Бегимқулов У. Ш.
Педагогик таълим жараёнларини ахборотлаштиришни ташкил этиш
ва бошқариш назарияси ва амалиёти: пед. фан. док. ... дисс. – Тошкент, 2007. – Б. 3.
PEDAGOGIKA
2015, 6-son
32
hisoblanadi. Axborot texnologiyalarining rivojlanish darajasi, zamonaviy ta’lim
konsepsiyasi talabalarning uzluksiz tarzda mustaqil bilim olishlarini ta’minlash
mazkur texnologiyalarni takomillashtirishni talab qilmoqda. Zamonaviy axborot
texnologiyalarini ta’lim jarayonida qо‘llash uchun, birinchi navbatda, ulardan
eng samaralilarini tanlash talab etiladi.
Bugungi kunda talabalarni о‘quv jarayonining markaziga joylashtirish,
ularni shunchaki tinglovchidan faol subyektga aylantirishga qaratilgan о‘qitish
konsepsiyasi ilgari surilmoqda. Shu maqsadga erishish uchun о‘quv
dasturlarining mazmuni va о‘qitish texnologiyalari muntazam yangilanmoqda.
Kuzatishlarimiz shuni kо‘rsatadiki, har bir talaba pedagogika turkum
fanlariga nisbatan о‘zining individual yondashuviga ega. Individual о‘qitish
jarayoni professor-о‘qituvchilarga talabalarning о‘quv-biluv faoliyatlarini
vizuallashtirish imkonini beradi. Jumladan, multimedia texnologiyalarining
muhim jihati shundaki, ularda turli darajadagi axborotlar integrallashgan holda
ifodalanadi. An’anaviy о‘qitish jarayonida bо‘lgani kabi noan’anaviy ta’lim
jarayonida matnlar, jadvallar, illustratsiyalar bilan bir qatorda, talabalarni faol
rivojlantirish xarakteriga ega bо‘lgan nutq vositalari, musiqa, turli animatsiyalar
о‘z ifodasini topadi. Shu о‘rinda muhim ahamiyatga ega bо‘lgan yо‘nalishlardan
yana biri multimedia vositalarida audio hamda vizual axborotlarning parallel
tarzda talabalarga taqdim etilishidir. Mazkur texnologiya yordamida talabalar
AKT bilan о‘zaro muloqotga kirishishlarining yangi darajasi namoyon bо‘ladi.
AKTdan foydalanuvchi talabalar bir obyektdan ikkinchisiga о‘tish, savollar
tartibini idrok etish imkoniyatiga ega bо‘ladi.
Talabalarni faollikka, kreativ fikrlashga undaydigan texnologiyalardan yana
biri giper mediatexnologiyalardir. Ular multimedia bilan kо‘plab о‘xshash
jihatlarga ega. Shu bilan bir qatorda, saqlanayotgan axborotlarning nomuntazam
ifodalanishini ham anglatadi. Mazkur texnologiya matn ustida ishlashda bir qator
qulaylikka ega bо‘lib, tayanch ifodalarni osongina ajratish imkonini beradi. Ular
jumlasiga sо‘zlar, iboralar, ifodalar hamda ular orasidagi yaxlitlikni ta’minlovchi
biriktiruvchilarni kiritish mumkin.
Proyektorda namoyish qilinadigan ma’ruzalar bugungi kunda interfaol
о‘qitish jarayoniga muayyan darajada tatbiq etilmoqda. Interfaol о‘qitish
jarayonida teskari aloqani yо‘lga qо‘yish orqali interfaol texnologiyalarni
muvofiqlashtirish professor-о‘qituvchilarga talabalar uchun individual, betakror
ta’lim yо‘nalishini tashkil etish imkonini beradi. Zero, mazkur yо‘nalishlar
bо‘yicha talabalarning rivojlanishi individual xarakter kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |