Pedagogika, innovatsiya, integratsiya



Download 7,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/320
Sana30.12.2021
Hajmi7,45 Mb.
#90075
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   320
Bog'liq
Boshlang`ich ta`limda pedagogika innovatsiya integratsiya o`quv qollanma


Ал-Фараби.
  М атем ати ч еск и е  трактаты.  А лм а-А та.  И л м ,  1 9 7 2 .  С тр.  3 2 7 -3 2 8 .
80


barchasi  o ‘quvchilar faoliyatini  kuchaytirish  v a ularda m antiqiy  tafakkurni 
rivojlantirish  m aqsadini  k o ‘zlaganlar.  B urhoniddin  Z arnudjiyning  fikricha, 
insonning bilish faoliyati bilm aslikdan bilishga qarab boradi. Aql faol, ijodiy 
kuchdir,  koinotni  bilish  qurolidir.  A m m o  dastlabki  tajribasiz  bilishning 
b o ‘lishi  m um kin  emas.  Chunki  um um insoniy  aql  tushunchasi  taqqoslash, 
kuzatish  va  tajriba  y o ‘Ii  bilan  tarkib  topadi.  B undan  shunday  pedagogik 
xulosa chiqarish m um kinki,  inson  hissiy idrokni  boyitish  bilangina o ‘zining 
bilim larini  oshira  oladi.  Shuning  uchun  ta ’lim da  o ‘quvchilarning  o ‘zidagi 
tajribaga tayangan m etodlardan  iloji boricha keng  foydalanish  kerak.
M etodlar va usullarni tanlash o ‘qituvchi darsda hal qilishi m o ‘ljallangan 
m asalaga  b o g ‘liq  b o ‘ladi.  Chunonchi,  yangi  m aterialni  bayon  etishda 
bir  xil  m etodlar  q o ‘llansa,  uni  m ustahkam lashda  ikkinchi  v a  mavzuni 
um um lashtirishda  yana  boshqa  xil  m etodlar  q o ‘llanadi.  D arsning  turli 
bosqichlarida  puxta  o ‘ylash  va  samarali  usullar  ham da  m etodlam i  tanlash 
ju d a   muhimdir.  0 ‘qituvchi  darsning  eng  boshida  4 -5   daqiqa  um um iy 
so ‘rashni  am alga  oshiradi  va  o ‘quvchilarning  qaysi  guruhi  o ‘tgan  dars 
b o ‘yicha yetarli  darajada o ‘zlashtirm aganini  aniqlaydi va keyingi  so ‘rashda 
sinfning  d iqqat-e’tiborini  eng  avval  ana  shu  m asalaga  qaratadi.  D astlab 
savollarga  batafsil  jav o b   bera  oladigan  o ‘quvchilardan  so ‘raydi.  N atijada 
sinfning bir qismi uchun m urakkablik qilgan m aterial tushunarli  b o ‘ladi.  Bu 
usul  o ‘quvchilarning m ashg‘ulotlardagi  nuqsonlarini  payqash va shu zahoti 
bartaraf etishda  yordam   beradi.  M azkur  usulning  sam aradorligi  ham   xuddi 
ana shundadir.
G archi har bir o ‘qituvchining  ishida anchagina usul va m etodlar m avjud 
b o ‘lsa-da,  ularni  q o ‘llashdan  k o ‘zlanadigan  m aqsad  tarbiyalanuvchining 
ta ’limiy  ishlarini faollashtirishdir.  B u ta d b ir ju d a  m uhim  b o ‘lib,  birinchidan, 
o ‘quvchilarni  ularning  e ’tiqodiga,  e ’tiqodni  esa  am aliy  faoliyatga, 
xatti-harakatga  aylantiradi,  ikkinchidan,  o ‘qitish  jaray on inin g  ishini 
osonlashtiradi.  Zotan,  o ‘qish-o‘rganish  d iqqat-e’tiborni  talab  qiladigan 
m urakkab  faoliyatdir  va  unda  o ‘tkir  aql,  m ustahkam   iroda,  tiniq  tasavvur, 
kuchli  xotira  zarur.  0 ‘qituvchining  vazifasi  sam arali  usul  va  m etodlardan 
foydalanib  o ‘quvchilarda  ana  shu  sifatlarni  tarkib  toptirish  va  ularga 
qiyinchiliklarni yengishni  o ‘rgatishdir.
H ozirgi  o ‘qitish jarayonida q o ‘yiladigan talablar nim a va o ‘quvchilarda 
darsga  qiziquvchanlikni  oshirish,  uni  yangilik  elem entlari  bilan  boyitish 
uchun  nim a  qilish  kerak?  Hozirgi  zam on  ta ’limi  faqat  insoniyat  erishgan 
bilim larni  o ‘zlashtirishni  em as,  balki  jam iy at  endi  hal  qilishi  va  bunda 
bugungi  o ‘quvchilar  qatnashishi  lozim   b o ‘lgan  m asalalar  bilan  tanishishni 
ham  talab  qiladi.  B unday  m asalalar  kosm osni  o ‘zlashtirish,  atom 
energiyasidan  tinchlik  m aqsadlarida  foydalanish,  ch o ‘llarni  hosildor
6
  -  
116
81


yerlarga v a  b o g ‘-ro g ‘larga aylantirish,  qishloq x o ‘jalig in i  intensivlashtirish 
va  hokazolardan  iborat b o ‘lishi  m um kin.  X alq  x o ‘jalig i  va  fanning  ham m a 
sohalarida ju d a  katta burilishlar ro ‘y berm oqda va har bir o 'q itu v ch i o ‘zining 
tarbiyalanuvchilarini  o 'z i  o'qitadigan   fan  sohasi  b o 'y ic h a  navbatdagi  qayta 
qurilishlar  v a  erishilgan  yutuqlar  bilan  keng  tanishtirishi  kerak.  B u  ishni 
o ‘quvchilarga  m os  shaklda  va  o ‘quv  dasturiga  m uvofiq  am alga  oshirish 
lozim.
M azk u r  talabning  ikkinchi  xususiyati  o ‘qituvchining 
0 ‘quvchilar  fikr 
doirasini  kengaytirish  to ‘g ‘risida  doim o  g ‘am x o ‘rlik  qilishidir.  T a’lim ning 
m ana  shu  bosqichida  o ‘qituvchi  oldida  o ‘quvchilarga  oddiygina  bilim lar 
berish  em as,  balki  ularning  fikr  doirasini  kengaytirish,  qiziquvchanligini 
oshirish  va  ularda  o ‘zi  o ‘qitadigan  fanga  m uhabbat  uy g‘otish  vazifasi 
turibdi.
S hunday qilib, o ‘qitish m etodi o ‘qituvchi va o ‘quvchilar nazariy ham da 
am aliy bilish faoliyatining ta ’limiy vazifalarini bajarishga qaratilgan yoTdir. 
U nga quyidagi  m uayyan talablar q o ‘yiladi:
1.  0 ‘quv  m aterialini  o ‘rganishning  o ‘qituvchi  tavsiy a  etgan  y o ‘li 
fikrlashning  dialektik-m aterialistik  usuli,  m ustaqil  qarashlar,  irodaviy 
xususiyatlari  va  xulqning  shakllanishiga  olib  borishi  kerak.  A na  shu  talab 
nuqtayi nazaridan m etod tarbiyaviy tusda b o ‘lishi  lozim.
2.  0 ‘qitish  m etodining  ilm iy  asosi  yaqqol  v a  aniq  b o ‘lishi  zarur. 
S hundagina o ‘qituvchi  m azkur m etod orqali  qanday m asalalar q o ‘yilishi  va 
hal  qilinishi  m um kinligini, qanday  m asalalarni  hal  qilib  b o ‘lm asligini  k o ‘ra 
oladi.
3.  0 ‘qitishning tizim liligi  uning sam aradorligini  belgilaydi.
4.  0 ‘qitish m etodining tushunarliligi:  o ‘qitishning y o ‘li  o ‘quvchi  uchun 
qabul  qilinishi  va  q o ‘llanishi,  o ‘quv  m aterialini  o ‘rganishning  usuli  esa 
bilim lam i  o ‘zlashtirishning  im koniyatlariga m uvofiq  b o ‘lishi  lozim.
5.  0 ‘qitishning onglilik va faollik zaruriyati  nihoyatda jid d iy  talabdir.
6.  B ilim lam ing puxtaligi va asosliligi.
7.  0 ‘qitish m etodikasi,  nazariy va am aliy  hodisalarning m uvofiqligi.
H a r qanday m etoddan biror m aqsadga erishish k o ‘zda tutiladi va shuning
uchun u qandaydir m aqsad q o ‘yishni, unga erishish b o 'y ic h a  faoliyat usulini, 
ana shu  faoliyatni  am alga  oshirishga yordam   beradigan  vositalarni  bilishni 
taqozo  etadi.  H ar  qanday  faoliyat  uning  obyektini  talab  qiladi.  N ihoyat, 
m etod  m aqsadga  olib  borishi  kerak,  aks  holda,  u  q o ‘yilgan  m aqsad  uchun 
yaroqsizligini yoki  bu holatda uning um um an n o to ‘g ‘ri  q o'llan g an in i  e ’tiro f 
etish lozim .  Shunday qilib, har qanday m etod  uni q o ‘llashdan k o ‘zlanadigan 
m aqsadni,  shu  m aqsadni  am alga  oshirish  faoliyatini  va  faoliyatni  bajarish 
vositalarini talab qiladi. B u vositalar faoliyat obyekti  to ‘g ‘risidagi predm etli
82


yoki  aqliy  bilimlar,  q o ‘yilgan  m aqsadga  albatta  erishishdan  iborat  b o iis h i 
m um kin.  B ulam ing  ham m asi  har  qanday  m etodga  nisbatan  m aqsadga 
m uvofiqdir,  lekin  o ‘qitish m etodi uchun yetarli emas.
M etod strukturasiga o ‘qitish usullari kiradi. Lekin m etod m azkur usullar 
m ajm uyidan iborat emas. Usui o ‘qituvch iyok i o 'q u v ch ilar aqliy yoki am aliy 
ishining  alohida  operatsiyalari  b o 'lib ,  ular m azkur m etodda tavsiya  etilgan 
m aterialni  o'zlashtirish shaklini to 'ld irad i.  M asalan,  o'qituv chi  eslab qolish 
usulini beradi. Usui m etoddan ajraladi, o 'z in in g  bilim larini o'zlashtirishdagi 
v a ko'n ik m alar ham da m alakalarni shakllantirishdagi aham iyatini y o'qotadi.
O 'q itish  usullarini  quyidagilarga b o 'lish  mum kin:
-   tafakkur,  xotira,  diqqat  va  xayolning  alohida  operatsiyalarini  tarkib 
toptiradigan va faollashtiradigan  usullar;
-   fikrlash  faoliyatida  m uam m oli  va  izlanishli  vaziyatlam i  vujudga 
keltiradigan  usullar;
-   o'qu vchilarning  o 'q u v   m aterialini  o 'zlashtirish   bilan  b og 'liq  
kechinm alari va hissiyotlarini faollashtiradigan usullar;
-  nazorat va o 'quvchilarning o 'z in i  o 'z i  nazorat qilish  usullari;
-   o 'q itish   jarayonida  o'quvchilarn ing  jam o aviy  va  shaxsiy  o 'zaro  
m unosabatlarini  boshqarish  usullari.
O 'q itishning  turli  m etodlariga  bir  xil  usullarni  kiritish  m um kin. 
S o'nggi  yillarda  pedagogika  fani  va  m aktab  am aliyotida  o 'q itish  m etodlari 
m uam m osiga alohida e ’tibor berilm oqda.  Shu m uam m o b o 'y ich a anchagina 
tadqiqotlar  bajarilm oqda, 
ilg 'o r  pedagogik  am aliyotda  o'qitish nin g 
sam arador  m etodlarining  va  ularning  tizim larini  q o 'llashn ing   talaygina 
y o 'lla ri  topildi.  A m m o  um um iy  ta ’lim  m aktabiga  qo'yilayotgan  yangi 
talablar  o 'qitishning  m etodlari  va  usullarini  yana-da  takom illashtirishni 
talab  qilm oqda.
Yuqorida  qayd  etilganidek,  ta ’iim ning  m azm uniga  qo'yilayo tg an yangi 
talablar -  yosh avlodga, xususan, fanlarning asoslari b o 'y ich a yuksak ilmiy- 
nazariy  bilim lar  berishdan  iborat  b o 'lib ,  bu  ish  nazariy  bilish  m etodlarini, 
shu  jum ladan,  o'quvchilarni  m antiqiy  fikrlash,  m antiqiy  operatsiyalam i 
bajarish  usullari bilan qurollantirishni tobora kuchaytirishni taqozo etadi.
Shuni ta ’kidlash kerakki, o 'q itish  m etodlarining yagona ta ’rifi y o 'q . U lar 
o'q itu v ch i  va  o'quvchilarning  t a ’lim iy-tarbiyaviy  vazifalarini  hal  qilishga 
qaratilgan  o 'z a ro  ham korlikdagi faoliyat usullarining tartibga solinishidir.
U m um an,o'q itish m eto d larin in g m ajm u y i-atro fd ag iv o q elik n ib ilish n in g  
y o 'Ii,  deya  xulosa  chiqarish  m um kin.  O 'q u v c h ila r aqliy  kam ol  topishining 
xarakterini belgilaydigan y o 'l bilim larni o 'zlash tirish im koniyatini yaratadi, 
shaxsning xususiyatlarini shakllantiradi. O 'qitishn in g m aqsadi insoniyatning 
tajribasini o'zgartirishning o'zidir. O 'q itish  nazariyasi m etodlarini  insoniyat
83


tajribasidan  oladi  va  ularni  o ‘quv  m ash g ‘u!otlariga  m oslashtiradi.  Shuning 
uchun  o 'q itish   m etodlari  doim iy  ravishda  yangilanadi,  takom illashadi, 
fan-texnikaning  rivojlanishi  va  ijtim oiy  rivojlanish  asosida  yangi  m etodlar 
vujudga keladi.
0 ‘qitish  m etodlarining  ju d a  k o ‘p  turlari  m avjud  va  ularning  sonini 
aniq  belgilab  bo ‘lmaydi.  M etodlar  o ‘qitishning  m antiqiy  tom onlariga, 
kom ponentlari va vazifalariga  asoslanib tasniflanadi.
M aktabdagi  o ‘qitish  m etodlarining  yagona  tasnifi  y o ‘q.  N azariy a  va 
am aliyotda  bir  qancha  tasniflar  m avjud  b o ‘lib,  ular  o ‘zaro  zid  kelm aydi, 
biri  ikkinchisini  inkor etm aydi,  balki bir-birini to ‘ldiradi, o ‘qitish jara y o n in i 
k o ‘rish  im koniyatini yaratadi.
T asnif tartib  va  tizim ni  vujudga  keltiradi,  um um iy va  m uayyan  nazariy 
va  amaliy,  m uhim   va  tasodifiy  o 'q itish   m etodlarini  aniqlashga  yordam  
beradi,  shu  orqali  ulardan  am aliyotda  sam araliroq  foydalanishga  x izm at 
qiladi.
0 ‘qitish 
m etodlarini 
tasniflashda  o ‘quvchiga  dastur  m aterialini 
o ‘rganishning  m aqsadga  m uvofiqroq  y o 'llarin i  tanlash  im konini  yaratadi, 
o ‘z  ishidagi  yutuq  va  kam chiliklam i  tushunishga  yordam   beradi, 
o ‘qituvchilarning  faoliyatini  takom illashtirish  uchun  qulay  sharoitni 
vujudga keltiradi.

Download 7,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish