PEDAGOGIKA
2017, 3-son
47
9-sinf о‘quvchilaridagi gender tafovutlar
2-jadval
Ko‘rsatkichlar nomi
9-sinf о‘quvchilari
N
О‘g‘il bola
Qiz bola
Jismoniy agresssiya
61.8
59.4
83
Bilvosita agressiya
53
57
83
Jahldorlik
34
41
83
Salbiy munosabat
50.2
48.2
83
Alamzadalik
64.7
68.5
83
Shubhalanuvchanlik
62
64.3
83
Verbal agressiya
44.4
46.6
83
Aybdorlik hissi
64.9
64.9
83
Jismoniy agressiya va salbiy munosabat (negativizm) о‘g‘il bolalarda
qizlarga qaraganda yuqori, bilvosita, verbal agressiya, jahldorlik va alamzadalik,
aksincha, qizlarda ustun ekanligini kо‘rish mumkin. Bu kо‘rsatkichlar kichik
о‘smirlarda 3-jadvaldagidek namoyon bo‘ladi:
7-sinf о‘quvchilaridagi gender tafovutlar
3-jadval
Ko‘rsatkichlar nomi
7-sinf о‘quvchilari
N
О‘g‘il bola
Qiz bola
Jismoniy agresssiya
71.5
59.2
78
Bilvosita agressiya
51.8
54.5
78
Jahldorlik
35.2
43.9
78
Salbiy munosabat
52.6
53
78
PEDAGOGIKA
2017, 3-son
48
Alamzadalik
73.4
68.5
78
Shubhalanuvchanlik
73.2
70.8
78
Verbal agressiya
49.1
47.6
78
Aybdorlik hissi
82.8
79.7
78
Jadvaldan kо‘rinib turibdiki, 7-sinf о‘g‘il bolalarida jismoniy agressiya,
alamzadalik, aybdorlik hissi qizlarga qaraganda yuqori ekan. Qizlarda esa
jahldorlik va bevosita agressiyaning bir muncha kо‘proq ekanini kо‘rish mumkin.
Shuningdek, о‘smirlarda ustuvorlik darajasi bo‘yicha qaysi omillar
yetakchilik qilishi mumkinligi ham о‘rganildi. Olingan natijalardan о‘smirlarda
ustuvorlik darajasi (dominant) bo‘yicha 1-о‘rinda jahldorlik (.779), alamzadalik
(.689), shubhalanuvchanlik (.559) ustuvor ekanligi ma’lum bо‘ldi. 2-о‘rinda
jismoniy agressiya (.722), bilvosita agressiya (.572), aybdorlik hissi (.689); 3-
о‘rinda salbiy munosabat (.749), verbal agresiya (.706) yetakchi ekanligi
aniqlandi.
Xulosa qilib quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
1.
О‘tkazilgan sо‘rovnoma natijasida о‘smirlarda jismoniy agressiya,
autoagressiya, shubhalanuvchanlik va verbal agressiyaning yuqoriligi aniqlandi.
2.
Olingan empirik natijalar о‘g‘il va qiz bolalarda yosh jihatdan turlicha
tafovutlarni kо‘rsatdi. 9-sinf о‘quvchilarida jismoniy agressiya va salbiy
munosabat (negativizm) о‘g‘il bolalarda qizlarga qaraganda yuqori, bilvosita,
verbal agressiya, jahldorlik va alamzadalik, aksincha, qizlarda ustun ekanligini
kо‘rish mumkin. 7-sinf о‘g‘il bolalarida jismoniy agressiya, alamzadalik, aybdorlik
hissi qizlarga qaraganda yuqoriligi, qizlarda esa jahldorlik va bevosita
agressiyaning bir muncha kо‘proq ekani kuzatildi.
3.
О‘smirlardagi agressiya kо‘rinishlari kichik о‘smir yoshida yuqori
bo‘ladi. O‘smir voyaga yetgani sayin agressiya ham pasayib borar ekan.
4.
Agressiyaning bir shakli ortishi boshqa agressiya kо‘rinishlarining
kuchayishiga ham olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |