PEDAGOGIKA
2015, 2-son
82
1) milliy hudud, madaniy yashash sharoitlari, iqtisodiy asos va ijtimoiy
rivojlanish bilan bog‘liq hodisalar;
2) millatning tabiiy betakrorligi, o‘ziga xosligi, tarixiy o‘zgaruvchanligi va
ijtimoiy rang-barangligi;
3) millat tarixi, o‘tmishi;
4) urf-odatlar, an’analar, marosimlar, yashash tarzi, ma’naviy merosidagi
milliy o‘ziga xosliklar;
5) milliy til, milliy madaniyat va ma’naviy tuyg‘ular, g‘oyalar hamda
milliy mafkuralar.
Falsafiy-antropologik
yondashuvning
mohiyatini
ochib
beruvchi
tushunchalardan yana biri – hayot falsafasi keng ma’noda hayotning mazmuni,
maqsadi, qadr-qimmatini talqin etishga xizmat qiladi. Hayot falsafasida tarix
tug‘ilishdan o‘limgacha bo‘ladigan biologik davriylikka o‘xshash jarayonlarni
boshidan kechiradigan noyob va takrorlanmas “madaniy organizmlar” sifatida
namoyon bo‘ladi. Ya’ni, tarixiy jarayon “taqdir”ga bo‘ysunadi, tabiat bundan
mustasno, chunki unda sababiylik qonuni hukmrondir
1
.
Aynan mazkur tushuncha mohiyatini o‘quvchilar tomonidan anglanishi
uchun ularda hayotning mohiyatini uning o‘zidan anglab olishga intilishni
rag‘batlantirish zarur. Buning uchun o‘rganilgan materiallarni takrorlash va
umumlashtirish darslarida o‘quvchilar tarixiy davrlar bilan bog‘liqlikda
hayotning ichki mohiyatini hissiy kechinmalar tarzida idrok etishlari kerak
bo‘ladi. Masalan, o‘quvchilar turk hoqonligi tarixini o‘rganish jarayonida ushbu
davrdagi hayot falsafasining tub mohiyatini, bir tomondan, qahramonlik va
jasorat ko‘rsatish orqali turk xalqini tabg‘ach xonligiga qaram bo‘lib qolishdan
asrash, ikkinchi tomondan, mamlakatni rivojlantirish uchun boshqa xalqlar va
elatlar bilan integratsiyalashuv, ya’ni yaqin qo‘shnichilik aloqalarini o‘rnatish
ekanligi haqidagi xulosalar orqali anglaydi. Yoki xuddi shu davrda Yevropa
xalqlari, jumladan, franklarda dastlabki boshqaruv qoidalari joriy etilib, qirol
hokimiyatini kuchaytirish orqali istilo qilingan rim-gall aholisini idora qilish
zaruriyatini yuzaga keltirganligini mantiqan tushunib yetadi.
Falsafiy-antropologik tushuncha sifatida borliq, olam va har qanday
turdagi mavjudlikni ifoda etishga xizmat qiladi. Mazkur tushuncha o‘quvchilarda
tarixiy tafakkurni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etib, ular turli xalqlar,
sulolalarning paydo bo‘lishi, ularning qisqa yoki uzoq davr hukm surganligining
sabablarini o‘rganish orqali insoniyat tarixida nima uchun ko‘plab yo‘qotishlar,
xatoliklarga yo‘l qo‘yilganligini anglab oladi, chunki tarixiy hodisalarda
mavjudlik va yo‘qlikning dialektik birligi o‘z ifodasini topadi. Masalan, Amir
1
Фалсафа: энциклопедик луғат. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2010.
– Б. 336.
Do'stlaringiz bilan baham: |