Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Тошкент: Шарқ, 1998. – Б. 3-4.
2
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008. – Б. 30.
3
Маврулов А. Маънавий баркамол инсон тарбияси. – Тошкент: Маънавият, 2008. – Б. 34.
PEDAGOGIKA
2015, 2-son
80
alangalantiradi. U ruhimizni axloqiy masalalarga pastkashlik va bachkanalik
bilan yondashishdan saqlaydi”
1
– deydi.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib aytish mumkinki, tarixiy tafakkur ma’rifatli
jamiyat qurishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Zotan, o‘tmishni anglash,
uni to‘g‘ri tushunish orqali kishilar ruhiyatida jiddiy o‘zgarishlar yasashga, bu
orqali hayotni, turmush tarzini, oxir-oqibatda esa jamiyatni ma’naviy isloh
qilishga erishiladi.
N. Jo‘rayevning fikricha, tarixiy tafakkurni rivojlantirishning ijtimoiy
zaruriyat ekanligi quyidagi jihatlarda yorqin namoyon bo‘ladi:
birinchidan, tarixni anglash orqali hayotni anglash, insonning insonligini
anglash tuyg‘usi shakllanadi;
ikkinchidan, tarixiy tafakkur orqali bugungi hayot mazmuni chuqurroq
tushuniladi va kelajak falsafasi dunyoga keladi. Bu har bir insonning o‘ziga xos
tafakkur tarzini rivojlantirish orqali shaxs sifatidagi fenomenini vujudga
keltirishga, fe’l-atvorining shakllanishiga xizmat qiladi;
uchinchidan, tarixni o‘rganish orqali o‘z qadru qimmatini, o‘zligini
anglaydigan, o‘z haq-huquqini himoya qila oladigan barkamol shaxsni
rivojlantirish imkoniyati yuzaga keladi;
to‘rtinchidan, ajdodlari buyuk bo‘lgan, jahon sivilizatsiyasi va insoniyat
taraqqiyotiga juda katta hissa qo‘shgan madaniyatga daxldor fuqaroning qalbida
o‘tmishni o‘rganishi orqali milliy g‘ururning uyg‘onishi mamlakat mustaqil
taraqqiyot yo‘lini tanlagan bir paytda katta ma’naviy qudrat va ulkan iroda kuchi
bo‘lib xizmat qiladi;
beshinchidan, har bir fuqaroni ma’naviy-ruhiy va axloqiy jihatdan
yangilash orqali jamiyatni yangilash, turmush tarzini yangilash kabi g‘oyatda
chuqur, keng miqyosli islohot amalga oshiriladi
2
.
Falsafiy-antropologik yondashuv o‘zining tadqiqotchilik va tarbiyaviy
funksiyasiga ko‘ra o‘quvchining ma’naviy dunyosiga yo‘naltirilgandir. Ana shu
sababli mazkur yondashuv pedagogikadagi mavjud boshqa ilmiy yoki
gnoseologik yondashuvlardan farqli ravishda muloqot va o‘zaro bir-birini
tushunish asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni talab etadi.
Mazkur yondashuvning o‘ziga xosligi ta’lim-tarbiya jarayonining barcha
subyektlariga nafaqat dunyoqarash ko‘rinishida, balki mavjudlik usuli tarzida
qarashni talab etadi. Mazkur mavjudlik usulini, birinchi navbatda, borliqni
anglab yetish sifatida tushunish lozim. Ikkinchidan, mazkur mavjudlik usulini
1
Qarang: Янги ва энг янги давр Ғарбий Европа фалсафаси. – Тошкент: Шарқ, 2002.
– Б. 83-84.
2
Жўраев Н. Тарих фалсафасининг назарий асослари. – Тошкент: Маънавият, 2008.
– Б. 17-18.
Do'stlaringiz bilan baham: |