Pedagogika 015, 2-son Muassis: Nizomiy


UNIVERSITETNING TAMAL TOSHINI QO‘YGANLAR



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/134
Sana25.02.2022
Hajmi1,88 Mb.
#286749
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   134
Bog'liq
2015.2-son.-tayyor-16.04.15.

UNIVERSITETNING TAMAL TOSHINI QO‘YGANLAR 


PEDAGOGIKA
2015, 2-son
 
 
119 
o‘z kasbini sevib ardoqlashi kichik Usmonaliga chuqur ta’sir ko‘rsatgani sababli 
unda o‘qituvchilikka chin dildan havas uyg‘ongan. Maktabni bitirgach
o‘qituvchilik kasbiga havas uni pedagogika oliy o‘quv yurtiga yetaklagan. 
Usmonali Nishonaliyev 1959-1964-yillarda Toshkent davlat pedagogika 
instituti muhandislik-pedagogika fakultetida tahsil olib, umumtexnika fanlari va 
mehnat o‘qituvchisi mutaxassisligini egallagan. Talabalik davrida u o‘zining 
bilimga chanqoqligi, faolligi, o‘tkir zakovatli va yuksak e’tiqodli talabaligi bilan 
tengdoshlaridan ajralib turgan. Talabalar va institut professor-o‘qituvchilari 
ishtirokida o‘tgan nufuzli ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etib, pedagogika 
ilmiga va mutaxassisligiga oid fanlar sohasidagi iqtidori bilan ustozlarining 
e’tiboriga tushgan.
Institutni tugatgach, 1964-1966-yillarda Yangiyo‘l shahridagi 4-maktabda 
fizika fanidan dars bergan. 1966-1967-yillarda harbiy hizmatni o‘tab kelgach, 
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika instituti aspiranturasida 
tahsil olib, institut ilmiy xodimi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Yosh va zakovatli 
olim ilk yutuqlarni qo‘lga kiritib, paxta terish mashinalari shpindelini 
takomillashtirish yuzasidan amalga oshirgan ixtirolari uchun 3 ta davlat patentiga 
sazovar bo‘lgan. Ushbu ixtirolarning qishloq xo‘jaligi mashinasozligini taraqqiy 
ettirishdagi ahamiyatini e’tirof etgan holda, istiqboli porloq olim “Xizmat 
ko‘rsatgan ixtirochi” unvoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, ushbu davrda 
Usmonali Nishonaliyev tomonidan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
muassasalari uchun “Qishloq xo‘jaligi” darsligi tayyorlanib, nashr ettirilgan. 
Bularning barchasi yosh olimning chuqur va sermahsul mehnatining natijasi 
sifatida e’tirof etib kelinmoqda. 
1972-yilda texnika fanlari doktori, professor Halim Haydarovich 
Usmonxodjayevning ilmiy rahbarligida O‘zFA O‘rta Osiyo O‘simlikshunoslik 
ilmiy tadqiqot institutida “Кинематика захватывающего элемента шпинделя 
хлопкоуборочной машины” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya 
qilib, texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. 
1970-1972- yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti dotsenti, 1972-
1976-yillarda “Ishlab chiqarish asoslari” kafedrasi mudiri, 1976-1980-yillarda 
umumtexnika fanlari va mehnat fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat 
ko‘rsatgan. 1978-yilda esa dotsent ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan.
Salohiyatli olim 1980-yilda doktorlik dissertatsiyasi yuzasidan ilmiy 
izlanishlarini davom ettirish maqsadida Moskva davlat pedagogika institutida 
katta ilmiy xodim lavozimida ishlay boshlagan. U. Nishonaliyev ushbu davrdan 
boshlab so‘nggi kunlariga qadar jahon pedagogika ilmining S.Y. Batishev,
A. Slastenin, P.R. Atutov, Y.K. Vasilyev, V.P. Bespalko kabi mashhur darg‘alari 



Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish