Falsafiy dunyoqarash -( FD ) ning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u dunyoni qanday bo’lsa, shundayligicha hech bir yot narsani aralashtirmay mubolag’asiz tushuntiradi, u kishilarga tabiat, jamiyat, inson tafakkurini rivojlantirishning eng muhim qonuniyatlari haqida bir butun, yaxlit ma’lumot berib mifologiyadan farqli o’laroq insonni qurshab olgan moddiy olamni hech kim tomonidan yaratilmaganligini, abadiyligini, insoniyat jamiyati taraqqiyoti sabablari va mohiyatini o’ziga xos xususiyatlarini, qonuniyatlarini ilmiy asosda tushuntirib beradi. Falsafiy dunyoqarash kishilarda olam haqida bir butun to’g’ri yaxlit dunyoqarashni shakllantirishdan tashqari barcha fanlar uchun dunyoni bilishdagi metodologik qurol hamdir.
Fan doktori – ilmiy daraja bo’lib, u magistr darajasini olgan va doktorlik dissertatsiyasinio himoya qilgan shaxslarga beriladi. Birinchi marta 1130 yili Bolonya universiteti tomonidan berilgan Rossiyada 1819 yilda joriy etilgan sobiq SSSRda 1934 yilda ta’sis etilgan.
Fan nomzodi – ilmiy daraja bo’lib, u nomzodlik imtixonlarini muvaffaqilayatli topshirgan va nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan oily ma’lumotli shaxslarga beriladi ( sobiq SSSRda 1934 yilda ta’sis etilgan ).
Faoliyat – biror narsani aniqlash uchun biror narsa qilish xohishi.
Faoliyat – kishining moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish borasidagi hamda shaxsiy va ijtimoiy sohadagi ma’lum bir maqsad sari qiladigan xatti – harakatlar majmuasidir.
Faol o’rganish – tadqiq qilish va o’rganishga qiziqishni yuzaga chiqaruvchi faoliyat yondashuvi.
Federatsiya – davlat tuzilishi shartlaridan biri. Federativ davlatlar murakkab tuzilishi davlatlar deb yuritiladi. Buning boisi shundaki, federative davlat, odatda, davlatlarning o’z siyosiy mustaqilligini ixtiyoriy ravishda va muayan doirada cheklash yo’li bilan yagona ittifoqqa birlashtiruv natijasida yuzaga keladi.
Fikrlash – bu dars bosqichi bo’lib, uning davomida talabalar o’zlari uchratgan fikrlarga va o’zlashtirgan ma’nolarga qaytadilar hamda savvolar beradilar, talqin qiladilar, qo’llaydilar munozara yuritadilar va ushbu ma’noni qo’llashning yangi sohalariga qadar kengaytiradilar.
Flesh – Macromedia Flash – tarmoqda, o’zaro faol vektorli grafikani va animatsiyani yaratish imkonini beradigan dastur. Veb – dizaynerlar F1 ashni turli tugmachalarni, aylantirish chizgichlarini, menyuni, animatsiyalashgan logoturlarni va boshqa elementlarni, shu jumladan, tovushni yaratish uchun ishlatadilar. F1 ash fayllari ixcham va tez yuklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |