Pedagogika fakulteti


undan ko‘zlangan maqsad va vazifalar



Download 76,68 Kb.
bet3/5
Sana15.01.2020
Hajmi76,68 Kb.
#34235
1   2   3   4   5
Bog'liq
yangi pedagogik texnologiyalarning maqsad va vazifalari

undan ko‘zlangan maqsad va vazifalar


Bizga yaxshi ma’lumki, har bir nazariya o‘zining metodologik asoslariga ega bo‘ladi. Ta’lim texnologiyasi nazariyasining ilk g‘oyalari ilgari surilgan davrlardayoq mazkur nazariyaning asoslari ham yaratila boshlangan. Ta’lim texnologiyasi nazariyasining umumiy asoslarini uning maqsadi, mazmuni, vazifalari, tamoyillari, ob’ektiv (tashqi) hamda sub’ektiv (ichki) omillari, ob’ekti, asosiy tushunchalari, mezonlari va boshqalar tashkil etadi.

Ta’lim texnologiyasi nazariyasining umumiy asoslari mohiyati xususida so‘z yuritish uchun «ta’lim texnologiyasi» tushunchasining tub ma’nosini anglash talab etiladi.

«Texnologiya» yunoncha so‘z bo‘lib, «techne»-mahorat, san’at hamda «logos»tushuncha, ta’limot so‘zlarining birikmasidan hosil bo‘lgan. «Ta’lim texnologiyasi» tushunchasi esa lug‘aviy jihatdan (inglizcha «an educational technology») ta’lim (o‘qitish) jarayonini yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etish borasida ma’lumotlar beruvchi fan (yoki ta’limot) ma’nosini anglatadi.

Alohida qayd etib o‘tish joizki, ayni vaqtda ta’lim texnologiyasi tushunchasini mantiqiyg‘oyaviy jihatdan izohlash borasida yagona fikr mavjud emas.

Yuqorida qayd etilgandek, pedagogik texnologiya nazariyasi o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo‘lsada, aynan «pedagogik texnologiya» tushunchasiga nisbatan turlicha yondoshuvlar mavjud. Xususan, pedagog olim V.P.Bespalko pedagogik texnologiyani «amaliyotga tadbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi» deya ta’riflaydi hamda asosiy diqqatni o‘quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratadi. So‘nggi o‘n yil davomida nutqimizda «pedagogik texnologiya», «zamonaviy pedagogik texnologiya», «o‘qitish texnologiyasi» kabi tushunchalar keng qo‘llanmoqda. Aksariyat pedagoglar «ta’lim texnologiyasi» hamda «pedagogik texnologiya» tushunchalari mazmunan bir ma’noni anglatishini ta’kidlamoqdalar. Bizning nazarimizda bunday yondoshuv u qadar to‘g‘ri emas hamda bu borada yagona to‘xtamga kelish muhimdir.

Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish g‘oyasi G‘arbiy Yevropa hamda AQShda yaratilgan edi. Bizga ma’lumki, G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va AQShda «Pedagogika» fani mavjud emas, shu bois «pedagogik faoliyat», «pedagogik tizim», shuningdek, ularga bog‘liq ravishda yuzaga keluvchi «pedagogik texnologiya» tushunchasi ham iste’molda yo‘q.

Nomlari qayd etilgan mamlakatlarda shaxsga ilmiy bilimlarni berish jarayoni «ta’lim jarayoni» sifatida nomlanadi, shaxsga bilimlar berish, uning ma’lumotini oshirish, ta’lim samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi fanlar majmui «Metodika» deb yuritiladi. Metodika fanlarini o‘qitishda asosiy e’tibor ta’lim sifatini yaxshilash, uning samaradorligini ta’minlashga qaratiladi.

O‘zbekiston Respublikasi (shu jumladan, MDH mamlakatlari) ta’lim tizimi amaliyotida o‘qitilib kelinayotgan «Pedagogika» fanining predmeti shaxsni shakllantirish, uning kamolotini ta’minlashga yo‘naltirilgan ta’limiy hamda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish jarayonining mazmunidan iboratdir. Ya’ni, shaxsning yetuk kamoloti ikki muhim faoliyat-ta’limiy va tarbiyaviy faoliyat jarayonining samarasi natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. Ayni o‘rinda «pedagogik texnologiya» hamda «metodika» tushunchalarining tavsifi, o‘ziga xos jihatlarini yoritish maqsadga muvofiqdir.

Rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimida shaxs ijtimoiylashuvini ta’minlovchi yetakchi omil sifatida ta’lim jarayoni e’tirof etilsa, biz shaxsning shakllanishida ta’lim hamda tarbiya jarayoni birdek ahamiyatga ega ekanligiga urg‘u beramiz. Aksariyat hollarda esa tarbiya jarayoni bu borada ustuvor bo‘lishi lozim, chunki o‘zida axloqiy xislatlarni namoyon eta olgan shaxsgina ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish jarayonida ular mazmunining ijobiy xususiyat kasb etishni ta’minlaydi, axloqli insongina ta’lim (bilim)ni qadrlay oladi, zero, axloqning asosiy kategoriyalaridan biri ham bilimlilik sanaladi, degan g‘oyani ilgari suramiz. Shunday ekan, bu o‘rinda «pedagogik texnologiya» tushunchasining qo‘llanilishi, shuningdek, asosiy e’tiborni faqat ta’lim jarayonini samarali tashkil etishgagina qaratmay, balki ham ta’lim, ham tarbiya jarayonining samaradorligini ta’minlashga birdek qaratish lozimdir.

O‘qituvchining samarali faoliyat ko‘rsatishga undovchi darsning metodik ishlanmasidan farqli o‘laroq, ta’lim texnologiyasi o‘quvchilar faoliyatiga nisbatan yo‘naltirilgan bo‘lib, u o‘quvchilarning shaxsiy hamda o‘qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga olgan holda, o‘quv materiallarini mustaqil o‘zlashtirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.

Xalq xo‘jaligining moddiy ishlab chiqarishga asoslangan sohalarida qo‘llanilayotgan texnologiyalar mohiyatini o‘rganish hamda muammo doirasida nashr etilgan risolalar mazmuni bilan tanishish «pedagogik texnologiya» ta’lim-tarbiya faoliyatining yaxlit jarayoni to‘g‘risidagi fan ekanligini e’tirof etish imkonini berdi. Bizga yaxshi ma’lumki, tarbiya jarayoni uzoq muddatli, murakkab, uzluksiz bo‘lib, u o‘ziga xos xususiyatlarga ega.

Garchi zamonaviy ta’lim texnologiyasi o‘quvchining ta’lim jarayonidagi yetakchilik rolini yoqlayotgan bo‘lsada, tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi asosiy mavqeini egallay olmaydi. Chunki unda xarakter, dunyoqarash yetarlicha shakllanmagan bo‘lib, u bu borada tarbiyachining yordamiga ehtiyoj sezadi. Shu bois tarbiya texnologiyasi ham mantiqiy, ham tarkibiy jihatdan ta’lim texnologiyasidan farq qiladi.

Tarbiya jarayonining mohiyati, qonuniyatlari hamda o‘ziga xos jihatlari xususidagi mavjud nazariy va amaliy g‘oyalarga, pedagogik bilimlarga tayangan holda tarbiya texnologiyasining tarkibiy qismlarini quyidagicha belgiladik:



  1. tarbiya jarayonining umumiy loyihasi;

  2. tarbiyani tashkil etishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyoj (rag‘bat);

  3. tarbiya maqsadi;

  4. tarbiya mazmuni (shakl, metod, usul va texnik vositalar);

  5. o‘qituvchi (tarbiyachi) faoliyati; 6) o‘quvchi (tarbiyalanuvchi) faoliyati; 7) tarbiya samarasi (natija).

Pedagogik texnologiya o‘zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:

  1. Pedagogik texnologiya pedagogik jarayonnni takomillashtirish, opedagogik texnologiyaimallashtirishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni qondirish omili sanaladi.

  2. Pedagogik texnologiya didaktik hamda tarbiyaviy xarakterdagi, shuningdek, ta’limtarbiya jarayonini samarali, mahoratli tarzda tashkil etish borasidagi nazariy hamda amaliy bilimlar majmui, metodologik fan sifatida namoyon bo‘ladi.

  3. Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi yaxlit jarayondir.

  4. Pedagogik texnologiya yo‘naltiruvchanlik vazifasini bajaradi, ya’ni, u shaxsni rivojlantirish, tarbiyalash, shakllantirish uchun xizmat qiladi.

  5. Pedagogik texnologiya - shaxsiylik xususiyatiga ega bo‘lib, muayyan texnologiyalarni ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llashga nisbatan yagona, qat’iy, me’yoriy (standart) talablar qo‘yilmaydi. Har bir pedagog u faoliyat olib yuritayotgan ta’lim-tarbiya muhitining xususiyatlari, mavjud ichki va tashqi shart-sharoitlarini inobatga olgan holda muayyan texnologik yondoshuvni amalga oshirish imkoniyatiga ega.

  6. Pedagogik texnologiya o‘zida ta’lim, tarbiya va shaxs taraqqiyoti (kamoloti) birligini ifoda etadi.

Pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni shakllantirish uchun poydevor bo‘lgan pedagogik jarayonni takomillashtirish, insonparvarlashtirish, o‘quvchining mustaqilligini ta’minlash, o‘qitish jarayonida texnik vositalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishdan iborat.

Mazkur vazifalarning ijobiy hal etilishi quyidagi shartlarga amal qilinishiga bog‘liq:



  1. Mavjud shart-sharoitlarni inobatga olgan holda faoliyatni tashkil etish.

  2. O‘quvchi (tarbiyalanuvchi)larning yosh, fiziologik, psixologik hamda shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish.

  3. Ta’lim (tarbiya) jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish.

  4. O‘quvchi (tarbiyalanuvchi)lar faoliyatini ob’ektiv nazorat qilish va baholash.

  5. Xususiy fanlarni o‘qitish jarayonida imkon qadar, albatta, samarali ravishda texnik vositalar imkoniyatidan keng foydalanish.

Pedagogik texnologiyaning nazariy asoslari umumpedagogik, xususiy-metodik hamda lokal (modul) bilimlarga asoslanadi. Shu bois pedagogik xodimlar, shuningdek, bo‘lg‘usi o‘qituvchilar o‘z faoliyatlarida pedagogik texnologiyadan foydalanishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsalar, yuqorida qayd etilgan bilimlarni puxta o‘zlashtira olishlari lozim. Zero, pedagogik texnologiya puxta o‘zlashtirilgan pedagogik bilimlarga tayanilgan holda tashkil etiladigan yuksak samarador pedagogik faoliyat jarayonidir.

Pedagogik texnologiyaning nazariy asoslarini ishlab chiqish dolzarb vazifa sanalib, ta’lim texnologiyalarini yaratish muammolari bo‘yicha olib boriladigan umumiy va amaliy tadqiqotlarga keng yo‘l bergan holda ushbu nazariya mohiyatini to‘laqonli ochib beruvchi terminalogiyani shakllantirishni taqozo etadi. Bugungi kunda nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslangan umumiy ishlanmalarning mavjud bo‘lishi alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, umumiy nazariy bazaga ega bo‘lmasdan turib, ayrim muammolarni hal etish mumkin emas.

Pedagogik texnologiya nazariyasi va uni ta’lim jarayonida qo‘llash muammolariga bag‘ishlangan zamonaviy tadqiqotlar mazkur nazariyaning ta’lim rivojini ta’minlashdagi ahamiyatini chuqur anglab yetish, uning imkoniyatlarini aniqlash va keng ko‘lamli axborot maydonini egallashga yordam beradi.

Texno-pedagogik mazmunda e’lon qilinayotgan ilmiy ishlar sonining tobora ortib borayotganiga qaramay, mavjud muammolar yetarli darajada tadqiq etilmagan. Pedagogik texnologiyaning nazariy-metodologik asoslarini yaratish, unga ilmiy fan maqomini berish zaruriyatini asoslash borasida bildirilgan taklifga hanuz tavsiya yoki istak shaklida qaralmoqda.

Ta’lim nazariyasi va amaliyotida pedagogik texnologiyalarni tadqiq etish ishi fanlararo (pedagogika, psixologiya, metodologiya, pedagogik metodologiya, falsafa, sotsiologiya va boshqa fanlar) aloqadorlik va bog‘liqlik asosida yondashuvni talab etadi. Ko‘rsatib o‘tilgan fan yo‘nalishlarining har birida ta’lim texnologiyalarining ma’lum nazariy jihatlari va texnologiyani ta’lim jarayoniga tadbiq etishda alohida o‘rin tutuvchi qulay shart-sharoitlari bir qadar to‘liq tahlil qilingan.

Pedagogik texnologiyalarning mohiyati, ularni ta’lim jarayonida qo‘llash mexanizmini ta’lim falsafasi va sotsiologiyasi kontekstidan tashqarida ko‘rib chiqish mumkin emas. Zero, mazkur fanlar ta’limning jamiyat hayotidagi o‘rni va roli, shuningdek, ijtimoiy vazifalarini har tomonlama tahlil etadi, ta’lim metodologiyasi muammolarining chegarasini ko‘rsatib beradi.

Ta’lim sohasi asosida inson hamda uning faoliyati turgan mustaqil ijtimoiy institutdir. Shu bois umumiy metodologiyaning barcha unsurlari texnikashunoslik metodologiyasining tizimli, faoliyatli va kompleks yondashuvi hamda xususiyatlari, ya’ni, umumiy metodologiyaning unsurlariga tayanmog‘i lozim. Shu bilan birga pedagogik texnologiya pedagogik jarayonning amal qilish shakllaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi.

Binobarin, pedagogik texnologiya muammolarini tadqiq qilishning metodologik plani pedagogika nazariyasi metodologiyasi bilan to‘ldirilishi kerak. Texno-pedagogik fenomen (hodisa)ni tadqiq etish metodologiyasini ishlab chiqish ilgari surilgan ilmiy tadqiqot muammosini hal etish doirasida g‘oyatda dolzarb vazifa hisoblanadi.

Pedagogik texnologiya nazariyasiga oid muammoli vaziyatni tahlil qilish jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ladiki, muammoli vaziyat qisqa tavsif orqali ifoda etiladi. Ushbu holat tadqiq etilayotgan muammoning xususiyatlarini aniqlash va kengaytirilgan hamda mantiqan bir-biriga zid kelmaydigan predmetli blokni shakllantirishga asosli o‘tish imkonini beradi.

Pedagogik texnologiyaning metodologik asoslari umumiy metodologiyaning asosiy tamoyillari tizimida yangi hodisa sifatida uni dialektik mantiq va bilish nazariyasining kategoriya va tamoyillari tizimidagi evristik imkoniyatlar darajasiga olib chiqadi. Tamoyillar tizimi nazariy metodologik bazis sifatida namoyon bo‘lib, mazkur bazis asosida pedagogik texnologiyaning konsepedagogik texnologiyaual modelini qurish imkoniyatlari aniqlanadi.



Ta’lim majmuining konsepedagogik texnologiyaual tahlili quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini beradi:

  • har qanday texnologiya negizida mehnat faoliyati ko‘rinishidagi o‘zaro jamoaviy ta’sir yotadi. Texnologiya mehnat jarayonining o‘ziga singdiriladi. Texnologiyaning amalga oshirilish shaklidan qat’iy nazar, asosiy maqsad umumiy jarayon operatsiyalarining tavsifi, predmeti, vositalari va yakuniy natija bilan belgilanadi. Binobarin, pedagogik texnologiyaning pedagogik jarayonni amalga oishirish shakli sifatidagi mohiyati pedagogik faoliyat sohasida namoyon bo‘ladi:

  • insonning ongi jamoaviy o‘zaro ta’sir in’ikosining ideal shakli hamda dialektik qaramaqarshiligini ifoda etib, o‘zgartirilgan mehnat sifatida namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra ongni qayta shakllantirish qonuniyatlarini ijtimoiy texnologiyadan, ushbu qonuniyatlarini joriy etishning asosiy shakllarini pedagogik texnologiyaga asoslangan pedagogik amaliyotdan izlash taqozo etiladi;

  • pedagogik texnologiya ijtimoiy texnologiyadan ajralib chiqib, o‘z taraqqiyotida shartli jamoaviy repetitsiyaviy (mashqlantiruvchi) refleks bosqichini bosib o‘tgan holda, asosiy texnologik o‘zaro ta’sirlarini maqsadga muvofiq tarzda takrorlovchi harakat va operatsiyalar tizimiga ajratadi. Bundan kuzatilgan maqsad ijtimoiy ongni mustaqkamlash va to‘plangan tajribani yangi avlodlarga yetkazishdan iborat bo‘lib, uning predmeti esa ideallashtirilgan tavsifga ega;

  • pedagogik texnologiya mohiyatining umumiy jihatlari, shakl va mazmuni, qaramaqarshiliklar tizimi, miqdoriy va sifat o‘zgarishlari dialektikasi, qurilishi, amal qilishi va rivojlanishining umumiy qonun va qonuniyatlari texnologiyaning umumfalsafiy konsepsiyasi doirasida muvaffaqiyatli ravishda ko‘rib chiqilishi mumkin. Uning harakat mantiqi moddiy ishlab chiqarish sohasidagi yuqorida ko‘rib chiqilgan qonuniyatlar (ob’ektiv texnologiya), uning dialektik qarama-qarshi jihati bo‘lgan – ma’naviy ishlab chiqarish, shuningdek, ta’lim sohasi qonuniyatlarini ko‘chirish jarayonini aks ettirishdan iborat;

  • pedagogik texnologiya nazariy negizga ega, zero, asl texnologiya o‘zining mustahkam ilmiy-nazariy poydevoriga asoslanadi. Pedagogik texnologiya nazariyasining mazmuni va tarkibiy tuzilmasini shakllantirish jarayoni har qanday fanning shakllanishida muhim o‘rin tutuvchi asosiy qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish sohasi rivojlangan sayin e’tibor umumnazariy unsurlarning sintez etilishiga qaratiladi;

  • pedagogik texnologiya nazariyasining yaratilish va rivojlanish mantiqi asosiy bosqichlarda umumiy texnologik nazariyaning shakllanishini aks ettiruvchi holat sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur holat asosi fikrlash jarayonining eng muhim shakli sifatida xulosa chiqarish imkonini beruvchi deduktiv yondashuv hisoblanadi;

  • pedagogik texnologiya nazariyasining yaratilishi uchun «g‘isht qo‘yishning» asosiy davri pedagogik texnologiyaning boshlang‘ich «hujayrasi»ni ifoda etuvchi pedagogik jarayonda texnologik besh jihatning mohiyatini ochishga yordam beruvchi, o‘ziga xos tushuncha va kategriyalar tizimini aks ettiruvchi texnologik o‘zgarish, texnologik vosita hamda texnopedagogik o‘zaro ta’sir bilan bog‘liqdir.

Yuqorida bayon etilgan xulosalardan pedagogik texnologiyani rivojlantirishning boshlang‘ich shart-sharoitlari (texno-pedagogik fenomenni rivojlantirishning zaruriy shartsharoitlari va poydevori bo‘lgan dastlabki unsurlar yoki boshlang‘ich shakllari), pedagogik texnologiya nazariyasini taraqqiy ettirishning asosiy bosqichlari va asosiy an’analarini xususiyilmiy jihatdan aniqlashga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiya genezisi ham tasdiqlaydi. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasini qaror topedagogik texnologiyairish va rivojlantirish jarayonidagi asosiy bosqichlarni aniqlash, shuningdek, pedagogik texnologiya nazariyasining kelib chiqishini asoslash maqsadida pedagog, psixolog, faylasuf, iqtisodchi ham metodolog olimlar tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan tahlil natijalari quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini beradi:

  • odamning tabiatga ko‘rsatuvchi ta’siri jamoaviy, maqsadga muvofiq va texnologik o‘zaro ta’sir sifatida maydonga chiqadi. Ushbu holat texnologik vosita tuzilmasidagi sababiy bog‘lanishlarni umumiy jarayonda mazkur vosita bajaradigan texnologik vazifa asosida tushuntiriladi. Mavjud determinatsiya (sababiy bog‘lanishlarni aniqlash) texnologik vositani texnologik harakatning mustasnosiz barcha bosqichlarida rivojlanishini ta’minlovchi ob’ektiv qonun sifatida namoyon ettiradi;

  • har qanday mehnat o‘zaro uzviy bog‘langan unsurlar: fiziologik, ishlab chiqarish va mohiyatan texnologik sanaluvchi unsurlar majmuasini ifoda etadi. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasida bu unsurlar manufaktur ishlab chiqarish jarayoniga qadar alohida mustaqil qismlarga bo‘lib chiqadi. Bu yerda hunarmandchilik faoliyati texnikaviy bazisi, alohida olingan ishchining hunarmandchilik san’ati esa ishlab chiqarishning texnologik asosi sanaladi. Shu bois bunday ishlab chiqarishning keyingi taraqqiyotida tabiiy va ijtimoiy to‘siqlar bilan chegaralanadi;

  • moddiy ishlab chiqarish jarayonida mehnatning texnologik unsurini ajratish manufaktura rivojlanishi nihoyasiga yetgan bosqichda amalga oshiriladi va ishlab chiqarish jarayonining ayrim elementar operatsiyalari yakuniga yetgach namoyon bo‘ladi. Alohida ishchi tomonidan epchillik, iqtisod qilish va ichki ishonch asosida muayyan miqdordagi mahsulotni ish vaqti birligida tayyorlash texnologik inqilobni ta’minlash uchun ob’ektiv zamin yaratadigan texnologik qonun bo‘lib qoladi;

  • texnologik inqilob mohiyati texnologik vazifaning inson zimmasidan soqit etib, texnologik vosita zimmasiga o‘tishi bilan asoslanadi. Ishlab chiqarishning barcha jarayonlarini yo‘lga qo‘yish hamda insonning ushbu jarayondagi bevosita ishtiroki uchun sarflanadigan vaqt o‘rtasidagi farq o‘tish davrining o‘lchovi ko‘rsatgichi hisoblanadi. Ayni paytda texnologik harakatni tashkil etish bo‘yicha hunarmandchilik san’ati o‘z o‘rnini fanga bo‘shatib beradi. Qayd etilgan o‘tish davri texnikaviy jarayonning bosh yo‘li sifatida maydonga chiqadigan va xususiy texnik-texnologik fenomenlarning ichki qonuniyatlarida o‘z aksiga ega bo‘lgan texnologik vosita zimmasiga inson tomonidan bajarilayotgan texnologik vazifani topshirilish qonuni bilan bog‘liqdir;

  • moddiy ishlab chiqarish texnologiyasi pedagogik texnologiyaning paydo bo‘lishi va rivojlanishining boshlang‘ich shart-sharoitlari sifatida namoyon bo‘ladi. Tarixiy kurtak sifatida u bioijtimoiy texnologiya tarzida namoyon bo‘ldi. Pedagogik texnologiya ontologik, ijtimoiyiqtisodiy, shuningdek, yaratish, amalga oshirish va rivojlantirishga asoslanuvchi ilmiy-nazariy qonunlar, ijtimoiy qonun va mustaqil ravishda mavjud bo‘lish shart-sharoitlari sifatida aks etadi.

Texnologik o‘zaro ta’sir, ta’limning texnologik vositalari va ular yordamida tashkil etiluvchi pedagogik jarayonning bevositalik darajasi (texnologiyalashtirish) borasidagi tasavvur asosida qisqa ontologik-sotsiologik tahlil o‘tkazildi.

Tahlil jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ishlab chiqarishning yuqori texnologik, ilmiy va dinamik jarayonining rivojlanishidagi ob’ektiv an’analar pedagogik jarayonni bir guruh o‘qituvchilarning pedagogik mahoratiga asoslangan ta’lim texnologiyasidan ko‘p sonli pedagoglarning kasb mahorati va faoliyatining mazmuniga asoslangan ta’lim texnologiyasiga o‘tkazish zaruriyatini kun tartibiga qo‘ymoqda.

Ushbu pedagogik jarayonda aksent (urg‘u)ning murakkab kooperatsiya darajasidagi hissiy bilishdan mantiqiy bilishga tomon siljishi, sub’ekt-ob’ekt munosabatlaridan sub’ektsub’ekt munosabatlariga o‘tish va pedagogik jarayonda ta’limning xilma-xil texnika vositalarini keng qo‘llashga erishish bilan bog‘liqdir.

Pedagogik texnologiya nazariyasining mazmuni va tarkibiy tuzilmasi (tuzilishi) ko‘rib chiqilayotgan muammolar majmuida markaziy o‘rinni egallaydi. Manbalarda bu tushuncha quyidagicha sharhlanadi: «Nazariya (grekcha theoreo so‘zidan olingan bo‘lib, theoria - qarab chiqaman, tadqiq etaman) keng ma’noda – ma’lum hodisaning mohiyatini yoritish va tushuntirishga yo‘naltirilgan qarashlar, tasavvurlar, g‘oyalar majmui; nisbatan tor va maxsus ma’noda esa – qayd etilayotgan nazariya ob’ekti bo‘lgan faoliyat qonuniyatlari va mavjud aloqalari to‘g‘risidagi to‘laqonli tasavvurni bera oluvchi ilmiy bilimlarning eng yuqori, eng taraqqiy etgan tashkiliy shakli».

Pedagogik texnologiya mohiyatini anglab olish uning tarkibiy tuzilmasi, vazifasi, nazariy tuzilmalarini ko‘rib chiqish hamda bir guruh tayanch tushuncha va kategoriyalarning mazmunini tushunishga imkon beradi. Demak, pedagogik texnologiya nazariyasi deduktiv-xulosaviy tavsifga ega va uning mohiyatini ishonarli, aniq ifoda etuvchi ilmiy nazariya sifatida namoyon bo‘ladi


Download 76,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish