PEDAGOGIKA
2016, 1-son
123
2006-yildan boshlab, kafedraga asosiy shtatda ishga qabul qilindi. T.
Rixsiboyev 2008-yilgacha kafedra dotsenti, 2008-yildan “Muhandislik grafikasi va
uni o‘qitish metodikasi” kafedrasining professori vazifasi bajaruvchisi lavozimida
faoliyat yuritib kelmoqda.
T. Rixsiboyev ilmiy va pedagogik faoliyati davomida 150dan
ortiq ilmiy
ishlarini e’lon qilgan va ular chop etilgan. Shulardan 8tasi nomzodlik
dissertatsiyasini himoya qilinguncha chop etilgan bo‘lsa, himoyadan so‘ng
Respublikamizdagi ilmiy jurnallarda 50ta, xalqaro jurnalda
bitta ilmiy maqolasi
chop etildi. Xalqaro miqyosda o‘tkazilgan konferensiyalarda 5ta, Respublika
miqyosidagi ilmiy va amaliy anjumanlarda 57ta tezis materiallari nashr etildi.
Temur aka Rixsiboyev 6ta
yakka mualliflikda, 27ta hammualliflikda o‘quv
adabiyotlar yaratdi. Shulardan 1tasi monografiya, 8tasi o‘quv qo‘llanma, 4tasi
elektron qo‘llanma, 20tasi metodik qo‘llanma hisoblanadi.
T. Rixsiboyev o‘z ustozi Yusuf Qirg‘izboyev bilan
hammualliflikda yozgan
“Texnikaviy chizmachilik” (Toshkent, 1987) o‘quv qo‘llanmasi klassik
adabiyotlardan biri hisoblanadi.
Ustoz yoshi ulug‘ bo‘lishiga qaramay, zamon bilan hamnafas yuradi.
Fandagi, texnikadagi, didaktikadagi yangiliklarni o‘zlashtirib, unga ilmiy jihatdan
yondashadi. O‘tgan asrning so‘nggi yillarida
kirib kelgan kompyuter
imkoniyatlarini o‘qib-o‘rganib, uning chizma geometriya va chizmachilik fanlariga
tatbiqini ishlab chiqishga harakat qildi. Zamonaviy fanlardan hisoblangan
“Kompyuter grafikasi” fanini tezda o‘zlashtirib,
Respublikamizdagi yetuk
mutaxassislardan biriga aylandi. Kompyuter grafikasi fanidan o‘zbek tilida bir
qator o‘quv qo‘llanma va elektron adabiyotlar yaratdi.
Ustozning
xarakterli
jihatlaridan
biri
uning
tinib-tinchimasligi,
mehnatkashligi va, asosiysi, yoshlarga, shogirdlariga jonkuyarligidir. Shu ma’noda
T. Rixsiboyev o‘z shogirdlari bilan hammualliflikda 30dan ortiq ilmiy ishlar nashr
ettirdi. Ustoz shogirdlari bilan axborot hamda kompyuter
texnologiyalarining
ta’lim jarayoniga tatbig‘i yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlarini olib
bormoqda. Jumladan, bu borada “Muhandislik grafikasi fanlarining ba’zi
muammolari va ularning evristik yechimlari” (Toshkent, 2009)
monografiyasi
tayyorlandi va nashr qilindi. Shuningdek, chizmachilikni o‘qitishda o‘quvchi va
talabalarning chizmachilikdan qiyin o‘zlashtiradigan mavzularini qulaylashtirishga
qaratilgan “Texnik chizmachilik”, multimediali elektron o‘quv qo‘llanmasini
(O‘zbekiston Respublikasi Patent idorasining guvohnomasi №DGU 02297. 27.08.
2011-yil, 24 mb) tayyorlashda faol ishtirok etdi.
Ustoz talabalarning fazoviy tasavvuri va tafakkurini
rivojlantirishga
qaratilgan ko‘plab ilmiy nazariy va ilmiy metodik maqolalar yozgan. Bundan