Muhaddis (arab. hadis rivoyat qiluvchi)- hadislarni to’plash, saralash va sharhlash bilan shug’ullangan ilohiyotchi.
N
Nazariya – amaliyot sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tgan, ma’lum bir tizimga kiritilgan ilmiy qarashlar majmui; tushunchalar va hukmlar kabi voqeylikning inson ongidagi in’ikosi.
Na’munaviy o’quv rejasi – o’qitish muddatini hisobga olib, kasbga muvofiq ravishda, fanlar ro’yhati va hajmining davlat miqiyosini belgilovchi hujjat. U o’quv darslarining maksimal hajmini va ishchi o’quv hujjatlarini ishlab chiqishda o’quv muassasalarining mustaqillik darajasini aniq belgilaydi.
Na’munaviy o’quv dastiri – muayyan predmetlar bo’yicha ta’lim mazmunining zaruriy minumini va o’quv materialini o’zlashtirish darajalarini batafsil ochib beruvchi hujjat.
Naqshbandiya tariqati – Naqshbandiya tariqati tasavvuf oqimlari ichida eng oxirgi, takomillashgan tariqatdurkim, uning asoschisi Xoja Bahouddin Naqshbanddir. Naqshbandiya tariqatining asosiy g’oyalaridan biri, ma’lumki, “Dil ba yoru dast ba kor”, ya’ni har doim inson qanday dunyoviy ish bilan band bo’lmasin, dilida Allohni yod etib, zinhor uni unutmasligi kerak.
Nutq faoliyati – bu inson tomonidan ijtimoiy tarixiy tajribani o’zlashtirish va avlodlarga yetkazish, kommunikatsiya o’rnatish yoki o’z harakatlarini rejalashtirish maqsadida- tildan foydalanish jarayonidir.
Negativizm (bolalar psixologiyasida lot. inkor qilaman)- atrofdagi kishilarga nisbatan bolaning sababsiz qarshilik ko’rsatishi: ikki xil negativizm mavjud: passiv(qaysarlik)-taklif etilayotgan faoliyat bola tomonidan bajarilmasligi, aktiv shaxsiy negativism bolaning qarama-qarshi xarakterga ega bo’lgan faoliyatni bajarishi.
O
Ob’yekt – tadqiqot etilishi lozim bo’lgan narsa va hodisalardan iborat bo’lib, ular o’ziga o’xshash narsa va hodisalardan alohidaligi bilan farq qiladi.
Oligofreniya – aqli zaiflik, psixik funksiyalarning taraqqiyotini ortda qolishi.
Ontogenez – shaxsni ona qornidagi embrional davridan boshlab to umrining oxirigacha yoki hayoti tugaguncha bo’lgan jismoniy psixik rivojlanishi. Psixologiya va pedagogikada maxsus ta’lim va tarbiya sharoitida bolaning funksional va psixik rivojlanishi.
Oliy majlis – O’zbekiston Respublikasining oily qonun chiqaruvchi organi. Oliy Majlis 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida joriy etilgan va unga birinchi saylov 1994 yil 25 dekabrda bo’lib o’tgan.
Oliy ta’lim- malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydigan ta’lim. Bu ta’lim 18, 19 yoshdan boshlanib, 4 yildan kam bo’lmagan muddatda davom etadi. Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash oily o’quv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar va oily maktabning boshqa ta’lim muassasalarida) o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi asosida amalga oshiriladi.
Ong – psixik faoliyatning oily shakli. Ong biologik va ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. Ong insonning fikr va hislari, sezgilari, tasavvurlari irodasi va qarashlaridan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |