Mavzu: Maqsadga yo’naltirilganlik tamoyili.
Reja:
1. Pedagogik texnologiya bilan metodika orasidagi ayrim farqlar
2. Ona tili ta`lim texnologiyasining tarkibiy qismlari.
3. Ona tili ta`limini didaktik loyihalash natijasi tanlangan pedagogik nazariyaga bog`liq.
4.Ta`limning adaktivlik va optimallik ko`rsatkichlariga ega bo`lishi.
Bugungi jamiyatda har tomonlama etuk, barkamol shaxslar kerak ekan, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar bunday shaxslarni tarbiyalashda katta imkoniyatlar ochib bermoqda. “Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o`rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo`lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o`z yo`liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir”,-deyiladi. Prezident Islom Karimovning O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisi IX sessiyasida so`zlagan nutqida. Darhaqiqat, hozirgi ta’lim oldida turgan eng muhim vazifalardan biri o`quvchilarni mustaqil fikrlay oladigan qilib tarbiyalashdan iborat. Xususan, yoshlarda ijodiy tafakkur, ijodiy izlanish, mavjud imkoniyatlardan eng qulay va serunumini tanlay olish ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, ularni milliy qadriyatlarimiz, udum va an`analarimiz ruhida tarbiyalashda ona tili fanining tutgan o`rni hamda imkoniyatlari benihoya katta. Shu ma`noda, hozirgi davr ta’limi oldida turgan dolzarb vazifa haqida muammolarni to`g`ri anglash va amaliyotga joriy etish mas`uliyati mavjuddir. Bu masalalar o`z o`rnida ta’lim mazmuniga yangi pedagogik texnologiyalarni singdirish va joriy etish orqali amalga oshiriladi. Yangi pedagogik texnologiya “Ta`lim to`g`risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida olib borilayotgan tub islohotlar asosiy yo`nalishlarining bosh harakatlantiruvchi kuchidir. Yangi pedagogik texnologiya shunday bilimlar sohasiki, bunda 3-ming yillikdan tub burilishlar, o`qituvchi faoliyatini yangilab, o`quvchilarda hur fikrlilik, mustaqillik, bilimga chanqoqlik, vatanga muhabbat, insonparvarlik, ma’naviy va ruhiy barkamollikni tizimli ravishda shakllantiriladi. Pedagogik texnologiya tushunchasi keng ko`lamli, serqirra tushuncha bo`lib, u ta’lim – tarbiya amaliyotini rivojlantirish ehtiyojlari asosida kelib chiqqan va hozirda pedagogika, psixologiya fanlarida o`z o`rniga ega. Ta`lim-tarbiya faoliyatining mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o`tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo`nalishlari shu faoliyatdan ko`zda tutilgan maqsadlarni to`liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, ya`ni 3 texnologiyaga aylanib bormoqda. Shu asosda ta’lim-tarbiya sohasida so`nggi davrda pedagogik texnologiyaga amal qila boshladi. Istiqlol mavkurasi va sharqona pedagogikaga yo`g`rilgan ta’limning milliy modeliga mos o`zbek maktabini yaratish, yangicha tafakkur va dunyoqarash, milliy g`oyani shakllantirish hamda mustaqil yurtimiz xalq ta’limini jahon andozalari darajasiga ko`tara borish uchun ilmiy asoslangan pedagogik texnologiya zarurati tobora sezilmoqda. Shuningdek, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ham ta’lim tizimiga ilg`or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o`zlashtirish zarurligi ta`kidlanadi. Pedagogik texnologiyalar o`zi nima? Pedagogik texnologiya tushunchasi XX asrda paydo bo`lib, quyidagi rivojlanish bosqichlaridan o`tib kelmoqda. Dastlab bu tushuncha 1940 yillarda 50-yillar o`rtasigacha “ta’limda texnologiya” deb qo`llanilib, o`quv jarayonida audiovizual texnika vositalaridan foydalanishni ifoda qilgan. Pedagogik tushunchasi dastlab XX asrning o`rtalarida AQSh da qo`llana boshlagan. Bunda “pedagogik texnologiya” va “ta’lim texnologiyasi” ifodalari faqat texnika vositalari yordamida o`qitishga nisbatan qo`llangan edi. Pedagogik texnologiya o`quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimlm kategoriyadir. “Texnologiya” fanga 1872 yilda texnikaviy taraqqiyot bilan bog`liq holda Rossiyada kirib kelgan. 1940 yil esa AQShga kirib kelgan. AQSh da 1971 yil Kommunikatsiya va texnologiya Assocasiyasi tashkil topdi. 1961 yildan boshlab “Pedagogik texnologiya” jurnali, 1971 yildan “Audio vizual ta’lim” hamda “Audiovizualli kommunikaciya bayoni” nomli jurnallar chop etila boshladi. Angliyada 1967 yil pedagogik texnologiya milliy kegashi tashkil topdi. 1964 yildan “Pedagogik texnologiya va dasturli ta’lim”, 1970 yildan boshlab “Pedagogik texnologiya” nomli jurnallar chop etila boshladi. Yaponiyada 1965 yil “Pedagogik texnologiya” markaziy kengashi tashkil etildi va shu yillarda “Pedagogik texnologiya”, “Pedagogik texnologiya tadqiqotlari” bo`yicha jurnallar chop etila boshladi. Italiyada 1971 yil “Pedagogik texnologiya milliy markazi” tashkil etildi va shu yildan boshlab “Pedagogik texnologiya” jurnali chop etila boshladi. Vengriyada 1973 yildan boshlab o`qitish texnologiyasi davlat markazi tashkil etildi. “Texnologiya” yunoncha so`z bo`lib, texnos - “san`at”, “mahorat”, “hunar” logiya - “fan”, “ta’limot” ma`nolarini bildiradi. Bir so`z bilan aytsak, “texnologiya”- “mahorat fani” degan ma`noni bildiradi. “Pedagog” esa boshqaruvchi, etaklovchi ma`nolarini beradi. Aniqroq aytadigan bo`lsak : Ishlab chiqarishdagi texnologiyada turli materiallarga ishlov berish tegishli kasb ustalari tomonidan amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiyada esa ishlov beriladigan material o`quvchi (ta’lim oluvchi) ning aqliy, ruhiy, axloqiy sifatlari bo`lib ularga o`qituvchi, tarbiyachi tomonidan ma`lum maqsadlarga erishish yo`lida har turli ta`sirlar o`tkaziladi. 4 Pedagogik nuqtai nazardan texnologiya bu shaxsni o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirish qonunlarini o`zida jo qiladigan va yakuniy natijani ta`minlaydigan pedagogik faoliyatdir. “Texnologiya” tushunchasi regulyativ (tartibga solib turuvchi) ta’sir etish kuchiga ega bo`lib, erkin ijod qilishga undaydi. Pedagogik texnologiyaga “yangi so`zi”ni ishlatish “eski”ning samarali tomonini olib, ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalashda yangicha texnologiya asosida barkamol etuk shaxslarni etkazib berish tushuniladi. Oradan vaqt o`tishi davomida shu ifodalarni qo`llash darajasi kengayib borishi natijasida ularning ma`nolari ham tegishlicha o`zgarib bordi. Hozirda kelib esa pedagogik texnologiya ifodasining zamonaviy ilmiy asoslangan yagona ta`rifini belgilash maqsadida bir qancha yirik olimlar tomonidan turli fikrlar va xulosalar asoslab berildi. 50-yillar o`rtasidan 60-yillargacha “ta’lim texnologiyasi” ifodasi qo`llanilib, bunda programmalashtirilgan ta’limni nazarda tutilgan. 70-yillarda “pedagogik texnologiya” ifodasi qo`llanilib, u avvaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o`quv jarayonini bildirgan. XXI asr ta’lim jarayonidagi muammo-o`quv jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, o`quvchilarning ongiga yangi materiallarni chuqur singdirish, ularda mustaqil fikrlashga, izlanishlariga qiziqish uyg`otishdir. Bizga ma`lumki, “pedagogik texnologiya” atamasi XX asrning 50-yillarida ommalashib, uning ahamiyati YuNESKO darajasida e`tiborga olingan. Rus olimlari B.P.Besbal`ko, M.V.Klarin va boshqalarning say-harakati bilan 90 yillarning oxiriga kelib Rossiyada ham pedagogik texnologiyaga qiziqish ommalashib bordi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa 2000 yillarning boshlarida pedagogik texnologiya tushunchasi muammo sifatida talqin qilina boshlandi. Bir qancha mamlakatlar pedagogik texnologiyalarni yaratish va ularni ta’lim jarayonida qo`llash borasida samarali natijalarga erishmoqda. Pedagogik texnologiyalarning turlari ko`p bo`lib, ular mohiyati, o`ziga xos xususiyatlari va o`quv materiallari, o`quv jarayonini tashkillashtirish usullari bilan bir-biridan farq qiladi. Umuman olganda, har bir pedagogik texnologiya o`qituvchi va o`quvchi munosabatini, darsdan kutiladigan natijaning qanday bo`lishi haqida oldindan tasavvur eta olish imkoniyatini yaratadi. Bu esa o`z navbatida har bir darsni tahlil qilib, o`qituvchi va o`quvchi tomonidan yo`l qo`yilgan kamchilarning keyingi darslarda oldini olishga yordam beradi. “Pedagogik texnologiya – bu ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning o`zaro ta`sirini inobatga olib, o`qitish va bilim o`zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo`llashning tizimli metodidir”. (Yunesko) Qarshi Davlat universiteti professori M.Ochilovning fikricha, “Yunesko” ta`rifida pedagogik texnologiyani ta’limning boshqa usullaridan keskin farqini yaqqol ko`rsatuvchi: “ta’lim jarayoniga tizimli, texnologik yondashuv, ta’lim maqsadlarini oydinlashtirish, natijasini kafolatlash va holisona baholash” dek muhim belgilar aks 5 etmagan. Jins tushuncha sifatida ishlatilgan “Tizimli metod” atamasi ham bitta metod ma`nosini bildiradi. Bizningcha, ta`rifda jins tushuncha sifatida “metodlar majmui” atamasini ishlatish mantiqiy jihatdan to`g`riroq bo`lar edi. Shu mulohazalar asosida “pedagogik texnologiya” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berishini maqsadga muvofiq , mukammalroq deb hisoblaymiz. Pedagogik shakllarni qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va holisona baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o`zaro ta`sirini inobatga olib, ta’lim maqsadlarini oydinlashtirib, o`qitish va bilim o`zlashtirish jarayonlarida qo`llaniladigan usul va metodlar majmuidir! Oddiy qilib aytadigan bo`lsak, ilg`or pedagogik texnologiya deganimizda o`qituvchi bir soatlik darsda o`zining mahoratini, san`atini qo`llab, har xil usul va metodlardan foydalanib dars o`tishi davomida butun sinf o`quvchilarini faollashtirib, barcha o`quvchilarni darsga qatnashtirib, darsning faol ishlovchisi o`quvchi darajasiga erishishni tushunishimiz kerak. Xullas, pedagogik texnologiya-o`qitish usuli, ma`lum ma`noda ta’lim-tarbiya jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari majmuidir. Ta`kidlash lozimki, xalqaro tajribalarga suyangan holda yirik pedagog olimlarimiz J.G`.Yo`ldoshev, N.Sayidahmedov, M.Ochilovlar tomonidan pedagogik texnologiyaning ilmiy nazariy asoslari yaratildi, tamoyillari aniqlandi. Ilg`or pedagogik texnologiya yoxud innovaciya tushunchalari garchand yangi so`z sifatida qo`llanilayotgan bo`lsa-da, aslida uning ildizlari uzoq o`tmishga borib taqaladi. O`rta asrning buyuk mutaffakirlari Umar Xayyom, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino kabi olimlar “izlanishga asoslangan” o`qitish g`oyasini ilgari surganlar. Umar Xayyom o`zining “Matematik traktatlar?”ida “Ozgina o`yla, o`zing topasan”, “Fikrlasang, bilib olasan”,-degan da`vatlar asosida o`qitish lozimligini qayd qiladi. Abu Nasr Farobiy borliqni fahmlash va bilishning asosi fikrlashda ekanligini uqtiradi. Hozirgi kunda keng qo`llanilayotgan “Ilg`or pedagogik texnologiya” tushunchasi zamirida ham fikrlar yotadi, chunki ijodiy fikrlash jarayonida o`quvchi til hodisalarini fahmlaydi, uni bilib olish imkoniyatiga ega bo`ladi. Ilmiy metodik adabiyotlarda yangi pedagogik texnologiya (yoki innovaciyayangiliklarni amaliyotda qo`llash)-noan’anaviy usullarini qo`llash, ulardan foydalanishdir, deb talqin etiladi. Ko`pgina o`qituvchilar darslarda o`yintopshiriqlardan foydalanishni ham darslarni turli shakllarda tashkil etishni ham yangi pedagogik texnologiya deb tushunishadi. Biz bunday qarashlarga qarshimiz? Chunki bular yangi pedagogik texnologiyaning birgina elementi hisoblanadi. Yangi pedagogik texnologiya bizning nazarimizda quyidagi elementlardan iborat. 1. Ta`lim mazmunini to`g`ri belgilash. 2. Belgilangan ta’lim mazmuniga muvofiq keladigan zamonaviy metod, vosita va usullarni qo`llash. Pedagogik texnologiyaning har turli ta`riflari mavjud bo`lib, har bir ta’rif ma`lum nuqtai nazardan yondoshishni ifodalaydi. Ayrim asosiy ta`riflar va ularning sharhlarini ko`rib chiqamiz: Texnologiya biror ishda, mahoratda, san`atda qo`llaniladigan usullar, yo`llar yig`indisi (Izohli lug`at). 6 Texnologiya – ishlov berish, ahvolni o`zgartirish san`ati, mahorati, qobiliyati, metodlari yig`indisi (V.M.Shepel`). Pedagogik texnologiya o`zqitishning, ta’limning shakllari, metodlari usullari, yo`llari, tarbiyaviy vositalarining maxsus yig`indisi va komponovkasi (joylashuvi) ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka) lar majmuasi: u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat (B.T.Luxachev). Pedagogik texnologiya – o`qituvchi mahoratiga bog`liq bo`lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o`quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir (V.P.Bespalko). Pedagogik texnologiya-ta’limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayonini tafsiloti (I.P.Volkov). Ta`lim texnologiyasi-didaktik tizimning tarkibiy jarayonli qismi (M.Choshanov). Pedagogik texnologiya-o`quv jarayonining o`quvchilar va o`qituvchi uchun so`zsiz qulay sharoitlar ta`minlashni loyihalash, tashkil qilish va o`tkazish bo`yicha hamma detallari o`ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli (V.M.Monaxov). Pedagogik texnologiya-texnika resurslari odamlar va ularning o`zaro ta`sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo`yuvchi o`qitish va bilimlarini o`zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo`llash va aniqlashning tizimli metodi (YuNESKO). Pedagogik texnologiya-pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan barcha shaxsiy instrumentli va metodologik vositalarning tizimli yig`indisini va amal qilish tartibini bildiradi (M.V.Klarin). Pedagogik-texnologiya bu so`zsiz rioya qilish eng yuqori natijani kafolatlaydigan ko`rsatmalar emas, balki qonuniyatlar bo`lib, ularning amaliy ahamiyatidan iborat (V.Yu.Pityukov). Pedagogik texnologiya-bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan, bir tizimga keltirishdir (Sakomoto). Pedagogik texnologiyaning mohiyati didaktik maqsad, talab etilgan o`zlashtirish darajasiga erishishdan iborat bo`lib, uni tatbiq etishni hisobga olgan holda ta’lim jarayonini ilgaridan loyihalashtirishda namoyon bo`ladi (U.Nishonaliev). Pedagogik texnologiya – bu o`qituvchi (tarbiyachi) ning o`qitish (tarbiya) vositalari yordamida o`quvchi (talaba) larga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta’sir ko`rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayonidir (N.Saydahmedov). Pedagogik texnologiya-bu jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, shaxsning oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarini samarali shakllantiruvchi va aiq maqsadga yo`naltirilgan o`quv jarayonini tizim sifatida qarab, uni tashkil etuvchilar, ya`ni o`qituvchi (pedagog) ning o`qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga ma`lum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikda ko`rsatgan ta`sirini va ta’lim natijasini nazorat jarayonida baholab beruvchi texnologiyalashgan ta’limiy tadbirdir (B.Ziyomuhamedov). Pedagogik texnologiya bu – ob`ektiv, moddiy jarayon. Agar biz o`quv-tarbiya jarayonidan uning ob`ektiv, moddiy (substanciyalik) jihatini ajrata olsak, shunda biz texnologiyaga, eng kamida uning tafsilotiga ega bo`lamiz (V.K.D`yachenko). 7 Pedagogik texnologiya – bu o`qitishga o`ziga xos yangicha (innovacion) yondoshuvdir. U pedagogikadagi ijtimoy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko`chirilgan taviri, ta’lim jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi (B.L.Farberman). Pedagogik texnologiya – turli mualliflar (manbalar)-ning barcha ta`riflari mazmunini o`zida mujassam etuvchi umumlashtirishdan iborat (G.K.Selevko). Yuqorida keltirilgan ayrim ta`riflarning o`zaro har xilligidan ko`rinadiki, pedagogik texnologiya tushunchasi ko`p qirrali bo`lib, unga pedagogik, psixologik, didaktik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa nuqtai nazarlardan yondoshish mumkin. Hozirda ta’lim-tarbiya sohasida keng rivojlanib borayotgan yo`nalishlardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo`llashdan iborat. Ma`lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o`z bilim va tajribalarini o`sib kelayotgan avlodga o`rgatishdan iborat bo`lib, bu jarayonda asosan inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan avlodga uzatish amalga oshiriladi. Insoniyat hayoti axborotlar bilan chambarchas bog`liq. Boshqacha aytganda, insonning har bir harakati axborot olish yoki uzatish yoki undan foydalanish yoki o`rganish, o`zlashtirish, saqlash va boyitishdan iborat. Shundan hozirgi insoniyat civilizaciyasini axborot civilizaciyasi deb ataladi. Shu nuqtai nazardan civilizaciya tushunchasiga berilgan ta`riflardan biri quyidagicha: “Civilizaciya-axborotni to`plash, tahlil qilish va foydalanish hamda atrofmuhit va o`zi haqida axborot yaratish uchun eng ko`p ma`lumot olishga qodir bo`lgan moddaning yuqori turg`un holatidir”. Bu ta`rifdan axborotni avloddan avlodga uzatishning, ya`ni ta’lim-tarbiya civilizaciyaning mavjudlik sharti hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan “civilizaciyaning bosh belgisi axborotni to`plash, mavhum (abstrakt) tahlil qilish (jonivorlar bunga qodir emas) va undan o`z turini o`z jamoasini uzoq saqlash uchun foydalanishdan iborat”. Bundan axborotni to`plash, tahlil qilish va undan foydalanishning shakl, usul va vositalarini takomillashtirib borish zarurligi va buning zamirida pedagogik texnologiya yotishi tushuniladi. Axborotlarning inson hayotidagi ahamiyatini aniqlashga qiziqish ortishi tabiiy. Bu haqdagi ta`riflardan biri quyidagicha: “Axborot-bu sezgi a`zolarimizni tashqi olamga moslashtirishimiz jarayonida biz undan oladigan mazmun belgisi” (N.Viner). bu ta’rif tirik organizmning tashqi muhitdan axborotni idrok qilishiga doir xususiy holga tegishli. Ushbu aytilganlar asosida pedagogika texnologiyaning eng qisqa va umumlashtirilgan ta`rifini ta`rifini quyidagicha deb hisoblashimiz mumkin. Pedagogik texnologiya-barkamol insonni shakllantirish faoliyati. Pedagogik texnologiya-kafolatlangan ta’lim. Pedagogik texnologiya o`quvchini mustaqil o`qishga, bilim olishga, fikrlashga o`rgatishni kafolatlaydigan jarayondir. Pedagogik texnologiya jarayonida o`qituvchi rahbarligida o`quvchi mustaqil ravishda bilim oladi, o`rganadi, o`zlashtiradi. 8 Bu faoliyatni amalga oshirish uni tashkil qilish, olib borish, takomillashtirish, tahlil qilish, tadqiq qilish, qiyoslash, umulashtirish, xulosa chiqarish, boshqarish, nazorat, baholash kabi jarayonlarni o`z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |