Pedagogika instituti rivojlanish biologiyasi


-rasm. Xromasomaning tuzilishi



Download 23,67 Mb.
bet33/70
Sana31.12.2021
Hajmi23,67 Mb.
#258570
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   70
Bog'liq
1-KURS MAJMUA

11-rasm. Xromasomaning tuzilishi: Xromasomaning yorug’lik mikroskopida ko’rinishi (A) va sxemotik tasviri (Б); differensial bo’yalgan xromosoma (B) va uning sxematik tasviri (Г). Xromosomaning rastrlovchi (Д) va megavolt (E) electron mikroskoplarda ko’rinishi; 1-telomerlar; 2-sentromerlar; 3-xromosomaning yelkalari.
DNP molekulalari xromosoma-larning elementar fibrillalarini hosil qiladi. Keyingi paytlarda har bir xromosoma murakkab ravishda taxlanib joylashgan gigant (juda yirik) bir DNP fibrilladan iborat, degan fikr ilgari surilmoqda.

Mitotik xromosomalarni ular eng yuqori darajada kondensatsiyalangan paytda, ya`ni metafazada va anafazaning boshida o`rganish qulay. Bu holatda xromosomalar uzunligi turlicha tayoqchalar shaklida bo`ladi. Ularning ko`pchiligida xromosomani ikki elkaga bo`luvchi birlamchi ingichka-lashgan joy - sentromer osonlik bilan kuzatiladi. Elkalari teng yoki deyarli teng xromosomalar metatsentrik, elkalari teng bo`lmaganlari - submetatsentrik xromosomalar deyiladi. Bir elkasi juda qisqa, bilinar-bilinmas darajada bo`lgan xromosomalar akrotsentrik xromosomalar deyiladi. Sentromer bilan mitoz paytida xromosomalar harakatini ta`minlovchi mitoz dukining mikronaychalari tutashgan bo`ladi. Ayrim xromosomalarning uchlaridan biriga yaqin joyida kichik bir qism - xromosoma yo`ldoshini chegaralab turuvchi ikkilamchi ingichkalashgan joy mavjud. Bu joy aynan shu erda interfazada o`zakcha hosil bo`lgani uchun o`zakcha tashkilotchisi deb nomlanadi. Bu erda ribosomalar RNK sini sintezlovchi DNK joylashadi. Xromosomalarning elkalari telomerlar (oxirgi qismlar) bilan tamom bo`ladi. Xromosomalarning katta-kichikligi ham ularning soni kabi turli organizmlarda har xil bo`ladi. Xromosomalarning soni, katta-kichikligi va tuzilishining o`ziga xosliklari shu turning kariotipi deyiladi. Maxsus bo`yalganda xromosomalarning turli qismlari bo`yoqlarni bir xil qabul qilmaydi: xromosomalarning uzunligi bo`ylab yaxshi bo`yalgan va bo`yalmagan qismlar navbatlashib keladi. Har bir xromosomaning uzunasiga differensial bo`yalishi o`ziga xos ekanligi ham ahamiyatga ega. Differensial bo`yash usuli bilan xromosomalarning tuzilishi sinchiklab o`rganilgan.

Ma`lum bir turdagi hayvonning barcha hujayralarida kariotipni tashkil qiluvchi xromosomalar soni bir xil ekanligini qayd qilish lozim. Cho`chqaning har bir somatik hujayrasida 40, qo`ynikida 54, qoramol va echkinikida 60, otnikida 66, it va tovuqlarnikida 78 xromosoma bor. Kariotipni tashkil qiluvchi xromosomalarning deyarli barchasi (autosomalar) o`z juftiga ega va faqat ikkitasi o`zaro juft emas. O`zaro juft bo`lmagan ikki xromosoma geteroxromosomalar deb ataladi va X, Y harflari bilan belgilanadi. Kariotipda bu xromosomalar qanday kombinatsiyada mavjud bo`lishi jinsni belgilagani uchun ular jinsiy xromosomalar deb ataladi. Sut emizuvchilarning urg`ochi jinslari hujayralarida jinsiy xromosomalarning ikkalasi ham X, erkak jinslari hujayralarida bular X va Y dir. Qushlarning erkak jinslarida har ikkala jinsiy xromosoma ham Z, urg`ochilarida esa Z va W bo`ladi. Sut emizuvchilar urg`ochi jinslarining hujayralari o`zagidagi 2 ta X xromosomalardan biri interfazada ish holatida (dekondensatsiyalangan), ikkinchisi esa, nofaol, kondensatsiyalangan holatda bo`ladi. Kondensatsiyalangan nofaol X xromosomani o`zakcha yaqinida, ayrim hollarda kariolemma ichki yuzasida yumaloq yoki oval tanacha holida kuzatish mumkin. Bunday tanacha faqat urg`ochi hayvonlar hujayralarida uchrashi va X xromosoma bilan bog`liqligi uchun jinsiy xromatin yoki Barr tanachasi deyiladi.

Elektron mikroskop vositasida xromosomalarda dezoksiribonukleoproteidlardan iborat elementar xromosoma fibrillalarini kuzatish mumkin. Xromosomadagi DNK molekulalari bir necha yuz mikron, hatto bir necha sm uzunlikda bo`lishi mumkin. Xromatin quruq massasining 60-70%i giston va giston bo`lmagan oqsillardan iborat. Gistonlar DNK bilan yaqin aloqada bo`lib, uning molekulasida bir tekis tarqalib joylashadi. Har 8 molekula giston oqsili nukleosoma deyiluvchi xarakterli kompleks hosil qiladi. Nukleosomalar hosil bo`lishi hisobiga DNK molekulasi o`ta yuqori darajada spiralizatsiyaga uchraydi va taxminan 5 marta qisqaradi. Giston emas oqsillar interfazadagi o`zakning oqsil matriksi deyiluvchi to`r hosil qilib, o`zakning o`ziga xos strukturasi va metabolizmini belgilaydi.

O`zakcha. Odatda hamma tirik eukariot hujayralarning o`zagida bir yoki bir necha yumaloq shakldagi, 1-5 mkm kattalikka ega va yorug`likni kuchli sindiruvchi struktura - o`zakcha ko`rinadi. O`zakcha RNKga boy, binobarin, bazofil bo`yaladi. U o`zakdagi eng zich tuzilma bo`lib, xromosomaning hosilasi hisoblanadi va interfazada faol ravishda RNK sintezlaydi. O`zakcha ribosomal RNK va ribosomalar hosil bo`ladigan joy ekanligi aniqlangan.

O`zakchaning tuzilishi bir xil emas: yorug`lik mikroskopida uning nozik tolador tuzilishini kuzatish mumkin. Elektron mikroskopda tolador va donador qismlar ko`rinadi. Donachalarning diametri 15-20 nm, fibrillalarning yo`g`onligi 6-8 nm. Fibrillalar ribonukleoproteid ipchalar, donachalar esa ribosomalarning shakllanayotgan qismlari hisoblanadi. Intensiv ravishda RNK sintezlanayotganda o`zakchada ko`p miqdorda donachalar ko`rinadi, bunday sintez to`xtaganda o`zakcha bazofil zich fibrillyar tanachaga aylanadi. RNK sintezini susaytiruvchi moddalar (aktinomitsin, siklogeksimid, gidrooksimochevina va b.) o`zakcha strukturasining o`zgarishiga sabab bo`ladi.

O`zak shirasi oqsilning kolloid eritmasi bo`lib, gematoksilin-eozinda bo`yalmaydi. U metabolitlar tez diffuziyaga uchraydigan va ribosoma ribonukleoproteidlari hamda RNK molekulalari o`zak poralariga qarab harakatlanadigan muhitdir.


Download 23,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish