Pedagog mehnatni ilmiy asosda tashkil etish tamoyillari;
Mehnat sharoiti, kun tartibi kompleks tushuncha. Unda 0 ‘qituvchining mehnat qilayotgan joyi, aniq vaziyatlar e’tiborga olinib quyidagi tamoyillar asosida takomillashtirilib boriladi.Pedagogik mehnatning samaradorligi, maqsadi va faoliyat vazifasiga ko‘ra aniq bir yo‘nalishni belgilash o‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishning birinchi tamoyilidir. Ikkinchi tamoyil mutaxassislikka oid bilimlarni chuqur o'zlashtirib qizgin pedagogik faoliyat uslubini belgilash. Uchinchi tamoyil pedagogik mehnatni ilmiy asosda tashkil etishda axborot va kompyuter texnologiyalari vositalaridan samarali foydalanishni mukammal bilish tushuniladi. Bunda ko'nikma va malakalami shakllantirishga xizmat qiladigan pedagogik texnologiyalar ham e’tiborga olinadi. To'rtinchi tamoyil ta’lim-tarbiya birligini ta’minlagan holda pedagogik faoliyatni rejalashtirish. Ushbu tamoyil reja asosida taiim-tarbiyaviy faoliyatni tartibga solish, uning modelini yaratish, tayanch tizimlarni topish kabi masalalardan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |