Mavzu: Moliyaviy boshqaruvning asosiy metodologik printsiplari, konkret metodlari va shakllari.
Yuldashev Farruxbek
Reja:
3. Moliyaviy oqimlarni boshqarish.
2. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari.
1. Moliyaviy boshqaruvning mazmuni va mohiyati.
Reja
1. Moliyaviy boshqaruvning mazmuni va mohiyati
“Boshqaruv” atamasi umumiy tarzda obyektni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida unga ongli ravishda ta’sir ko’rsatishni anglatadi.
Moliyaviy tizim doirasida moliyaviy resurslarni tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish har doim muayyan bir maqsadlarga erishishga mo’ljallangan bo’ladi.
Davlat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan moliyaviy resurslarni tashkil etish va foydalanishga qaratilgan munosabatlar tizimini boshqarishi, tartibga solishi va bu resurslardan samarali hamda oqilona foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirishi kerak. Ana shu vazifani bajarish moliyaviy boshqaruvning zimmasiga yuklatilgan.
Moliyaviy boshqaruvning asosiy metodologik prinsiplari quyidagilardan iborat:
– pirovard maqsadga bog’liqlik;
– xo’jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy muvo-zanatliligi;
– jamiyat barcha a’zolarining manfaatlariga mos kelish;
– iqtisodiy qonunlardan foydalanish;
– real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish.
Moliyaviy boshqaruvning konkret metodlari va shakllari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
– moliyaviy rejalashtirish;
– bashoratlash (prognozlashtirish);
– dasturlashtirish;
– moliyaviy tartibga solish;
– moliyaviy nazorat;
– moliyaviy qonunlarni (qonunchilikni) qabul qilish;
– moliyaviy resurslarni jalb qilish metodlari tizimi.
2. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari
Umumdavlat miqyosida moliyaviy boshqaruv tizimi quyidagi boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin:
1. Prezident;
– Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi hamda moliya, byudjet, soliq va bank masalalari bo’yicha Oliy Majlis har ikki palatasining tegishli qo’mitalari;
– Vazirlar Mahkamasi;
– Hisob palatasi;
– Moliya vazirligi va uning quyi , jumladan, G’aznachilik tizimi organlari;
– Markaziy bank;
– Davlat soliq qo’mitasi;
– Davlat bojxona qo’mitasi;
– Qimmatli qog’ozlar bo’yicha komissiya;
– Byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarining ijroiya direktsiyalari va boshqalar.
3. Moliyaviy oqimlarni boshqarish
Korxonalarning jamg’armalari, daromadlari hamda markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonidagi pul mablag’larining miqdoriy va sifat jihatidan harakatiga moliyaviy oqim deyiladi.
Moliyaviy oqimlarning hajmi ular asosida shakllanishi lozim bo’lgan moliyaviy resurslar fondlarining o’lchamiga bog’liq. Mamlakatning iqtisodiy qudrati qancha kuchli bo’lsa, uning o’sishiga xizmat qiluvchi moliyaviy resurslar fondi va moliyaviy oqimlar hajmi shuncha katta bo’ladi.
Moliyaviy oqimlarning sifat jihatdan tavsifnomasi ular shakllantiruvchi moliyaviy resurslar fondining nimaga mo’ljallanganligi bilan bevosita bog’liq. Shuning uchun ham ularni boshqarish metodlari ham turlichadir. O‘zining sifat mazmuniga ko’ra quyidagilarni farqlash maqsadga muvofiq:
– byudjetli-soliqli moliyaviy oqimlar - barcha dara-jalardagi byudjetlarning mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladi;
– tijorat (tijoriy) moliyaviy oqimlari – tadbirkorlik xo’jalik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi;
– nobyudjet moliyaviy oqimlar – notijorat tashkilotlarining fondlarini shakllantiradi.
Moliyaviy oqimlarni boshqarishning funksiyalari quyidagilardan iborat:
– qonunchilik – Oliy Majlisning vakolatida;
– nazoratchilik (tartibga soluvchanlik) – Hisob palatasi va mamlakatning boshqa nazorat organlari (Moliya vazirligi, soliq va bojxona qo’mitalari va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi;
– boshqaruvchanlik – korxona va korxonalar, banklar, soliq organlari, G’aznachilik apparati va Moliya vazirligining hisob-kitob-kassa va boshqa xizmatlarining vakolatida;
– nazorat-kuzatuv – korxonalarning moliyaviy jihatdan kasodga uchraganligigi to’g’risidagi ishlarni ko’radigan va bu holda moliyaviy oqimlar ustidan nazoratni amalga oshiruvchi arbitrajlik sudlari tomonidan bajariladi.
Moliyaviy oqimlar ritmining buzilishi resurslarning doiraviy aylanishi va daromad-larning olinishida uzilishlarning bo’lishiga, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatda keskin yo’qotmalarning bo’lishiga olib keladi. Moliyaviy oqimning samaradorligini quyidagicha aniqlash mumkin:
Makrodarajada moliyaviy ahvolni xarakterlaydigan quyidagi bir necha ko’rsatkichlar mavjud:
– bir ishlovchi to’g’ri keladigan ishlab chiqarilgan YaIMning miqdori;
– inflyatsiya darajasi va dinamikasi;
– davlat byudjetining ahvoli (defitsit, profitsit);
– oltin-valyuta zaxiralarining miqdori va dinamikasi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT