Pedagogika fanlarini o’qitishda prizident asarlaridagi talimiy g’oyalardan foydalanish


Prezident I.A.Karimov asarlarida axloq masalasiga etibor



Download 112,5 Kb.
bet2/4
Sana14.06.2022
Hajmi112,5 Kb.
#671905
1   2   3   4
Bog'liq
islom Karimov tarbiyasi

1. Prezident I.A.Karimov asarlarida axloq masalasiga etibor.
Millatimiz qadim tarixga va o’chmas merosiga bir nazar tashlasak juda boy ma’naviy-axloqiy merosga ega ekanligimizni anglab yetamiz. Yurtboshimizning asarlarida ham axloq masalasiga ajdodlarimizning fikirlariyuksak darajada extirom etilgan. Masalan O‘zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga g‘oyat kuchli va samarali ta’sir ko‘rsatgan ulug‘ zotlardan biri — bu Alisher Navoiy bobomizdir deb takidlaydi yurtboshimiz. Biz uning mo‘tabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi va bundan keyin ham o’z axaamiyati va dolzarbligini yo’qotmasligi haqida doimo faxrlanib so‘z yuritamiz.
Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g‘ururi, sha’nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo‘lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so‘zlovchi bironbirinson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa. Uning axloqiy qaraslari hama asirlarda yuksak etirof etilgani hammamiz juda yaxshi bilamiz.

Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir.[1]


Inson qalbining quvonchu qayg‘usini, ezgulik va hayot mazmuniniNavoiydek teran ifodaetgan shoir jahon adabiyoti tarixida menimcha juda oz bo’lsa kerak.
Ona-tiliga muhabbat, uning beqiyosboyligi va buyukligini anglash tuyg‘usi ham bizning ongu shuurimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko‘p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo‘lamiz.
Ma’lumki, bironbir xalq ma’naviyatiga xos qadriyatlarning boshqa xalqlar tomonidan tan olinishi, tabiiyki, ana shu xalq tarixiga nisbatan chuqur hurmat ifodasidir. Bunday e’tirof xalqning g‘urur va iftixori, milliy o‘zligini yanada yuksaltirishga dovrug’ini dunyoga tanitishga xizmat qiladi.
Har qaysi millatning o‘ziga xosaxloqini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir buni hamma juda yaxshi biladi.
Chunki bilamizkiinsonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida shakllanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar — yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mehroqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir.
SHuning uchun ham aynan oila muhitida paydo bo‘ladigan ota-onaga hurmat, ularning oldidagi umrbod qarzdorlik burchini chuqur anglash harqaysi insonga xos bo‘lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy munosabatlarning negizini, oilaning ma’naviy olamini tashkil etadiBiz o‘z farzandlarimizning baxtu saodatini,iqboli va kamolini ko‘rishni istar ekanmiz,nafaqat oiladagi, balki mahallako‘ydagi odamlarning xatti-harakati ham bolaning shakllaib kelayotgan sof qalbi va ongiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida doimo o‘ylashimiz, bu masalada zimmamizda qanday ulkan mas’uliyat borligini unutmasligimiz zarur.
Oilaviy tarbiya masalasida xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun avvalo har qaysi xonadondagi ma’naviy iqlimni o‘zaro hurmat, axloqodob, insoniy munosabatlar asosiga qurish ayni muddao bo‘lur edi. Bu haqda gapirganda, men mumtoz yozuvchimiz Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» asaridagi qahramonlarning o‘zaro muomala va muloqotlari, ularning hatto kichik farzandlarini ham «siz»lab gapirishi misolida otabobolarimizqizning oila ma’naviyatiga qanchalik katta e’tibor berganiga ishonch hosil qilaman deydi prezidentimiz.
Bu muomila orqali ham bolaga uning ongiga eng avvalo axloq va oilaviy munosabtlarning ta’sirini yaqqol ko’rishimiz mumkin.
Ma’lumki, o‘zbek xalqi azaldan o‘zining bolajonligi,oilaparvarligi bilan ajralib turadi. Albatta, farzandga mehr qo‘yish, ularningqornini to‘q, ustini but qilish o‘z yo‘li bilan,lekin bolalarimizni yoshlik chog‘idan boshlabmilliytarbiya, axloqodob, yuksak ma’naviyattuyg’usida voyaga etkazish biz uchun doimo dolzarbahamiyat kasb etib kelgan. Bu masalaga e’tibor bermaslik nafaqat ayrim ota-onalar, balki butun jamiyat uchun juda qimmatga tushishini ham ko‘pgina hayotiy misollarda ko‘rish mumkin.
Misol uchun, «Avesto»ning tub ma’nomohiyatini belgilab beradigan «Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal» degan tamoyilni oladigan bo‘lsak, unda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo‘lgan saboqlar borligini ko‘rish mumkin. Ana shunddy fikrlar, ya’ni, ezgu niyat, so‘z va ish birligijamiyat hayotining ustuvor g‘oyasi sifatida talqin etish bizning bugungi ma’naviy ideallarmiz bilan naqadar uzviy bog‘liq, mustahkam hayotiy asosga ega ekani ayniqsa e’tiborlidir.
«Avesto»da borliqning yaxlitligi va bir butunligi, inson hayotining tabiat bilan uyg‘unligi masalasi odamning ruhiy olamiga chambarchas bog‘liqholda ko‘rsatilgani ko‘p narsani anglatadi. Bu holat insonning ma’naviy dunyosini shakllantirishda atrofmuhit qadim zamonlardan buyon qanday kuchli ta’sir o‘tkazib kelganiga yana bir bor e’tiborimizni jalb qiladi.
Ma’lumki, bu dunyoda har qaysi millatning o‘z afsonaviy qahramonlari, o‘zi sevib ardoqlaydigan pahlavonlari bo‘ladi ularning tarixiy manbalarda qoldirgan o’chmas jasoratlari va mardliklari ham pedagoglar tomonidan o’quvchilarga ibrat sifatida o’qitilishi yuksak axloqiy sifatlarni shakillantiradi.
Yurtboshimiz I.A.Karimovning asarlarida o’sib kelayotgan mamlaka-timizning kelajakda ustunlari bo’lmish yosh avlodni o’qitish odamzot uchun bir umr zarur bo‘ladigan tabiiy ko‘nikma va xususiyatlar, masalan, har qaysi bolaning o‘ziga xos va o‘ziga mos qobiliyati, atrofidagi odamlar bilan muomalasihamda tarbiyasiga oid muammo bo’lib kelayotgan jixatlar yuzasidan bilimlar bilan qurollantirish juda muximdir.

Yurtboshimiz I.A.Karimovning ‘’Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch’’ asarida axloq odob masalasiga juda katta etibor berilib o’tilgan bo’lib yoshlarimizni ogli va yuksak ma’naviyatli qilib yetishuvida mamlakat taraqqiyotida foydasi tegishi uchun ko’plab fikirlar keltirib o’tilgan.


Yurtboshimiz o’z asarlarida axloq odob masalasiga juda katta etibor beradi bolaning tarbiyasida sustkashlikka yo’l qo’ymaslik kerakligini hamda uning gapira boshlaganidan boshlab barcha xatti xarakatlarini nazorat qilib borish lozimligini takidlab o’tadi.
Pedagogika soxasida faoliyat olib borayotgan xar bir mutaxasis bunday ma’lumotlarni bilishi to’g’ri anglab yetishi kerak chunki uning xar bir yo’l qo’ygan xatosi kelajakda mudxish asoratlarga olib kelishi mumkin.
Bu xaqida fikr yuritganda, Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir» degan chuqur ma’noli so‘zlarini eslayman. Buyuk ma’rifatparvar bobomizning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiyma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi deydi yurtboshimiz.Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili — bu millatning ruhidir.
Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning so‘zlari bilan aytganda, har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur degan gaplarining o’zida xam chuqur ma’no bor bo’lib bu bobomizning o’zligimizni anglashga bo’lgan etiborida namoyon bo’lgan.
Agar biz O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug‘ kelajagini ulug‘lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo‘lsak, avvalambor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarnitarbiyalashimiz kerak. Nega deganda, ulug‘ adib CHo‘lpon aytganidek, adabiyot yashasa — millat yashaydi degan, so’zlarida ham juda katta ma’no bordir.
Insonning ruhiy kamoloti va axloqi haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musiqa san’atisiz erishib bo‘lmaydi. Xalqimiz hayotida musiqa azaldan beqiyos o‘rin tutib keladi. Samarqand yaqinidagi Mo‘minobod qishlog‘idan 3 ming 300 yil muqaddamsuyakdan yasalgan nay cholg‘usi topilgani ham shundan dalolat beradi.
Musiqa sadolari qaysi xalq yoki millat vakili tomonidan ijro etilmasin, eng ezgu, yuksak va nozik insoniy kechinmalarni ifoda etadi. Mashhur tarixchi SHarafiddin Ali Yazdiy o‘zining «Zafarnoma» kitobida Amir Temur davrida o‘tkazilgan musiqiy anjumanlar haqnda to‘xtalib, «Yaxshi ovozli xonandalar kuylashni boshlab, g‘azalu naqsh aytur erdilar. Va turku mo‘g‘ul, xitoyu arab va ajamdin har kim o‘z rasmi bilan nag‘ma aytur erdi», degan ma’lumotlarni keltiradi.
Mustaqillik yillarida, ulug‘ bobolarimizning ana shunday an’analarini davom ettirganqolda, mamlakatimizda musiqa san’atini kengrivojlantirishga qaratilgan dastur va rejalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mumtoz musiqiy merosimizni asrabavaylashvao‘rganish,uni yosh avlodlarga bezavol etkazish maqsadidako‘plab ko‘riktanlovlar, nufuzli xalqaro musiqaanjumanlari muntazam ravishda o‘tkazibkelinmoqda.Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikirlovchi erkin shaxsning shakillanishiga olib keladi. O’zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, imoni butun, xayotga aniq maqsadga ega bo’lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega. Ta’limning yangi modeli jamiyatimizning potensiyal kuchlarini ro’yobga chiqarishda juda katta axamiyat kasb etadi.
Xalqimizning «Qush uyasida ko‘rganini qiladi», degan dono maqoli, o‘ylaymanki, mana shu azaliy haqiqatni yaqqol aks ettiradi, nav nihol o’tloqdagi o’tlar orasida qolib ketsa o’sib unishi qiyin bo’ladi
Axloqqiy tarbiya berishda avalambor ota-ona o’z oilasidagi muxitni to’g’ri yo’lga qo’yishi axloq mezonlariga to’g’ri kelmaydigan odatlaridan voz kechishi farzandi uchun namuna bo’luvchi fel atvor soxibi bo’lishi lozim.


Download 112,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish