Pedagogika fakulteti



Download 76,68 Kb.
bet1/5
Sana15.01.2020
Hajmi76,68 Kb.
#34235
  1   2   3   4   5
Bog'liq
yangi pedagogik texnologiyalarning maqsad va vazifalari

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

PEDAGOGIKA FAKULTETI




5140800 – PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA YO`NALISHI BITIRUVCHISI RAXMATOV XUSANBOYNING

YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING MAQSAD VA VAZIFALARI”




mavzusidagi




BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Ilmiy rahbar: p.f.n., dotsent K.Yuldashev

Andijon – 2013


MAVZU: YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING MAQSAD VA

VAZIFALARI


KIRISH


1 BOB. YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

  1. 1.Pedagogik texnologiyaning rivojlanish konsepsiyasi

    1. Pedagogik texnologiya va u bilan bog‘liq tushunchalarning tavsifi, turlari hamda

ta’riflari

    1. Pedagogik texnologiyalarni o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etishning zaruriyati, undan ko‘zlangan maqsad va vazifalar



  1. BOB. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI O‘QUV-TARBIYA JARAYONIGA

TATBIQ ETISH SHAKLLARI, METODLARI VA SAMARADORLIGINI TA’MINLOVCHI USTUVOR JIHATLAR

    1. O`qitish mazmuni, sifati va samaradorligida pedagogik texnologiyaning didaktik tahlili

    2. Pedagogik texnologiyada samaradorlikni ta’minlash, darsni to‘g‘ri rejalashtirish va oldindan loyihalashning o`ziga xosligi

    3. Pedagogik texnologiyada o‘qitishni jadallashtirish texnologiyasi

    4. Pedagogik texnologiyada ta’limni individuallashtirish va tabaqalashtirishga erishish

    5. O‘quv-tarbiya jarayoni samaradorligini ta’minlashda interfaol metodlarning ahamiyati

UMUMIY XULOSALAR

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g‘oyasi Respublika Konstitutsiyasida e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko‘tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o‘rin egallashga yo‘naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo‘lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o‘rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini hosil qilish, ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog‘liqdir. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug‘ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, mustaqil Respublikamizning rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga bog‘liqdir.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi (1997 yil 29 avgust)da qabul qilingan hamda bugungi kunda g‘oyalari amaliyotga keng ko‘lamda muvaffaqiyatli tadbiq etilayotgan O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mohiyati to‘laqonli ochib berilgandir.

Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o‘zida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko‘tarish, shu bilan birga jahon ta’limi darajasiga yetkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim.

Chunonchi, mazkur jarayonning birinchi bosqichi (1997-2001 yillar)da «... o‘quv-uslubiy majmualarning hamda ta’lim jarayonini didaktik va axborot ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish», ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar)da ‘’... ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlashni davom ettirish, o‘quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash» hamda uchinchi bosqichi (2005 va undan keyingi yillar)da «... ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o‘quv-tarbiya jarayonini yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash» kabi dolzarb vazifalar ijobiy hal etilmog‘i lozim1.

Mazkur vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishida yana bir omilning mavjudligi, ya’ni, uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, pedagog-o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy pedagogik texnologiyalarining mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni ta’lim jarayonida samarali qo‘llay olishlari, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi.



Tadqiqot maqsadi: yangi pedagogik texnologiyalarning maqsad va vazifalarini ilmiynazariy jihatdan asoslash hamda dolzarbligini yoritish.

Tadqiqotning vazifalari:

  1. Pedagogik texnologiyalarning maqsad va vazifalari yuzasidan ilmiy-nazariy, falsafiy, pedagogik, psixologik manbalarni o‘rganish, tahlil qilish hamda umumlashtirish.

  2. Yangi pedagogik texnologiyalarning o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirishdagi o‘rnini aniqlash.

  3. Pedagogik texnologiyalarni o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etishdagi ustuvor jihatlarni yoritish.



  1. Ta’limda pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning mazmuni, shakli va metodlarini ilmiy jihatdan asoslash.

Tadqiqot ob’ekti: yangi pedagogik texnologiyalarning maqsad va vazifalarini o‘rganish jarayoni.

Tadqiqot predmeti: ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini ta’minlashda pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning mazmuni, shakli va metodlari.

Tadqiqot metodlari: adabiyotlarni o‘rganish, pedagogik tahlil, qiyosiy tahlil, kuzatish, suhbat, umumlashtirish.

Tadqiqotning metodologik asoslari: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ta’limni modernizatsiyalash, innovatsion texnologiyalarni keng jalb etish xususidagi qarashlari, Hukumat qarorlari.



Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Tadqiqot jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi tadqiqot natijalaridan pedagogik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.

Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 2 bob, 8 bo‘lim, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat bo‘lib, jami 70 sahifani tashkil qiladi.

1 BOB. YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI


1.1. Pedagogik texnologiyaning rivojlanish konsepsiyasi


Mamlakatimiz istiqlol sharofati tufayli barcha fan sohalarini rivojlangan davlatlarda to‘plangan tajribalar asosida tahlil qilish va yanada takomillashtirish imkoniyatlari mavjud. Umuminsoniy qadriyatlarni ijodiy o‘rganish va hayotimizga tadbiq etish davri keldi. Milliy dasturda ta’kidlanganidek, yaqin kelajakda “kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikning xalqaro huquqiy bazasi yaratiladi, xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ro‘yobga chiqariladi, xalqaro ta’lim tizimlari rivojlantiriladi“.

Pedagogik texnologiya nazariyasining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixiga nazar tashlasak, 30-yillarda “pedagogik texnika“ tushunchasi maxsus adabiyotlarda paydo bo‘ldi va u o‘quv mashg‘ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan usul va vositalar yig‘indisi sifatida qaraldi. Shuningdek, bu davrda PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa deb o‘quv va laboratoriya jihozlari bilan muomala qilishni uddalash, ko‘rgazmali qurollardan foydalanish tushunildi.

40-50 yillarda o‘quv jarayoniga o‘qitishning texnik vositalarini joriy etish davri boshlandi. Ayniqsa kino, radio, nazorat vositalari, ulardan foydalanish metodikasi pedagogik texnologiyaga tenglashtirildi.

60-yillarning o‘rtalarida bu tushuncha mazmuni chet el pedagogik nashrlarda keng muhokamaga tortildi. 1961 yildan boshlab AQShda “Pedagogik texnologiya“ (Educational Technology), 1964 yildan Angliyada “Pedagogik texnologiya va dasturli ta’lim“ (Technology and programmed Learning), Yaponiyada esa 1965 yildan “Pedagogik texnologiya“ (Educational Technology) jurnallari chop etila boshlandi.

1971 yilda xuddi shu nomli jurnal Italiyada chiqarila boshlandi. Pedagogik texnologiya muammosining o‘ta dolzarbligi hisobga olinib, uning ilmiy asoslarini tadqiq qilish maqsadida maxsus korxonalar tuzildi. Misol uchun, 1967 yilda Angliyada pedagogik texnologiya Milliy Kengashi (National council for Educational Technology) tashkil etildi va 1970 yildan boshlab

“Pedagogik texnologiya jurnali“ (Journal of Educational Technology) chiqa boshladi. AQShning qator universitetlari va ilmiy markazlarida ham pedagogik texnologiya muammolariga jiddiy e’tibor berildi.

1971 yilda maxsus “Kommunikatsiya va texnologiya Assotsiatsiya“si (Association for Educational Communications and Technology) faoliyat ko‘rsata boshladi. Hozirgi kunda bu tashkilotning barcha shtatlarda va Kanadada 50 dan ziyod filiallari ishlab turibdi.

Yaponiyada pedagogik texnologiya muammolari bilan to‘rtta ilmiy jamiyat shug‘ullanmoqda, faol harakatdagi pedagogik texnologiya Markaziy Kengashining 22 ta davlat universitetlarida markazlari mavjud, har uch oyda yapon tilida chiqadigan “Pedagogik texnologiya sohasidagi tadqiqotlar“ (Educational Technology Research) jurnallarida yirik olimlarning ilmiy ishlari o‘z o‘rnini topmoqda. Yaqinda Umumyapon pedagogik texnologiya Markaziy Kengashi (The Japanese Council of Technology Centers) tuzilib, bu sohada xalqaro aloqalar o‘rnatish ishlari bilan mashhur.

Didaktikaning bu yo‘nalishiga e’tibor nihoyatda oshib borishini 70-yillarda o‘tkazilgan qator xalqaro konferensilar tasdiqlaydi. Shunday xalqaro konferensiyalar 1966 yildan boshlab har yili bahorda Angliyada o‘tkazilib kelinadi va anjuman materiallari “Pedagogik texnologiya jihatlari” (Aspects of Educational Technology) nomida nashr qilinadi.

Yuqoridagilarning o‘ziyoq pedagogik texnologiya pedagogika nazariyasi va amaliyoti sohasidagi alohida hodisa sifatida diqqat markazda turganligini, 60-yillardan boshlab chet ellarda yangi yo‘nalish sifatida shakllanganligini ta’kidlab turibdi. Tahlillarning ko‘rsatishicha, bu davrda pedagogik texnologiya ikki yo‘nalishda muhokama qilindi va rivojlantirildi: birinchisi - o‘quv jarayoniga texnik vositalarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lsa (shu jumladan dasturli ta’limning texnik vositalari), ikkinchisi - o‘qitish texnologiyasi masalalarini, ya’ni o‘quv materiallarni tahlil qilishdan tortib ta’lim jarayonini turlicha nashrli va texnik vositalardan jamuljam foydalangan holda tizimli tashkil etishga qadar bo‘lgan keng doiradagi muammolarni qamrab oladi.

Shu yerda birinchi konferensiya materiallari (1966 yil) to‘plamning kirish maqolasida yozilgan juda muhim dalilni keltirish o‘rinlidir: “ikki tushuncha - “pedagogika“ va “texnologiya“larni qo‘shish mantiqi tortishuvlarga sabab bo‘layapedagogik texnologiyai. Chunki “texnologiya“ so‘zi auditoriyaga texnikani kiritish va “degumanizatsiya“ (insonparvarlikdan voz kechish) g‘oyasi bilan tavsiflanishi pedagogik kasb vakillarini cho‘chitishi mumkin“.

Albatta, bu fikr ma’lum darajada to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Biroq texnokratik fikrlash (texnikaning inson va uning qadriyatlari ustidan ustunligi) fanda qoralanadi yoki inson hech qachon “temir mashina“ga tobe bo‘lmaydi, balki uni o‘z aql- zakovati bilan yaratadi va boshqaradi. Bu muammoning psixologik jihatlari bo‘lib kam o‘rganilgan soha.

70-yillarning boshiga kelib o‘quv jihozlarining turli xillarini va o‘qitishning predmetli vositalarini loyihalash va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish zaruriy shartlardan biriga aylandi, ularsiz ilg‘or metodika va o‘qitish shakllari samarasiz bo‘lishi, ta’lim sifatiga erishib bo‘lmasligi anglab yetildi.

1973 yilda Vengriyada “O‘qish texnologiyasi Davlat Markazi“ bevosita YuNESKO tashabbusi va dasturi asosida tashkil etildi va uning asosiy vazifasi o‘qitish texnologiyasining yangi qirralarini kashf etish, mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish kabi masalalardan iborat bo‘ldi.

YuNESKO insonparvar va taraqqiyparvar tashkilot sifatida xalqaro muammolarni o‘rganish bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda. 1971 yilda YuNESKO sobiq bosh direktori Rene Mais Fransiya Bosh vaziri (ayni vaqtda Ta’lim vaziri) Edgaro Foraga murojaat qilib maxsus guruhga rahbarlik qilishni, tezkor o‘zgarishlar ro‘y berayotgan bir sharoitda jahon ta’limi oldiga qo‘yilgan maqsadni va uni amalga oshirish uchun aqliy va moddiy vositalar miqdorini belgilab berishni iltimos qildi.

Shunday qilib, 1972 yilning kech kuzida Buyuk Britaniya va Fransiya kitob do‘konlarida

“Yashash uchun o‘qish. Tarbiya dunyosi bugun va ertaga“ (Learning for living. The world of education today and tomorrow) kitobi paydo bo‘ldi. Bu voqeaga roppa-rosa 30 yil vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, ma’ruzaning asosiy g‘oyalarini eslash foydadan xoli bo‘lmaydi. Boz ustiga bu kitob boshqalari kabi mamlakatimiz keng auditoriyasiga kirib kelmadi, kutubxonalarimiz boyligiga aylanmagan.

Komissiya tomonidan jahon ta’limining joriy holati tahlil qilinib asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Komissiya milliy Konsepsiya, shuningdek maorif va tarbiyani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish uchun o‘z tavsiyalarini ifoda etdi. Bu konsepsiyaning bosh g‘oyasi: inson butun hayoti davomida tiklanish holatida bo‘ladi, demak u o‘z potensialini faqat uzluksiz ta’lim jarayonidagina amalga oshiradi - doimo yangiliklarni bilishga va mavjud tajribalarini faollashtirishga intiladi.

Shu boisdan ma’lumotlilik faqat ma’lum hajmdagi bilimlarni uzatish bilan bog‘liq holda emas, inson o‘z hayoti davomida tiklanish jarayonining mantiqini aniqlaydigan omil sifatida tushunish kerak. Eng asosiysi, Edgaro Fora tomonidan “zamonaviy texnologiya ta’limni modernizatsiyalashda harakatlanuvchi kuch“ ekanligi qayd etildi.

Bu davrda ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar turli mamlakatlarda turlicha kechdi: ba’zi birlari amaliyotdagi mavjud ta’limni takomillashtirishni avzal ko‘rsalar, boshqalari o‘z oldilariga hozirgi ta’lim tizimini yangisiga almashtirishni maqsad qilib qo‘ydi. Nihoyat, uchinchilari esa jamiyatni o‘zgartirmasdan turib ta’lim tizimini isloh qilish mumkin emasligini, vaqtni boy bermasdan yoshlar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarning yangi tizimini yaratishga kirishish kerakligini e’tirof etadilar.

Bugun O‘zbekiston demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan izchil borayotganligi uchun kadrlar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilindi, davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror topdi. O‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash zarurati ham Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarish shartlaridan biridir. Shu sabab biz bu pedagogik fenomenning paydo bo‘lishi va rivojlanish jarayonini o‘rganishga tarixiy yondashmoqdamiz.

1977 yilda Budapeshtda o‘tkazilgan o‘qitish texnologiyasi bo‘yicha Xalqaro semenarda ta’limni texnologiyalashtirish jarayoni bilan bog‘liq omillar rus olimi S.G. Shapovalenko tomonidan quyidagicha belgilandi:


  • texnikani bilish va mukammal egallash;

  • audiovizual fondi bilan tanish bo‘lish;

  • texnik vositalardan foydalanish metodikasini egallash.

Biroq bu fikrning bir yoqlamaligi yakqol ko‘zga tashlanadi. Undan farqli o‘laroq g‘oyalar shu semenar ishtirokchilari tomonidan aytildi. Misol uchun, venger olimi L. Salai o‘qitish texnologiyasi doirasini bir muncha kengaytirishga urinadi: rejalashtirish, maqsad tahlili, o‘quv- tarbiyaviy jarayonni ilmiy asosda tashkil etish, maqsad va mazmunga mos keladigan metodlar, vositalar va materiallarni tanlash bevosita pedagogik texnologiyani loyihalashdagi o‘qituvchi faolitiyaga xosligini ta’kidlaydi.

Shunga yaqin fikrlar, ya’ni o‘qitish texnologiyasi o‘zida yordamchi vosita va yangi tizimni qamrab olgan holda o‘quv jarayonini rivojlantirishga, uning tashkiliy shakllarini, metodlarini, mazmunini o‘zgartirgan holda o‘qituvchi va talabalarning pedagogik tafakkurlashiga ta’sir ko‘rsatishi J. Seller tomonidan ta’kidlandi. Bu ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, 70-yillar oxiriga kelib chet ellarda texnika rivoji va ta’limni kompyuterlash darajasiga bog‘liq holda pedagogik texnologiyaning ikkita jihatlari alohida ajratilib ko‘rsatilgan va tadqiq qilingan: I) o‘quv jarayoniga texnik vositalarni joriy etish; 2) amaliy masalalar yechimini topishda bilimlar tizimidan foydalanish. Misol uchun, Yaponiyada bu davrda olib borilgan tadqiqotlar o‘quv jarayonini texnologiyalashtirishning birinchi yo‘nalishi, ya’ni ta’limning yangi texnik vositalarini yaratish va o‘quv jarayoniga qo‘llash bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan.

Bunday holat boshqa qator davlatlar uchun ham xarakterli bo‘lib, pedagogik texnologiyaning ikkinchi yo‘nalishi - nazariy-didaktik jihatlari 80-yillarning boshida AQSh va Angliyada tadqiqot ob’ektiga aylandi. Chunki “texnologiya“ so‘zi keng ma’noda nazariy bilimlarni amaliyot maqsadiga ko‘chirish, bu ko‘chirishning aniq yo‘llarini ishlab chiqish zarurati e’tirof etildi.

Shunday qilib, 80-yillarda pedagogik texnologiyaning mohiyatini oydinlashtirishga bo‘lgan urinishlar yanada davom ettirildi. Bu soha Rossiyalik pedagog olimlarning diqqatini ham jalb eta boshladi. pedagogik texnologiyaning rivojlanish tarixi T.A. Ilinaning ilmiy maqolalarida burjua didaktikasining yo‘nalishi sifatida talqin etilsada, u birinchilar qatorida o‘z hamkasblarini bu muammo bilan shug‘ullanishga da’vat etadi va chet el maktablari va pedagogikasida bu sohadagi yangi va qiziqarli nashrlarning barchasini kuzatish foydali ekanligini alohida ta’kidlaydi. Shu boisdan 80-yillarning oxiri, 90-yilllarda pedagogik texnologiyaning nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq qilish Rossiyada keng yo‘lga qo‘yildi. Akademik V.P. Bespalkoning 1989 yilda nashr etilgan “Slagaemыe pedagogicheskoy texnologii“ kitobi bu sohadagi yirik tadqiqotlarning natijasi hisoblanadi. Xo‘sh, pedagogik texnologiya mamlakatimiz ta’lim tizimida, qolaversa, pedagogik nashrlarda ilmiy tushuncha tarzda qachon paydo bo‘ldi? Shubhasiz, yangi soha 1997 yilda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida dolzarb tadqiqot ob’ekti darajasiga ko‘tarildi va ijtimoiy buyurtma sifatida yuzaga qalqib chiqdi. Shu bilan birgalikda mustaqillikning dastlabki yillaridayoq bu muammoga qo‘l urildi, aniqrog‘i 1993 yilda “Xalq ta’limi” jurnalida chop etilgan maqolada birinchi marta pedagogik texnologiya tushunchasi mohiyati, uning ta’rifi va ma’lum pedagogik tizim doirasidagi talqini yoritildi.

Bugun esa pedagogik texnologiya mavzusi bo‘yicha mamlakatimizda nazariy va amaliy konferensiyalarni uyushtirish, vaqtli matbuotlarda maqolalarning tez-tez ko‘zga tashlanib turishi ijtimoiy voqelikka aylanib boryotganligi quvonchlidir.

1.2. Pedagogik texnologiya va u bilan bog‘liq tushunchalarning tavsifi, turlari hamda


Download 76,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish