“Asoslangan esse” interfaol metodi. Ushbu metodda o‘qituvchi
o‘quvchilarga asoslangan esse yozish topshirig‘ini berishi mumkin.
Topshiriqni bajarish tartibi:
−
mazkur mavzu yuzasidan o‘z nuqtayi nazarlaringizni bayon eting;
−
nuqtayi nazaringizni asoslash uchun dalillar kiriting;
−
mavzu yuzasidan aniq xulosalar chiqaring.
“Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi” interfaol metodi.
Masalan, “Ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusi
bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazilyapti, deylik. Dastlab o‘qituvchi doskaga ta’lim
PEDAGOGIKA 2018, 5-son
70
metodlarni chalkashtirilgan holda yozib qo‘yadi. So‘ngra, ulardan mazkur
metodlarni qaysi guruhga kirishiga qarab, og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy
metodlarga tasniflashni taklif etadi.
«Muammoli vaziyatlar» – ma’lum holatlar, vaziyatlar hosil qilinib,
mikroguruhlarda va individual tarzda muhokama qilish.
Mashg‘ulotlarni bu usulda tashkil etishda o‘qituvchi nimalarga erishadi?
degan savol tug‘iladi. Bunda birinchidan o‘qituvchi:
−
o‘quvchi tafakkurini faollashtiradi;
−
faol munozarani vujudga keltiradi;
−
o‘quv faoliyatining ijobiy motivini hosil qiladi;
−
o‘quvchiga turlicha fikrlarni tinglash imkonini beradi;
−
tanqidiy fikrlash ko‘nikmasini hosil qiladi;
−
o‘z-o‘zini namoyish etish imkonini beradi;
−
turli ijtimoiy munozaralarga kirish malakasini hosil qiladi;
−
ijtimoiy faollik ko‘nikmasi shakllanadi.
Tajriba jarayonida 200 nafar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bilan
“og‘zaki” davra suhbatlari o‘tkazildi. Suhbat jarayonida “Siz ijtimoiy faollik
ko‘nikmasining mazmuni va mohiyatini qanday tushinasiz?”, “Ijtimoiy faollik
ko‘nikmasini shakllantirishning zaruriyati va afzalligi?”, “Ijtimoiy faollik
ko‘nikmasini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari?” mavzudagi anketa
so‘rovnomalariga tadqiqot oxirida respondentlardan 20 foizi o‘rta, 35 foizi
yaxshi, 55 foizi esa yuqori ballarni to‘plashga erishdi.
Ma’lumki, bugungi kunda boshlang‘ich ta’lim mamlakatimizda
kompyuterlashtirilgani va u “Ziyonet” kabi ta’lim portali bilan ta’minlanganligi
ta’lim tizimining yutug‘idir. Kompyuter o‘qitishning zamonaviy vositasi sifatida
boshlang‘ich ta’limga keng joriy etilmoqda. Ayni paytda kompyuterli
texnologiyalarni boshlang‘ich ta’limga joriy etish bo‘yicha muammolar
mavjudligini ta’kidlash joiz. Bu muammolar negizini kompyuterli texnologiyani
o‘qitishga tadbiq etish nazariyasi ishlab chiqilmaganligi tashkil qiladi.
Ta’limni kompyuterlashtirish masalalari bo‘yicha yirik mutaxassislar
“avvalo kompyuterli o‘qitish nazariyasini shakllantirib olish lozim” – deb
ta’kidlashadi. Chunki kompyuterga asoslangan o‘qitish texnologiyasi ilmiy-
Do'stlaringiz bilan baham: |