ISBN 978-9943-03-539-3
© R. Mavlonova, N.Rahmonqulova
© G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-
matbaa ijodiy uyi, 2013
KIRISH
O ‘zbekiston mustaqillik yillarida iqtisodiy hamda
ijtimoiy-madaniy
rivojlanishning o‘ziga xos yo'liga ega bo‘ldi. Bu y o ‘ldagi chuqur o‘zgarishlar
barcha jabhalarga shiddat bilan kirib bormoqda.
Prezident I.A.Karimov ta ’kidlab o‘tganidek: «Bu murakkab dunyoning
azaliy va abadiy muammolari, shu bilan birga, har bir davrning dolzarb
masalalariga har tomonlama asosli ilmiy javoblar topilgan taqdirdagina
m a’naviyat olami yangi m a’no-mazmun bilan boyib boradi.
Boshqacha
aytganda, har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot - bu yangicha fikr va
dunyoqarashga turtki beradi, m a’naviyatning shakllanishida o ‘ziga xos ta’sir
0
‘tkazadi»1.
Ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni shakllantirish
ertangi taqdirimizni belgilab beruvchi dolzarb masalalardan biriga aylandi.
Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov Oliy M ajlisningXIVsessiyasida
«yangi darsliklarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘z
vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni ta ’minlashni nazorat ostiga olish zarur»-
ligini alohida ta ’kidladilar.
Shu o ‘rinda bizga milliy pedagogikamizning jadal su r’atlarda taraqqiy
etishi, ta ’lim-tarbiya jarayonining rivojlanishida
o ‘zining boy meroslarini
qoldirgan qomusiy olimlardan al-Buxoriy, at-Termiziy, Abu Rayhon Beruniy,
az-Zamaxshariy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Ogahiy,
Abdulla Avloniy singari ulug‘ olim-u adiblarning betakror asarlaridan
foydalanish imkoniyati yaratildi. Ular ta ’limdagi milliy xususiyatlarga alohida
e ’tibor berishgan.
Mustaqillik
yillariga qadar ularning pand-o‘gitlari yetarli darajada
o'rganilmadi. Tarixdan m aium ki, bir vaqtlar Sharq pedagogikasi nihoyatda
gullab-yashnagan. Olmon olimi Xerler «Sharq Yevropaning muallimidir»
deganida ana shu rivojlanish davrlarini ko‘zda tutgandir, ehtimol.
Bobokalonlarimiz yosh avlod tarbiyasi borasida dorilfunun yaratib
qoldirganlar. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi sanalmish «Avesto»dan
tortib to hozirgi kunda yashab ijod etayotgan pedagog-olimlar asarlarida nekbin
pedagogik mafkura o ‘z aksini topgani bejiz emas.
1 I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. - Т.: Ma’naviyat, 2008,
40,41-b.
3
Bugungi kun o ‘zbek pedagogikasi millat ruhiyatidagi nozik jihatlarni
hisobga olgan va dunyo tarbiyashunosligidagi eng so‘nggi yutuqlarga tayangan
holda taraqqiy etmoqda. Zamonaviy o ‘zbek pedagogikasida barkamol insonni
shakllantirish rasmiy ravishda bosh maqsad qilib belgilangan.
Prezidentimiz I.A.Karimovning «Barkamol avlod orzusi» va «Yuksak
m a’naviyat-yengilm as kuch» nomli asarlarida «Kelajak bugundan boshlanadi.
Hozir tarbiya masalasiga e ’tibor qilinmasa, kelajak boy beriladi. Tarbiyadan
hech narsani ayamaymiz. M a’naviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat,
or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o ‘z-o‘zidan
kelmaydi, hammasining zaminida tarbiya yotadi»1, degan fikrlarni ta’kidlaydi.
M a'lum ki, pedagogika jam iyatning rivojlanish qonun-qoidalariga tayangan
holda taraqqiy etadi. Bugungi kunda esa ana shu jarayon avj pallasiga kirdi.
Inson ongi taraqqiy etmas ekan, ijtimoiy hayot jabhalarida hech bir o ‘zgarish
sezilmaydi. Modomiki, zamon jadal su r’atlarda o ‘zgarayotibdimi, demak,
pedagogika ham shu o ‘zgarishlarga hamohang bo‘lm og‘i darkor. Shularni
nazarda tutgan holda biz ushbu darslikni Sharq mutafakkirlari asarlaridan
unumli foydalangan holda yaratdik.
1 I.A.Karimov. Barkamol avlod orzusi. Т.: 0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi,
2000. - 83-b.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |