PEDAGOGIKA
2015, 2-son
85
qator asoslar mavjud. Bu bevosita insoniyatning tarixiy tajribasini o‘rganish,
hayot mantig‘ini anglash bilan bog‘liq bo‘lgan serqirra va murakkab jarayondir.
Aynan tarixiy tajriba ijtimoiy dunyoning o‘quvchi tomonidan ma’naviy,
ma’rifiy, ruhiy, amaliy o‘zlashtirilishi va bilishni yangi bosqichga ko‘taradi.
Natijada o‘quvchida nafaqat bilimlar, balki qadriyatlar haqidagi tasavvurlar ham
o‘ziga xos tarzda shakllana boshlaydi. O‘quvchilarda o‘tmishni anglashga doir
bilimlar va qadriyatlar bevosita tarixiy hodisalarni kuzatish, ularni tahlil etish va
zarur xulosalar chiqarish natijasida yuzaga keladi. Tarixiy tajriba, tarixiy
jarayonlardan chiqariladigan xulosalar faqatgina bilimlar va qadriyatlarning
tayyor andozasini o‘zida ifoda etibgina qolmay, shu bilan birga, o‘quvchilar
tomonidan dunyoni amaliy o‘zlashtirish jarayonida ma’naviy qudrat vazifasini
bajaradi. Natijada o‘quvchilarda demokratik jamiyat fuqarosi uchun xos bo‘lgan
yaratuvchanlik, bunyodkorlik fazilatlari rivojalanadi, aniqrog‘i tarixiy tajriba ana
shunday sifatlarni rivojlantirish uchun ruhlantiruvchi, ilhomlantiruvchi, da’vat
etuvchi vosita rolini bajaradi.
O‘quvchining tarixiy tajribani o‘zlashtirishida o‘sha davr bilan
muloqot(dialog)ga kirisha olish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchi tarixiy
voqelik bilan tanishish jarayonida quyidagi savollarga javob izlaydi: “Nima
uchun shunday holat yuzaga keldi?”, “Mazkur jarayonning yuzaga kelishi
sabablari nimada?”, “Tarixiy voqealar rivojini qanday tarzda o‘zgartirish
mumkin edi?”, “Men o‘sha voqelikning ishtirokchisi bo‘lganimda qanday yo‘l
tutgan bo‘lar edim?”, “Mazkur vaziyatda odamlarga qanday yordam berishim
mumkin?” va boshqalar.
Umumjahon tarixini o‘rganish, umuminsoniyat o‘tmishini tahlil etish
orqali o‘quvchida inson haqidagi tushunchalar boyiydi, inson faoliyati, uning
imkoniyatlari xususidagi xulosalari kengayishiga yordam beradi.
O‘tmishda bo‘lgan har bir hodisa ma’lum ma’naviy-ruhiy, ijtimoiy-siyosiy
muhit ta’sirida yuz berganligi sababli o‘quvchi uni o‘rganganda har bir davrning
o‘ziga xos shukuhi, tashvishlari, sevinch, iztiroblarini yaxlit ko‘ra olishi lozim.
Ana shunda tarix o‘quvchi ongi va shuuriga mustahkamroq o‘rnashib, uni
fikrlashga, o‘tmishni idrok etib, kelajakni aql yo‘rig‘i bilan belgilay olishiga
yordam beradi. Natijada o‘quvchida o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini
rivojlantirish, o‘zaro ishonch va o‘zaro bir-birini tushunish kabi sifatlar
rivojlanadi.
Umuman olganda, falsafiy-antropologik yondashuv konkret metodologik
asoslarga ega bo‘lib, mazkur yondashuv asosida tarixni o‘zlashtirish natijasida
o‘quvchi shaxsida o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini
tarbiyalash ko‘nikma va malakalari tarkib topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |