim bilim yurtini tugatgach ular oliy ta’lim muassasida o`z o`kishini davom ettirishi mumkinIjtimoiy pedagog - faqat o`qituvchigina emas, u bola kanday ukiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va xis etadigan shaxsdir. U bola xayotini, kechinmalarini xuddi o`zinikidek tushunadigan va uning ma’naviy, madaniy, axlokiy rivojlanishiga yullanmalar bera oladigan mutaxassis bulmogi kerak.SHuning uchun xakikiy pedagog faqat o`z fanini bilibgina kolmay, ayni vaktda bolalar va kattalar bilan ijodiy mulokot kila oladigan, o`z ustida ishlaydigan inson bulishi muxim axamiyatga ega.
Ta’lim jarayonini ijtimoiylashtirish natijasida o`quvchi inson moxiyatini anglaydi. O`z xayoti dovomida inson to`grisida xosil qilingan tushunchalar asosida mukammal shaxs va xakikiy fuqaro bo`lib yetishadi.
Insonparvarlikka asoslangan ta’lim – ijtimoiy fanlar va yondosh fanlarning funktsiyalarini kengaytiradi, ta’lim jarayonini, mutaxassis shaxsi va uning dunyokarashi yaxlitligini ta’minlaydi.
126. Ijtimoiy pedagogning tahlil qila olish qobiliyati
Ijtimoiy pedagogdan quyidagicha kasbiy malakalar talab etiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |