Tayanch sxemalar izohidan foydalangan holda istiqbolli o’qitishni boshqarish S.N.Lisenkova texnologiyasi. Bu texnologiya asosida quyidagilar yotadi:
hamkorlik pedagogikasiga bo’lgan shaxsiy yondashuv;
o’zlashtirish (muvaffaqiyat) - o’qitish jarayonida bolalar rivojlanishining eng muhim sharti;
sinfdagi fayz: xayrixohlik, o’zaro yordam;
xatolaridan ogoh qilish, lekin xatolar ustida ishlash emas;
o’quv materialining ketma-ketligi, izchilligi;
vazifaning har bir o’quvchiga qulayligi va ularga alohida-alohida bo’lib berilishi;
asta-sekin to’liq mustaqillikka o’tish;
bilag’on o’quvchi vositasida bilmaydigan o’quvchilarni o’qitish.
S.N.Lisenkova metodikasining xususiyati shundaki, qiyin mavzular dasturda belgilangan soatlarda emas, balki undan oldin o’rganila boshlanadi. Bu istiqbolli tayyorgarlikdir.
Istiqbolli tayyorgarliko’rganilishi yaqinlashib kelayotgan qiyin mavzularni yo’l-yo’lakay o’tishning boshlanishidir.
Umumlashtirish bu muayyan bilimlar asosidagi mavzuni umumlashtirishdir.
S.N.Lisenkova metodikasi asosida materialni o’zlashtirish uch bosqichda kechadi:
1. Kelgusida o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilimlarni oldindan kichik hajmlarda berib borish;
2. Yangi tushunchalarni aniqlashtirish, ularni umumlashtirish va qo’llash;
3. Fikrlash usullari va o’quv xatti-harakatlarining ravonligini rivojlantirish.
2.3.O‘qitish texnologiyasi haqida. Hozirgi ta’lim-tarbiya sohasida keng rivojlanib borayotgan yo’nalishlardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashdan iborat. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o’z bilim va tajribalarini o’sib kelayotgan avlodga o’rgatishdan iborat bo’lib, bu jarayonda asosan inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan avlodga uzatish amalga oshiriladi.
Pedagogik texnologiyaning har turli ta’riflari mavjud bo’lib, har bir ta’rif ma’lum nuqtai nazardan yondashishni ifodalaydi. Ayrim asosiy ta’riflar va ularning sharxlarini ko’rib chiqamiz.
Pedagogik texologiya-barkamol insonni shakllantirish faoliyati.
Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo’llaniladigan usullar, yo’llar yig’indisi (Izohli lug’at).
Texnologiya – ishlov berish, ahvolni o’zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati, metodlar yig’indisi (V.M.SHepel).
Pedagogik texnologiya – o’qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo’llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig’indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi: u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat (B.T.Lixachev).
Pedagogik texnologiya-o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan xolda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir (V.B.Bespalьko).
Pedagogik texnologiya-ta’limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni tafsiloti (I.P.Volkov)
Pedagogik texnologiya-o’quv jarayonining o’quvchilar va o’qituvchi uchun so’zsiz qulay sharoitlar ta’minlashni loyihalash, tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha hamma detallari o’ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli (V.M.Monaxov).
Pedagogik texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o’zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi o’qitish va bilimlarni o’zlashtirishning xamma jarayonlarini yaratish, qo’llash va aniqlashning tizimli metodi (YuNESKO).
Pedagogik texnologiya-bu o’qitishga o’ziga xos yangicha (innovatsion) yondoshuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalashi, texnokatik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko’chirilgan tasviri, ta’lim jarayoning muayyan standartlashuvi hisoblanadi (B.L.Farberman).
O’qituvchining o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida o’quvchilarga muayyan sharoit va izchillikda ta’sir ko’rsatish hamda mazkur faoliyatning mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayoni (N.Saidahmedov).
Yuqorida keltirilgan ayrim ta’riflarning o’zaro har xilligidan ko’rinadiki, pedagogik texnologiya tushunchasi ko’p qirrali bo’lib, unga pedagogik, psixologik, didaktik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa nuqtai nazalardan yondashish mumkin.
Pedagogik texnologiya-axborotlarni o’zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog’liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o’rgatish jarayonidan iborat.
Pedagogik texnologiya-ta’lim metodlari, usullari, yo’llari hamda tarbiyaviy vositalar yig’indisi: u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalari majmuidir.
Pedagogik texnologiya-ma’lumotlarni o’zlashtirish uchun qulay shakl va usulda uzatish va o’zlashtirish jarayonidan iborat.
Demak, pedagogik texnologiya-insonga (ta’lim-tarbiya oluvchiga) oldindan belgilangan maqsad bo’yicha ta’sir o’tkazish faoliyatidan iborat.
Pedagogik texnologiya o’quvchini mustaqil o’qishga, bilim olishga, fikrlashga o’rgatishni kafolatlaydigan jarayondir.
G.K.Selevko tadqiqotlarida o’qitishni tabaqalashtirish o’quv jarayonini tashkil etish shakli sifatida izohlanadi, o’zida bilim darajasi bir xil bo’lgan, u yoki bu jihatdan o’quv jarayonida umumiy sifatlarga ega bo’lgan o’quvchilar guruhi bilan o’qituvchi ishlaydi. O’qitishni tabaqalashtirish o’quv jarayonidagi ta’lim oluvchilarning turli guruhlarini ixtisoslashtirilishini ta’minlaydigan umumiy didaktikaning bir qismi sifatida ham belgilanadi.
Erkin shaxsni shakllantirish muammosi ta‘lim muassasalarida o‘quv-tarbiyaviy ishlarini pedagogik texnologiya “rels”iga o‘tkazishni taqozo etadi. Albatta, bu jarayon oson kechmaydi: bugun ixtiyoriy qurilayotgan va joriy etilayotgan o‘qitish tizimini qat‘iyan ilmiy asoslangan pedgogik tizimga aylantirish kerak. Aslida ham ijtimoiy tajriba elementlari – bilim, ko‘nikma, ijodiy faoliyat, ob‘ektiv borliqqa munosabatlar – pedagogik jarayon mahsulidir va ma‘lum pedagogik tizim doirasida shakllantiriladi. Pedagogik texnologiya esa amaliyotga joriy etilayotgan pedagogik tizim loyihasidir. Unda pedagogik tizim nima? Uning tarkibi qanday?Bu savollarga javobni mavjud pedagogik nashrlardan topish mumkin.
N. V. Kuzmina pedagogik tizim o‘zida ta‘lim va tarbiya maqsadiga bo‘ysundirilgan o‘zaro bog‘liq tarkibli elementlardan tashkil topishini uqtiradi, ular: pedagogik maqsad; o‘quv va ilmiy axborot; pedagogik aloqa vositalari; o‘quvchilar va pedagog. V.P.Bespalkoning ta‘rifiga ko‘ra “Pedagogik tizim ma‘lum shaxs sifatlarini shakllantirishga tartibli, aniq maqsadni ko‘zlab va oldindan o‘ylab pedagogik ta‘sir etisni vujudga keltirish uchun zarur bo‘lgan o‘zaro bog‘liq vositalar va jarayonlar yig‘indisidir”.
Binobarin, har bir jamiyatda shaxsni shakllantirish maqsadi belgilab olinadi va unga mos ravishda pedagogik tizim mavjud bo‘lishi kerak. Agar maqsad o‘zgarsa mavjud tizim ham o‘zgarishi muqarrardir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashda bosh maqsad qilib qo‘ydi. Demak, Milliy dastur ta‘lim va tarbiya sohasidagi davlat buyurtmasi hisoblanib, milliy istiqlol mafkurasining mohiyat-mazmuniga to‘liq mos keladi. Faqat ijtimoiy (davlat) buyurtmasigina ta‘lim-tarbiyaning umumiy maqsad va vazifalarini aniq belgilab beradi yoki oliy (o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar) ta‘lim uchun pedagogik tizimning mavjudlik sartlarini kafolatlaydi.
Har qanday pedagogik tizim o‘zaro bog‘liq bo‘lgan quyidagi invariantiv elementlardan tashkil topadi: 1 – o‘quvchilar (talabalar); 2 – ta‘lim (tarbiya) maqsadlari; 3 – ta‘lim (tarbiya) mazmuni; 4 – didaktik jarayonlar; 5 – tashkiliy shakllar; 6 – pedagog yoki o‘qitishning texnik vositalari (O‘TV).
Pedagogik tizim har qanday ilmiy nazariyaga xos yuo‘lgani kabi quyidagi ikki tushunchani qamrab oladi: didaktik masalalar va ularni amalga oshirishning pedagogik texnologiyalari (PT). Didaktik masalalar pedagogik tizim doirasida inson faoliyatining muhim sohasi sifatida aniq maqsad va unga erishish uchun shart-sharoitlar hamda bu faoliyat uchun axborotlar(mazmun)dan iborat bo‘lishi kerak.
Didaktik masalalarni hal etish maqsadi shaxsning ma‘lum sifatlarini shakllantirish zarurati bo‘lsa, shart-sharoitlar – o‘quvchi(talaba)larning boslang‘ich sifat ko‘rsatkichlari, axborot esa o‘quv predmetining mazmuni yoki tarbiyaviy ta‘siridir.
Har bir didaktik masala pedagogik tizimda o‘ziga mos keladigan PT elementlari bilan hal qilinadi, ular: didaktik jarayon, o‘qitishning tashkiliy shakllari hamda pedagog yoki o‘qitisning texnik vositalari (O‘TV). Ta‘lim har doim jamiyat talablarini qondirishga xizmat qiladi va u ongli ravishda yoki intuitiv tarzda tez, balki sekinlik bilan bu talablarga mos holda tuzatila boriladi.
Darhaqiqat, XXI asr bo‘sag‘asida ta‘lim taraqqiyotining harakatlantiruvci kuci, haqqoniy dvigateli – bu o‘zida didaktik masalalar va PTning mujassamlashtirgan pedagogik tizim hisoblanadi. PTning muvaffaqiyatli loyihalanishi va yakuniy natijaning kafolatlanishi o‘qituvchining didaktik masalalar mohiyatini anglab yetish darajasiga va darsda ularni to‘g‘ri belgilab olishiga bog‘liqdir. Bu vazifa hozirga qadar o‘qituvchilar tomonidan anglashilmay kelinyapti, qator hollarda esa ular metodikani texnologiyadan farqlay olmayaptilar.
Shu boisdan quyida PTning loyihalanishi uchun zaruriy sartlardan biri – didaktik masalalar to‘g‘risida fikr yuritiladi. Chunki har bir o‘qituvchi pedagogik faoliyatga kirishishdan oldin hal etilishi lozim bo‘lgan pedagogik masalalarni yetarlicha aniq tasavvur etishi va ifodalashi, ayni paytda o‘z o‘quvchilariga ham tushntira olishi kerak.
Bugun har qadamda va har qanday ta‘lim muassasasining o‘qituvchisi faoliyatida tasodifiy o‘quvchi(talaba)lar guruhining aniq o‘rnatilmagan maqsadga erishish uchun ixtiyoriy tanlangan ta‘lim mazmunini o‘zlashtirishga oid harakatlarni boshqarayotganligini kuzatish mumkin.
O‘qituvchi faoliyatining muhim bosqichi – bu didaktik jarayon (yoki o‘quv-bilis tuzilmasi) ni loyihalas hisoblanadi. Aynan shu didaktik jarayon pedagogik texnologiyaning asosini taskil qiladi yohud u belgilangan vaqt ichida ta‘lim (tarbiya) maqsadiga erishish ucun O‘E mazmunini o‘quvchi (talaba)larga uzatish yo‘llarini aniqlab beradi. Su bilan birgalikda didaktik jarayonning nazariy asoslarini yaxshi bilmasdan turib samarali pedagogik texnologiyani yaratish mumkin emas.
Muammoli vaziyatlar o‘zida o‘quvchining qiyinchilikni (muammoni) aniq yoki xira anglashini ifodalaydi va uni zabt etis yangi bilimlarni, yangi usul va harakatlarni izlab topishni talab etadi. Agar o‘quvchida qiynalishlarni bartaraf etish yo‘llarini qidiris ucun boslang‘ich bilimlar yetishmasa, u muammoli vaziyatlarni qabul qila olmaydi va tabiiyki, tafakkurida kurash va qarama-qarshilik jarayoni kechmaydi.
Mavjud vaziyatlarning uch ko‘rinisini keltirish mumkin:
1. Vaziyat ma‘lum. Uni hal etish uchun shunga o‘xshash aniq namunalar mavjud bo‘ladi. Bunday holatda variantni yechish metodi standartli bo‘lishi mumkin.
2. Vaziyat o‘xshash. Bunday holatda uni shunga o‘xshash boshqa vaziyatlar bilan taqqoslash zarur. Ular bir-biriga aynan o‘xshash bo‘lmasligi mumkin, biroq yaxlit asosga ega bo‘lganligi uchun uning ko‘rinisini o‘zgartirib qaralayotgan vaziyatga yaqinlashtirib maqbullastiriladi va oqilona yechish yo‘li topiladi.
3. Noma‘lum vaziyat. Bunday vaziyat amaliy faoliyatda uchramaydi, uni bosqa qandaydir namuna bilan solishtirish imkoni yo‘q. Su boisdan yechimning yangi metodini izlab topish zarur bo‘ladi.
Muammoli vaziyatlar ta‘lim maqsadini ko‘zlab oldindan konstruktsiyalanadi va o‘qitish jarayonining ma‘lum qismiga kiritiladi. Didaktik jarayonning motivatsiya bosqichi esa muammoli topshiriqlarni ko‘proq darsning boslang‘ich qismiga kiritishni va o‘quvchilar diqqatini dars mavzusiga to‘liq jalb etisni taqozo qiladi. O‘quvchi ham o‘z navbatida tanish vaziyatlardan yangi muammolarni ko‘ra olisi, ob‘ektning yangi vazifalarini, ob‘ekt tuzilisini aniqlab olishi, muqobil yechimlarni topa bilishi kabi ijodiy faoliyatni namoyish qilishi kerak.
Didaktik jarayonning motivatsion bosqichi o‘quvci(talaba)larning bilish faoliyatiga kirib ketisini tezlastirisga imkon beradi. Bu faoliyatni kerakli faollik darajasida ushlab turish uchun uni tashkil etish metodlari va usullarini o‘qituvchi o‘quvchi(talaba)larning o‘zlastirish sifatiga bog‘liq holda tanlay olishi kerak.
Misol uchun, kuchlanish, tok kuchi, sig‘im kabi fizik kattaliklarning o‘zaro bog‘liqligini tusuntiris maqsadida o‘qituvci quyidagi muammoli vaziyatni qo‘llasi mumkin: “Ural” kolyaskali mototsiklda ham, traktor (avtomobil)da ham bir xil kuchlanishli (12V) akkumulyator ishlatiladi. Biroq mototsikl akkumulyatori traktorga o‘rnatilsa dvigatelni o‘t oldira olmaydi.Nima ucun? Agar o‘quvchi tok kuchi, sig‘im kabi tushunchalarni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lsa muammoning yechimini tezda topadi va to‘g‘ri xulosaga keladi: akkumulyator quvvati kuchlanisga emas, balki tok kuchiga va sig‘im kattaligiga bog‘liq bo‘ladi.
“Yo‘naltirilgan axborotli jarayon” (YAJ) ordinatasiga ta‘limni tashkil etishning yakka tartibli shakli joylastirildi.“Tarqoq axborotli jarayon” (TAJ) ordinatasiga esa – guruhli. Tabiiyki, mashg‘ulotning guruh shakli yakka tartibdagi shaklidan iborat bo‘ladi, keyin esa rivojlanisning birmunca yuqori darajasida yakka tartibli shakliga yana qaytadi. Demak, “maslahatchi” (3) tizim tabiiy holda “guruhli ta‘lim”ga (1) ko‘tariladi, uning sezilarli darajadagi kucsizligi “repetitor” (7) tizimini vujudga keltiradi.
Repetitorlik “kichik guruh”(5) o‘lchamigacha kengayish sabablarini tasavvur qilish qiyin emas.
XVI asrga kelib nashr islaridagi inqilobiy o‘zgarishlar ta‘lim tizimida “darsliklar”ni (4) qullas imkoniyatini tug‘dirdi. Kommunikattsiya sohasidagi texnikaviy taraqqiyot esa sinf va xonadonlarni axborotli uzatish vositalari bilan jihozlanadi. Kompyuterlarning vujudga kelishi didaktik jarayonni yopiq boshqarish imkoniyatlarini tug‘dirsada-da, o‘quvchilarning individual qobilyatlarini hisobga olmadi (dasturli ta‘lim - 6).Shaxsiy kompyuterlar texnikasining rivojlanishi psixologik-pedagogik bilimlar o‘sishi bilan hamkorlikda shaxsga yo‘naltirilgan ta‘lim muammosini keltirib chiqarmoqda.