PEDAGOGIKA
2017, 3-son
27
kerak. M. Quronovning fikricha, mish-mishlarga qarshi targ‘ibotda о‘qituvchi-
murabbiy qarshisida ikki yо‘l paydo bо‘ladi: 1) indamay qо‘ya qolish (bu
tarqalgan mish-mishga nisbatan harakatsizlikni yoki uni rag‘batlantirishni
anglatadi); 2) fosh qilish (lekin bu ham fosh qilinayotgan vayronkor mish-
mishlarning yanada tarqalishiga sabab bо‘lishi mumkin-da!). Olim о‘z fikrini
davom ettirib, targ‘ibot-tashviqot tarixida buning yechimi sifatida mish-mishni
tо‘g‘ridan tо‘g‘ri fosh qilish emas, uni faktlar yordamida titib tashlash kerak, deb
izohlaydi. Demak, о‘quvchi-yoshlar о‘rtasida ma’naviy tahdid kо‘rinishidagi
mish-mishlar paydo bо‘lsa, о‘qituvchi uning buzg‘unchi ta’sirini yо‘qotuvchi
trening mashg‘ulotlari, videorolik va kо‘rgazmali vositalardan samarali
foydalanishi lozim.
4.
Loqaydlik – irodasizlikning oldini olish. Mazkur texnika о‘quvchi-yoshlar
ongida yangi g‘oya va istaklarni, bunyodkorlik tuyg‘usini qaror toptirishga
yо‘naltirilgan bо‘lib, ikkilanish va iroda energiyasining sustligini bartaraf etishga
xizmat qiladi. Buning uchun о‘qituvchi, eng avvalo, о‘quvchi-yoshlarda о‘z kuch
va imkoniyatlariga ishonchni qaror toptirishi lozim. Ishonch esa о‘z-о‘zidan hosil
bо‘lmaydi. Buning uchun о‘quvchi-yoshlarga aytilayotgan fikrlar amaliyot bilan
bog‘lab qayta-qayta eshittirilishi, kо‘rgazmali, obrazli tarzda taqdim etilishi,
sinovdan о‘tgan misollar asosida singdirilishi maqsadga muvofiq. Ishonch esa,
о‘z navbatida, istak va niyatni paydo qiladi va harakat manbayi – irodaga
energiya beradi.
О‘quvchi-yoshlar orasida irodali, faol, о‘rtamiyona, loqayd, befarq – turfa
xil ta’lim oluvchilar uchraydi, ammo ularning barchasini birdek harakatga
keltirish uchun hamma tez va oson tushunadigan maqsad va g‘oyani taklif qilish,
uning ahamiyati katta ekanligiga ishontirish lozim.
Mazkur dasturlash texnikalarini ta’lim jarayonida qo‘llash o‘zining bir
qator ijobiy jihatlarini namoyon etadi, shuningdek, o‘quvchi-yoshlarning ongiga
ta’sir etayotgan global jarayonda urchiyotgan turli salbiy ta’sirlarga qarshi
immunitetni shakllantiradi.
Yuqorida keltirilgan fikr va mulohazalarga asoslangan holda, ushbu
muammoning pedagogik yechimi tarbiya nazariyasida bugungi kunga qadar o‘z
ifodasini to‘la topmagani, neyrolingvistik dasturlashtirish texnologiyalari asosida
o‘quvchi-yoshlarning hushyorlik va ogohlik fazilatlarini rivojlantirish masalasi va
ularning tarkibiga kiruvchi muhim komponentlar, mexanizmlar, tamoyillarni
shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslari yaxlit-bir butun holatda yaratilmagani
hisobga olinsa, ushbu masala samaradorligini amalga oshirish muhim ahamiyat
kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |