Pedagogika” fakulteti “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi 2- kurs guruh talabasi ning



Download 133,61 Kb.
bet11/17
Sana04.02.2022
Hajmi133,61 Kb.
#430955
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
trbiyaviy ishlar (автовосстановление)

Mehnat tarbiyasi bolalarda mehnat qilish istagi va intilishini tarkib
toptirishi, ularni jamiyatimiz taraqqiyoti yo’lida mehnat qilishga amaliy tayyorlash
lozim. Buning uchun bolalarda mehnatga muhabbat, mehnat ahliga chuqur hurmat
hislarini tarbiyalash kerak. O’quvchilarga turli darslar jarayonida va darsdan
tashqari tadbirlarda mehnat tarbiyasi berish mumkin. Ayniqsa, mehnat darsining
mehnat tarbiyasi berishdagi o’rni juda kattadir. Mehnat, mehnatkashlar haqida
suhbatlar, munozaralar, mehnat faxriylari va ilg’orlari bilan uchrashuvlar,
maktablarda o’tkaziladigan hosil bayramlari, Navro’z bayrami va boshqalar orqali
ham mehnat tarbiyasi berish mumkin.

Bizga ma’lumki, qadimdan ota – bobolarimizning kundalik hayotiga bo’lgan


ehtiyoj kun sayin oshib borgan. Shu sabali ham ular yashash uchun kurashganlar.
Bunda ota bobolarimiz o’zlaridagi tabiiy ehtiyojni tabiat qonunlari doirasida
qondirib borish jarayonlarida ayrim to’siqlarga duch kelganlar. Misol uchun,
bunday to’siqlar qatoriga tabiatda yuz berib turadigan tabiiy ofatlar hamda
hayvonlarning mavsumga qarab o’z joylarini o’zgartirib turishlari ularni yashash
uchun kurashishgna undagan. Shuning uchun ham ularda tabiiy ehtiyoj bilan bir
qatorda moddiy ehtiyojlari kuchayib borganligi sababli ham o’zlari uchun kerakli
bo’lgan ozuqalarni g’amlash, saqlash, kerakli joylarga olib borish, tabiiy ofatlardan
saqlanish vositalarini ixtiro qilgan. Ular sovuqdan saqlanishi uchun issiq pana
joylar izlashi natijasida, g’orlar, uylar, yasaganlar. Keyinchalik esa, uni isitish
vositasi zarurligini sezib, quyosh taftini qumsaganlar. Xom ozuqalarini pishirish
ehtiyojlari kuchaygan, natijada olov kashf qilgan.
Qadimdan ota-bobolarimiz iqtisodning hamma narsadan ustunligini tushunib
yetganligi bois ham yosh avlodlar ongiga iqtisodiy bilimlarni asta-sekinlik bilan
singdirib kelishgan. Qachonki kishilik jamiyatida faol insonlar o’z
dunyoqarashlarini rivojlantirib borib, xalq og’zaki ijodiyoti va yozma manbalar
orqali kishilik jamiyatining rivojlanishiga sababchi bo’lgan omillarni ko’rsatib kelganlar. Shuning uchun ham asta sekinlik bilan iqtisod to’g’risidagi tushunchalar
bir qator faylasuflar tomonidan ma’lum bir tizimlarga keltirilgan.
Masalan, Arestotel iqtisodiy bilimlarni uy xo’jaligini boshqarish qonunlariga
taaluqli deb qaragan bo’lsa, Merkantilislar ingliz klassik maktabi vakillari unga
boylik to’g’risidagi, unung manbalari va ko’paytirish yo’lari, boylikni ishlab
chiqarish, taqsimlash ayirboshlash va istemol qilish to’g’risidagi fan deb qaradilar.
Iqtisodiyot nazeriyasi fani siyosiy iqtisod nomi bilan yuritilgan davrda qator
darsliklarda va ayrim asarlarda unung predmeti moddiy ne’matlarni ishlab
chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida sodir bo’ladigan munosabatlarni
o’raganishdan iborat, deb ko’rsatilgan edi.

AQSH va boshqa bazi bir mamlakatlar dan kirib kelgan “ekonomiks”


darsliklarida bu fanning predmeti kishilarning moddiy ehtiyojlarini to’laroq
qondirish maqsadida cheklangan resurslardan samarali foydalanish muamolarni
tahlil qilish, kishilarning iqtisodiy xulq – atvorini o’rganishdan iborat deb
ko’rsatilgan.
Masalan, iqtisod fanlari doktorlari, professorlar L.S.Tarasevich va
A.I.Dobrinilar boshchiligida chiqarilgan “Iqtisodiyot nazariyasi” darsligida bu fan
“rasional xo’jalik yuritish tizimining tarkibiy evolyusiyasini, haqiqiy boylikni va
jamiyatni ayrim azolari va gruhlarning farovonligi, iqtisodiy o’sishning omillari va
qonuniyatlarini o’rganadi”, deb ko’rsatilgan. Akademiklar G.P. Juravleva va V.I. Vidyapinlar boshchiligida chiqarilgan “umumiy iqtisodiyot nazariyasi” nomli darslikda professor A.I. Dobrininning fikriga asoslangan holda: “umumiy iqtisodiyot nazariyasi ishtimoiy fan bo’lib u cheklangan resurslar sharoitida ehtiyojlarni qodirish maqsadida moddiy nematlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, tqasimlash va isemol qilish jarayonlarida kishilar va gruhlarning xulq atvorini o’rganadi”,deyilgan. Prof. V.D Kamayev boshchiligidagi fualifflar tomonidan yozilgan “Iqtisodiyot nazariyasi” asoslari bo’yicha darslikda iqtisodiyot fanini predmeti cheklangan resurslar dunyosida nematlarni ishlab chiqarishdagi kishilarning xulq atvori va uni boshqarishni o’rganishdan iborat takitlanadi.[14]
Prof. D.D. Moskvin boshchiligidagi mualifflar tomonidan yozilgan
“Iqtisotiyot nazariyasi asoslari” darsligida iqtisodiyot nazeriyasi fanining predmeti
– ishlab chiqarish munosabatlatini va ularning ishlab chiqarish kuchlari bilan o’aro
tasirini o’rganadi deyiladi. Prof. Ye.F. Borisov o’zining “iqtisodiyot nazariyasi” nomli kitobida fanning predmetiga qisqagina – u iqtisodiyot munosabatlarini o’rganadi, deb aytib o’tib ketadi. Bugungi kunda biz barcha ixtisodga oid manbalarni o’qib, ularni taxlil qilib, iqtisodiy bilimlar integrasiyasini amalga oshirib, ma’lum bir to’xtamga kelib uni o’quvchilarga yetkazib beramiz.
Iqtisodiyotning ayrim tomonlari esa moliya, soliq va soliqqa tortish, kredit,
pul muomalasi, bank ishi, bojxona ishi, statistika, ekonometrika tashqi iqtisodiy
aloqalar, buxgalteriya hisobi, xo’jalik faoliyati tahlili kabi fanlarda o’rganiladi.
Bizning mavzuimiz mohiyatini yoritishda ulardan keng foydalanish mumkin.
Umuman olganda iqtisodiy tushunchalar iqtisodiy jarayonlar, voqyea va
hodisalar sirini bilishda qo’l keladi. Biz bugungi kunda boshlang’ich ta’limda
taxsil olayotgan talabalarga 4-sinfda iqtisodiy tarbiyani qanday qilib amalga
oshirish to’g’risida fikr yuritib boramiz. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlab
o’tganlaridek; “jamiyatda hayotga, o’zgarishlarga befarq qaraydigan loqayd
kimsalar bo’lmasligi kerak. Bu taraqqiyotimizni orqaga surib yuboradi. Inson
buyuk, ezgu orzular bilan yashasin, uni nafaqat mamlakat, balki jahonda ro’y
berayotgan hodisalar qiziqtirsin. Dunyoqarashi, ongi chegaralanib, bir qolibda
qolmasin. Milliy g’urur istiqlol mafkurasi g’oyalari unga doim hamroh bo’lsin“
degan fikrlariga tayangan holda jamiyat va tabiat sirlarini o’rganib kelayotgan
yosh avlod ongi va qalbiga iqtisodiy bilimlarni singdirish zaruriyati yotadi. Ana
shu fikrlardan kelib chiqqan holda jamiyatda o’ining – o’zligini, o’rnini anglab, o’sib, ulg’ayib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol shaxs qilib
tarbiyalashda bozor iqtisodiyotining talablariga javob bera oladigan, har
tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalashimizda milliy-ma’naviy qadriyatlar o’ziga
xos mazmun va ahamiyat kasb etadi.

Download 133,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish