PEDAGOGIKA
2016, 1-son
32
yosh bilan bog‘liq jihatlari, kasbiy faoliyatida ijobiy motivatsiyaning mavjudligi
kabi ta’lim muassasasi jamoasining asosiy tavsifiga tayanadi.
4. Rejaning obyektivligi. Mazkur tamoyilga kо‘ra rejalar MTM faoliyatini
chuqur va har tomonlama pedagogik tahlil etgan holda va mazkur yilda
erishiladigan natijalar bilan ta’lim muassasasining obyektiv shart-sharoitlari
bog‘liqligida ishlab chiqiladi.
5. Aniqlik. Eng, avvalo, mazkur tamoyil ta’lim-tarbiya jarayoni, moddiy baza,
kadrlar ta’minoti holati haqida ishonchli va kо‘p hajmli axborot olishni talab etadi.
6. Majmuaviylik. Mazkur tamoyilning muhim talabi о‘quv va tarbiyaviy
ishlar hamda ularning moddiy-texnik ta’minoti tashkiliy jihatdan о‘zaro aloqador
va о‘zaro bog‘liqlikda amalga oshirilishida о‘qituvchilar, ota-onalar va jamoat
tamonidan ta’lim muassasalari yillik rejalarining о‘zaro aloqadorligi va
ma’qullangan bo‘lishidir.
7. Jamoaviylik. Mazkur tamoyil о‘quv-tarbiyaviy jarayonda barcha
о‘qituvchilarning ishtirok etishini talab etadi.
Yuqoridagilardan kо‘rinadiki, umumiy о‘rta ta’lim muassasasi faoliyatini
rejalashtirish о‘z navbatida shu sohaga doir qarorlar, islohot talablarini amalga
oshirish, hayotga tatbiq qilish dasturi hamdir, shuning uchun rejalashtirish
UО‘TMning о‘z oldiga qо‘ygan vazifalarini bir maromda, ketma-ket hal qilishga
xizmat qiluvchi vosita hisoblanadi. U asosiy masalani e’tibordan chetda qoldirib,
mayda-chuyda ishlarga о‘ralashib qolishdan asraydi. Bundan tashqari reja bilan
ishlash belgilangan maqsadni oldindan kо‘ra bilish imkonini beradi va reja
boshqaruvning maqsadi, mazmuni, ularni amalga oshirish usullarini aniqlashga
xizmat qiladi.
Demak, tо‘g‘ri amalga oshirilgan rejalashtirish xatoga yо‘l qо‘yishdan asrash
bilan birga, ularni takrorlamaslik, kamchiliklarni bartaraf qilish vositasi hamdir.
Reja ta’lim muassasasi ichki boshqaruvi yaxlitligini ta’minlab, uning natijalarini
nazorat qilish asosida bо‘g‘inlar о‘rtasida uzviylikni ta’minlaydi.
Strategik rejalashtirish – ta’lim muassasasining qо‘yilgan maqsadlarga
erishishini ta’minlaydigan strategiyalarni amalga oshirishga rahbarlik qiluvchi
shaxslar tomonidan aniq harakat va qarorlarning belgilab olinishi S. Turg‘unov
fikricha, strategik rejalashtirish ta’lim muassasasining maqsadlaridan kelib chiqib
amalga oshirilishi zarur bо‘lgan vazifalarni belgilash, mazkur vazifalarni amalga
oshirish uchun boshqaruv funksiyalari, metodlari hamda maqsadlarini aniqlash
va amalga oshirish yuzasidan strategik rejalar ishlab chiqish jarayoni bо‘lib, bunda
maqsad va vazifalarning ilmiy asoslanganligi, belgilangan muddatlarning aniqligi
va obyektivligi, ijrochilarning bilimi va kasb mahorati, tashqi muhit ta’siri, fan-
Do'stlaringiz bilan baham: |