Konstitutsional shaklini xarakterlovchi belgilarga quyidagilar kiradi: bolaning gavda tuzilishi sog`lom tengdoshlarinikiga nisbatan 1—2 yosh kichik ko`rinadi. U o`zini bog`cha yoshidagilarga o`xshab tutadi va ta`lim olish uchun hali "etilmagan" bo`ladi. Bunday bola o`quv faoliyatiga yaxshi kirishib ketmaydi, chunki unda o`qishga qiziqish yo`q, ish qobiliyati past.
150. Psixik rivojlanishi sustlashganlik klinik-psixologik jihatdan somatogen turi
Somatogen Bolada surunkali infeksiyalar, allergik holat, tug`ma porok va shu kabi kasalliklar, ayniqsa, tez uchrab turadi. Psixik rivojlanishning somatogen sabablarga aloqador sustligi bolada asteniya holagini vujudta keltiradi. Ayrim bolalarda somatogen infantilizm kuzatiladi, ya`ni bola o`sibunmagan, go`dak taxlit bo`lib qolaveradi. Bunda bola psixikasida nevrozga o`xshash holatlardan o`z quchiga ishonmasliq ko`rqoqlik, injikdik, erkalik, qiziqishning pastligi va boshqalar kuzatiladi.
151. «Avesto» va adabiy manbalarda ijtimoiy-pedagogik hayot.
“Avesto” va jamiyatning ijtimoiy hayoti Eramizdan oldingi minginchi yillarning o`rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik mazmunidagi juda ko`p afsonalar, rivoyatlar aytilgan bo`lib, ular zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»ga kiritilgan. Ma'lumotlarga ko`ra, «Avesto» eramizdan avvalgi VII asrning oxiri va VI asrning boshlarida yaratilgan bo`lib, to`liq kitob holida eramizdan avvalgi I asrda shakllangan. «Avesto»ni qadimgi davrlarda ajdodlarimizning tabiiy, ilmiy, ma'rifiy fikrlari to`plangan dastlabki pedagogik asar deb hisoblash mumkin. Shuningdek, tadqiqotchilar uning diniy xarakterdaligini ta'kidlash bilan birga falsafa, siyosat, ta'lim-tarbiya adabiyot masalalarini ham qamrab olgan asar sifatida ta'riflaydilar. Manbalarda «Avesto»ning kitob holidagi matni eramizdan oldin, 12 ming oshlangan mol terisiga oltin harflar bilan bitilgani keltiriladi. Zardushtiylik ta'limoti aks etgan Zardushtning «Avesto» kitobi bizgacha 2-nusxada yetib kelgan.
Birinchisi - duolar to`plamidan iborat bo`lib, «Vendidat- sede», ya'ni «Pok Vendidat» deb ataladi . Bu kitobga «Yasna»lar, «Vispered» ham kiritilib, yaxlit tarzda shakllangan.
Ikkinchisiga birinchisidagi kabi «Vendidat», «Yasna», «Vispered»lar qatori ularning izohli tarjimasi «Zand» (sharh ma'nosida) kiritilgan. Shuning uchun ham sharxli nusxasi «Avesta va Zend» yoki «Zend Avesta» deb yuritiladi. Zardushtiylikda yaxshilik va yomonlik tushunchalari orqali butun yaxshilik va yomonlik dunyosi tushuniladi. Taqvodor chorvador odil, oqil va hurmatga sazovor bo`lsa, katta podaga ega bo`ladi.Chorvadorlar nazdida ko`chmanchilar dushman sanaladi. Chunki ular odamlarni talaydi, molini haydab ketadi. Bular axloqsiz maxluqlarga o`xshatiladi, ular azob-uqubatga loyiq, chunki ser hosil yaylovlarni yakson etadilar, yaxshilik homiylariga hujum qiladilar. Demak, bulardan ko`rinib turibdiki, shaxsning axloqiy xislatlari birinchi o`ringa qo`yiladi. Zardushtning asosiy yo`riqlaridan biri ham Axuramazdaning ko`makchisi sifatida inson saxovatli bo`lishi kerak, degan aqidadir. Garchi zardushtiylikda diniy rasm-rusmlarga rioya etish, Zardushtning barcha axloqiy yo`l-yo`riqlarini bajarish har bir kishining muqaddas burchi deb qaralsa ham, ayni paytda dunyoviy ishlar ham targ`ib etiladi.
«Avesto»ning katta qismi bo`lgan «Yasna»larda inson kamolini ko`rsatuvchi axloq-odob mezoni ana shu uchlikda xumata (gumata)-yaxshi fikr, xukta (gukta)-yaxshi so`z va Xvarsha (Gvarshta)- yaxshi ishlarda ifodalanadi. «Men yaxshi fikr, yaxshi so`z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat Mazda qonuniga shon-shavkat baxsh etaman» Zardusht ta'limotida 15 yosh balog`at yoshi sanalgan. O`smir balog`at yoshiga yetganda Zardusht qonunlari, axloqiy yo`riqlari o`rgatilgan. O`smirlarning xudojo`y, mehnatkash, adolatli, uy-niyatlari, so`zlari, ishlarida halollikka alohida e'tibor berilgan.
Zardushtiylikning axloqiy yo`riqlariga binoan insonning o`z burchini xis etishining eng birinchi belgisi ma'naviy poklik hisoblangan.
Ilohiy Nizom talablari “Avesto” ning “Vendidat” va “Xot” qismlarida bayon etilgan. Ilohiy Nizomga ko`ra odam faoliyatining barcha yo`nalishlari ezgulik ruhi bilan sug`orilgan bo`lishi shart.
Atrof-muhit tozaligi va jamoat joylari pokizaligini maxsus kishilar nazorat qilib borganlar. Kimda kim tozalik va ozodalikka rioya qilmasalar, ularni avvalo tartibga chaqirgan, qilgan ishlari uchun javobgarlikka tortilgan. Daraxtning bir shoxini sindirgan ham, nopok ko`zani hovuzga solgan ham 25 qamchi kaltak bilan jazolangan.
Er-xotinning bir-biri bilan kelisha olmasligi, kelinning qaynonaga yoqmasligi, fitna, bo`xton, chaqimchilik tufayli oilalarning buzilib ketishiga mahalla ko`y va jamoatchilik sira yo`l qo`ymagan. Zinokorlik qattiq qoralangan. Zinokor 14 ta ariqqa ko`prik solib berish bilan o`z gunohlarini yuvishi mumkin bo`lgan. Har bir sog`lom inson diniy talab va Nizomni bekamu-ko`st bajarish bilan birga ijtimoiy foydali mehnat bilan shug`ullanishi shart bo`lgan. Gunoh ish qilganlar jamoatchilik nafrati metodi bilan jazolangan.
“Avesto” da shu kabi ko`plab ijtimoiy pedagogik muammolar o`z ifodasini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |