Pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


Pedagogik texnologiya bilan metodika orasidagi farq



Download 247,59 Kb.
bet7/8
Sana02.07.2022
Hajmi247,59 Kb.
#731311
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Pirnazarova Sh

Pedagogik texnologiya bilan metodika orasidagi farq


Hozirgi kunda pedagogik texnologiya haqidagi aniq tushuncha va tasavvurlar birmuncha kamligi tufayli, uni xususiy metodikalar bilan deyarli tenglashtirish hollari uchraydi.Aslida esa ular orasida jiddiy farqlar mavjud bo`lib, quyida ular haqida qisqacha bayon qilinadi.
Pedagogik texnologiya – o`quvchini mustaqil o`qishga, bilim olishga, fikrlashga o`rgatishni kafolatlaydigan jarayondir.
Metodika –  o`qituvchining bilimi, ko`nikmasi mahorati, shaxsiy sifatlari, temperamentiga bog`liq bo`lib, ma’lum shaxs o`qituvchi uchun qulay bo`lgan o`qitish usullari va yo`llari majmuadir. U alohida metodikalarga ajratiladi. Pedagogika fani ma’lum o`quv fanlarini o`qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifmetika metodikasi va shu kabilar.
Metodikaning pedagogik texnologiyadan farqini tushunish va amalda har ikkisidan unumli foydalana bilish talab etiladi.Ular orasidagi farqlar quyidagi jadvalda keltirilgan



Asosiy tushunchalar

Pedagogik texnologiya

Metodika

1

Ta’riflar

Pedagogik texnologiya – insonga oldindan belgilangan maqsad bo`yicha ta’limiy va tarbiyaviy ta’sir o`tkazish faoliyatidan iborat

Metodika – ma’lum o`quv fanini o`qitish hamda tarbiyaviy ishlar qonuniyatlarini tadqiq qiladi

2

Maqsad

Komil insonni shakllantish

Alohida o`quv fanlarini o`qitish va tarbiyaviy ishlarni sifatli bo`lishini ta’minlash

3

qo`llash miqiyosi

Barcha ta’lim-tarbiya jarayonida

Xususiy fanlarni o`qitishda hamda tarbiyaviy ishlarda

4

Vositalar

Barcha ta’limiy va tarbiyaviy vositalar xususiy metodikalar

Alohida o`quv fanlarini o`qitishda hamda tarbiyaviy ishlarda qo`llaniladigan vositalar

5

Pedagogik jarayon

Ta’lim-tarbiya texnologiyasi asosida, ta’lim menejmenti va marketing asosida, ta’lim-tarbiya sohasidagi ilg`or tajribalarni umumlashtiruvchi loyihalar asosida rivojlanib boradi.
Yetarli tayyorgarlikka ega mutaxassislar tamonidan qo`llanganda o`zaro o`xshash natijalar olinishi ta’minlanadi.

Ta’lim-tarbiya metodikasi asosida ijodkor o`qituvchilarning ilg`or tajribalariga tayanib rivojlanadi.
Xususiy tajribalar asosida boyitib boriladi. Pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi har bir pedagogning natijasi har -xil bo`ladi.

6

Natija kafolati

Oldindan belgilangan maqsadga erishish kafolati bor.

Oldindan belgilangan maqsadga har bir o`qituvchi o`z imkoniyatlariga muvofiq turli darajada erishadi. Shu sababli talab darajasidagi natija kafolatlanmaydi. Asosan ijodkor o`qituvchilargina yaxshi natijalarga erishadilar.

7

Kelib chiqishi

Xususiy metodikalarning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan.

Ta’lim tarbiyaning turli xususiy masalalarini hal qilish zarurati natijasida kelib chiqqan.

 
 
Ushbu farqlar yuzasidan quyidagi fikrni eslash mumkin: ”Aslida zamonaviy ta’lim metodlari muqaddas qiziquvchanlikni hozircha batamom bo`g`ib tashlamagani deyarli mo`jiza, chunki bu nozik nihol ( ya’ni qiziquvchanlik) rag`batlantirish bilan bir qatorda, eng avvalo, erkinlikni talab qiladi, yo`qsa, u shaksiz, mahv bo`ladi”. ( A.Eynshteyn).
Bu yerda ta’lim metodlari qiziquvchanlikka yetarlicha erkinlik bera olmasligi nazarda tutilmoqda. Pedagogik texnologiya esa bolaning qiziquvchanligini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan.
“Pedagogik texnologiya”tushunchasi xususiy fanlar va mahalliy darajalardagi o`qitish metodikalari tushunchasu bilan mos keladigan hollar xususiy darajadagi pedagogik texnologiyalarga tegishli. Ular orasida faqat asosiy e’tiborni nimaga qaratilishida farqlar mavjud.
Texnologiyalarda ko`proq prossesual, miqdoriy va hisob-kitob komponentlari ifodalansa, metodikalarda maqsad, mazmun, sifat va variantli yo`naltiruvchi tomonlari ko`proq ifodalanadi.Texnologiya metodikalardan o`zining qayta tiklanuvchanligi, natijalarining turg`unligi, ko`plab “agar”lar(agar o`qituvchi iste’dodli, agar bolalar qobiliyatli bo`lsa, agar yaxshi ota-onalar bo`lsa….) yo`qligi bilan farq qiladi.Ya’ni texnologiya tegishli tayyorgarlikka ega bo`lgan hamma mutaxasislar tomonidan qayta tiklash va qo`llash mumkinligi bilan juda ham individual bo`lgan metoddan farq qiladi.

Xulosa
Kadrlar tayyorlash milliy dasturda O’zbekiston Respublikasidagi ta’lim tizimining miliy modeliga alohida e’tibor qaratilgan. Bu model 5 tarkibiy qismdan iborat: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan ishlab chiqarish. Bu yerda ta’lim milliy modelining asosiy tarkibiy qismi – «shaxs» birinchi o’rinda turadi. Boshqacha aytganda butun ta’lim tizimi, shu jumladan o’qitish shaxsga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
Shuning uchun zamonaviy texnologiyalarda pedagogik jarayon, o’qitishning shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim.Hayot dialektikasi shundan iboratki, doimo yangi avlod, oldingi avloddan ko’ra rivojlanganroq bo’ladi. Ilmiy texnik taraqqiyotning keskin yuksalish davrigacha fan, texnika va texnologiyalar rivoji evolyusion, past sur’atlarda amalga oshar edi. Shuning uchun ketma-ket keluvchi avlodlarning rivojlanish darajasi deyarli farq qilmas edi. Bunday sharoitlarda Ya.A. Komensiyning o’qitishining avtoritar texnologiyasini, an’anaviy sinf dars tizimi dunyoga keladi.
Ilmiy texnik taraqqiyotning keskin yuksalish davrida (asrning ikkinchi yarmi), fan-texnika texnologiyalar yuqori sur’atlarda rivojlanayotgan davrda, bir avlod hayoti davomida fanning rivoji insoniyatning butun tarixidagidan ko’ra ko’piroq bo’lgan bu davrda, o’qitishning an’anaviy tizimi o’z umrini oxiriga yetdi. Hozirgi zamon avlodning rivojlanish sur’ati oldingilardan ko’ra ancha yuqori bo’lganligi sababli, o’qitishning an’anaviy tizimi, rivojlanishga to’sqinlik qila boshladi. Bunday sharoitlarda taraqqiyot, faqat xar bir shaxsning mavjud imkoniyatlarini to’la ro’yobga chiqarish asosida amalga oshirilishi mumkin. Axborotning hajmi, xilma-xilligi, egallashga moyilligi va vositalarning yetarliligi samarali individual va mustaqil o’qitishni tashkil etish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratadi. O’qitishni jadallashtirish maqsadida pedagogning talabaga bo’lgan munosabati jihatidan «sardor» likdan, uning sherigiga aylanish zarur.
O’qitishnig shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalariga quyidagi asosiy tamoyillar xos bo’ladi:
-insonparvarlik - ya’ni insonga har tomonlama hurmat va muhabbat ko’rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash, zo’rlashdan to’la voz kechish;
-hamkorlik – ya’ni pedagog va talabalar munosabatidagi demokratizm, tenglik, sheriklik;
-erkin tarbiyalash – ya’ni shaxsga uning hayot faoliyatini keng yoki tor doirasida tanlab olish erkinligi va mustaqilligini berish, natijalarini tashqi ta’sirdan emas, ichki hissiyotlardan keltirib chiqarish. Shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalarning kommunaktiv asosi-pedagogik jarayonda talabga insoniy-shaxsiy yondashuv hisoblanadi.
Shaxsiy yondashishda birinchi navbatda quyidagilar zarur bo’ladi;
-har bir talaba qiyofasida noyob shaxsni ko’rish, uni hurmat qilish, tushunish, qabl qilish, unga ishonish. Pedagogda barcha talabalar iste’dodli ishonch bo’lishi kerak;
-shaxsga, yutuqni ma’qullovchi, qo’llab-quvvatlovchi, xayrixoh vaziyatlar yaratish, ya’ni o’qish xursandchilikni olib kelishi kerak;
-bevosita majburlashga yo’l qo’ymaslik, qoloqlikka va boshqa kamchiliklarga urug’ bermaslik, uning nafsoniyatiga tegmaslik;
-pedogogik jarayonda, talabalarni o’z qobiliyatlarini ro’yobga chiqarishga imkoniyat berish va ko’maklashish;
Oliy, o’rta maxsus va kasbiy ta’lim tizimi uchun, o’qitishning shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin; ishbilarmonliklar o’yinlari; muammoli o’qitish; tabaqalashtirilgan o’qitish; dasturlashtirilgan o’qitish; kompyuterlashtirilgan o’qitish; modulli o’qitish.


Download 247,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish