PEDAGOGIKA
2015, 2-son
124
metodlariga bag‘ishlangan ikkita ilmiy maqolasi o‘sha davrdagi eng nufuzli
ilmiy nashrlar O‘zFADda, uchta ilmiy maqolasi O‘zFAAda chop qilindi. Ushbu
ilmiy maqolalarda taniqli matematik olimlar Y.E. Borovskiy, D. Petrovanu va
I.S. Arjanix tomonidan ishlab chiqilgan Pfaff tenglamalar sistemasini
integrallashning mavjud metodlari takomillashtirilgan va yangilari yaratilgan edi.
Ushbu ilmiy maqolalar atrofida vujudga kelgan ilmiy-ijodiy iliq fikrlar 1963-
yilda Muhammadjon Saydamatovning O‘zFA fizika-matematika fanlari
bo‘limining birlashgan ilmiy kengashida “Pfaff integrallashtirgan tenglamalar
nazariyasiga doir” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi himoyasining katta
muvaffaqiyatlar bilan o‘tishida asosiy omillardan biri bo‘ldi.
1963-yil sentabr oyida TDPI rektori Sh.Sh. Abdullayevning tavsiyasi bilan
fizika-matematika fanlari nomzodi Muhammadjon Saydamatov yakdillik bilan
fakultet dekani lavozimiga saylandi. U dekanlik faoliyatining dastlabki
davridayoq fakultet professor-o‘qituvchilarining ilmiy-pedagogik salohiyatini
ko‘tarish orqali ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga alohida
e’tibor qaratdi. Qisqa muddatda fakultet tasarrufidagi kafedralarning ToshDU,
SamDU, O‘zFAning Matematika instituti, viloyat pedagogika institutlarining
turdosh kafedralari bilan mavjud bo‘lgan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada
mustahkamlash bo‘yicha ko‘pgina ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Muhammadjon Saydamatov “Matematik analiz” kafedrasining mudiri
P.P. Loginov bilan hamkorlikda Yevropaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari –
M. Lomonosov nomidagi MDU, T. Shevchenko nomidagi KDU, Sankt-
Peterburg DU, Kishinyov DU bilan ilmiy hamkorik aloqalarini o‘rnatdi. Turli
davrlarda Kiev DU “Oliy geometriya” kafedrasining mudiri professor
Kovantsov, Moskva DU professorlari P.E. Elsgolts, Y.M. Smirnov,
V.I. Ponomoryov talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun matematikaning eng
so‘nggi yutuqlari bo‘yicha maxsus kurslar o‘qidi.
“Matematika” kafedrasidagi iqtidorli yosh o‘qituvchilarni yuqoridagi oliy
ta’lim muassasalari aspiranturasi va doktoranturasiga safarbar qildi.
O‘tgan asrning 70-yillarida fizika-matematika fakulteti professor-
o‘qituvchilari jamoasi o‘zining ilmiy-pedagogik salohiyati bo‘yicha
respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlarining turdosh fakultetlari orasida Toshkent
va Samarqand universitetlaridan keyingi uchinchi marrani, pedagogika
institutlari orasida esa, haqli ravishda, yetakchi fakultet mavqeini egalladi.
Muhammadjon Saydamatov “Matematik analiz” kafedrasi va dekanatdagi
ko‘p qirrali faoliyat bilan qanchalik band bo‘lmasin qaramasdan ilmiy
izlanishlardan to‘xtamadi. Professor I.S. Arjanixning Matematika institutidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |