PEDAGOGIKA
2015, 2-son
120
bilan yaqin hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borib, yuksak ilmiy natijalarni
qo‘lga kiritgan.
1981-yilda Toshkent davlat pedagogika institutiga qaytib, 1986-yilga qadar
“Mehnat ta’limi metodikasi” kafedrasi mudiri lavozimida o‘z faoliyatini davom
ettirgan.
1983-yilda Moskva davlat pedagogika institutida “Pedagogik ta’lim
tarixida muhandis-pedagoglar tayyorlash nazariyasi va amaliyoti” mavzusida
doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari doktori ilmiy
darajasiga, 1984-yilda professor ilmiy unvoniga erishgan.
Usmonali Nishonaliyev 1986-1990-yillarda Jizzax davlat pedagogika
instituti rektori lavozimida faoliyat ko‘rsatib, mazkur ilmiy dargohni yangi
taraqqiyot darajasiga chiqarishga o‘z hissasini qo‘shgan.
1990-1998-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti “Muhandislik
psixologiyasi” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
1998-2000-yillarda O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot
institutida ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan
davrida u ilmiy-pedagogik faoliyatining eng yuksak cho‘qqilarini zabt etgan. Bu
davrda Usmonali Nishonaliyev salohiyatli olim, tashabbuskor va jonkuyar rahbar
sifatida institut jamoasi orasida katta obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan. O‘tkir
salohiyatga ega bo‘lgan pedagog olim sifatida nisbatan qisqa muddat ichida
“Pedagogika fani konsepsiyasi”, “Yangi pedagogik texnologiyalarning nazariy
asoslari”, “Reyting texnologiyasi asoslari”ni yaratish bilan bog‘liq dolzarb
fundamental ilmiy yo‘nalishlarga, umumiy o‘rta ta’lim standartlari va o‘quv
dasturlarini yaratish hamda ularni umumta’lim maktablarida sinovdan o‘tkazish
ishlariga rahbarlik qildi, “Pedagogika kursi” darsligini yaratdi.
Olim ushbu ishlarida Markaziy Osiyoda ta’lim nazariyasining shakllanshi
holatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qat’iy munosabat bildirib: “Markaziy Osiyoga ta’lim
nazariyasi qaydan kelgan? Ovro‘padanmi? Rossiyadanmi? Tarixiy manbalarga
asoslanib shuni aytish mumkinki, ta’lim nazariyasini ta’lim-tarbiya mazmuni,
shakli va uslublarining asosiy jihatlari Sharqda ishlab chiqilib, Ovropa orqali
o‘zgarib, rivojlanib, sayqal topib yana Markaziy Osiyoga qaytib keldi”, – deb
uqtiradi
1
. Mualliflar ushbu fikrlarini ilgari surishda Sharq ilk uyg‘onish davri
allomalari (Forobiy, ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy kabilar)ning ilmiy asarlari
chuqur amaliy ahamiyatga ega bo‘lgani, “qomusiy olimlar asarlari lotin tilida
o‘rta asr Ovropa universitetlarida o‘quv qo‘llanma sifatida foydalanilgani aniq”
ekanligi, ispan pedagogi Gundisalva (XII asr) “Falsafaning bo‘linishi” asarida
1
Do'stlaringiz bilan baham: |