Педагогик конфлектология фанидан оралиқ назорати топшириқлари


- mavzu: Pedagogik konfliktlarni hal etish yo’llari va usullari



Download 0,8 Mb.
bet56/58
Sana16.04.2022
Hajmi0,8 Mb.
#556975
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
Pedagogik konfliktologiya fanidan maruzalari matni

20- mavzu: Pedagogik konfliktlarni hal etish yo’llari va usullari
Pedagogik konfliktologiya fani hozirgi kunda barcha oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida olib borilmoqda. Konfliktologiya fani o’quv fani sifatida etakchi o’rinni egallaydi.
Pedagogik konfliktologiya bu o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi ziddiyatlarini o’rganuvchi fandir. Zamonaviy sharoitda pedagogik konfliktologiyaning o’qitilishi o’qituvchining pedagogik madaniyatini rivojlantiradi. Pedagogik konfliktlar deganda biz o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi ta’lim jarayonida kuzatiladigan ziddiyatlar, tortishuvlar kelishmoqchmiliklar, qarama-qarshiliklarni tushunamiz. Pedagog har tomonlama o’quvchilarga bilimlarini berishi uchun avvolo o’zi tarbiyalanishi lozimdir. O’qituvchi tarbiyani aqliy, axloqiy ma’naviy estetik, jismoniy, ruhiy mehnatsevarlik, tejamkorlik turlari bilan birga bilimni o’quvchilarga etkazishi berishi uchun chiroyli nutqda ega bo’lishi o’rinlidir. Pedagog o’z mutaxassisligini puxta egallashi keng bilim doirasiga ega bo’lishi ta’lim jarayonini olib borayotgan paitdata’limni hayot bilan bog’lashi lozimdir. O’qituvchining pedagogik mahorati, qobiliyati asosan sinf auditoriya mashg’ulotlari, konferentsiyalar jonli ma’ruzalarni tushuntirishida yaqqol ko’zga tashlanadi. O’qituvchi ta’lim tarbiya jarayonini o’rgatish bilan birgalikda, tinglovchilarni ham jonli muloqotga chorlay olishi, tinglovchilarni mustaqil fikrlarini tinglay olishi, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi samimiy munosabtni ochiq ko’ngillilikni, mehr-oqibatni, hurmat-izzat asosiy maqsadga erishish uchun hamkorlik lozim. Pedagog guruh bilan ishlashda guruhdagi har bir o’quvchini temperamenti, xarakter qobiliyati, ruhiyati, oilaviy muhiti, hulq-atvorini, bilim saviyasini o’rganib, shunga qarab har bir o’quvchiga qanday yondashishni o’rganishi lozimdir. Bir guruhda 32 ta tinglovchi o’qiydigan bo’lsa har bir bolani xarakteri jihatidan farqli tomonlarini ko’rishimiz mumkin. Jamiyatda yashovchi shaxslarimiz tashqi ko’rinishlaridan gavdasini tuzilishi, ozg’in semizligi yoki boshqa belgilari yuz tuzilishlari bilan o’xshishi mumkin, lekin xarakterlari jihatdan keskin farqlanadi. Olimlarimiz o’z tajribalarida shuni aniqladiki bitta tuxumda rivojlangan egizaklarimiz ham tashqi ko’rinishdan bir-birlariga juda o’xshasalarda lekin xarakter xususiyatlariga ko’ra farqlanadi. Masalan, biri qiziqqon ko’p narsalarni o’zlashtirishga harakat qilishi kirishuvchanligi bilan farqlansa ikkinchisi tabiatan og’ir suragan savolaga javob beruvchi bo’lishi mumkin. Endi guruh misolida to’xtalar ekanmiz, har bir guruhda iqtidorli, talantli qiziquvchan yoshlar bilan bir qatorda layoqatsiz qobiliyati jihatidan sust, yoki tabiatan og’ir kamgap va serjahl qiziqquvchan o’quvchilar ham buladi. Guruh rahbarining asosiy vazifasi har tomonlama etuk barkamol shaxslarni tarbiyalashda yangi kadrlarni tarbiyalab berishdir. Pedagog o’quvchilar bilan ishlash jarayonida ularga yakka individual yoki kompleks holatlarida yondashmog’i lozimdir. Sinf yoki aiditoriyalardagi dars jarayoniga e’tiborimizni qaratsa, ayrim tinglovchilar berilayotgan ma’lumotni birdaniga o’zlashtira olmaydilar, bunday hollarda albatta pedagog ta’lim jarayonida individuallikka tayanishi mumkin.
Sinf rahbarining kompleks yondashishi pedagog o’z navbatida ota-onalari bilan hamkorlikda bo’lishi, ko’proq ota-onalar bilan muloqotda bo’lib, sinf majlislarida echilayotgan masalalarni ota-onalarni ham fikrlarini inobatga olishi lozimdi. Agar o’qituvchi tomonidan yuqoridagi fikrlarga e’tibor qaratilsa, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi konflikt paydo bo’lishibartarf etiladi. O’quvchi ham o’qituvchiga nisbatan samimiy munosabatda bo’lishi, hurmatini joyiga qo’yishi kerak. O’qituvchi va o’quvchi o’rtasida ma’lum bir masofa kontakt bo’lishi lozimdir. Hozirgi kunda ta’lim muassasalarida kontakt masofani yo’qolib ketayotganligini ko’rishimiz mumkin.
Konfliktologiya fani pedagogika, psixoloya, valelogiya, umumiy pedagogika, ma’naviyat va sotsiologiya fanlari bilan bevosita bog’liq va shu fanlar bilan birgalikda hamkorlikda ish olib boradi va o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalaydi. Pedagogika fani ta’lim va tarbiya jarayonida o’rganadi. SHunday ekan bevosita biz konfliktologiya fani orqali ta’lim tarbiya jarayonidagi o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi munosabatlarini ziddiyatlarni o’rganamiz. Konfliktologiya pedagogika fanlari bir-birini to’ldirib boradi. Psixologiya kursida biz psixik jarayonlar psixologik holatlar shaxsning individual xususiyatlarini o’rganadi. Pedagog psixoloiya kursini mukammal darajada o’zlashtirgan bo’lsa, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi konfliktlar mutloqa bartaraf etilar edi. Xulosa qilib aytganda konfliktlogiya shu fanlar bilan birgalikda o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi munosabatlarini muloqot jarayonida bir-birlarini tushunishlari idrok qilishlarini o’rganadi. Dars jarayonini samarali olib borilishi o’quvchilar o’qituvchini mavzu yuzasidan tinglovchilarni erkin fikrlarni o’qituvchi tinchlay olishidir.
Konflikt hozirgi zamonga eng ko’p darajada xos bo’lgan tushunchadir.
Ijtimoiy konfliktlar kundalik hayotimizda real voqelikka aylandi. Turli mamlakatlarda shaxtyorlarning ish tashlashlari, siyosiy rahbarlar va partiyalarning o’zaro kurashi, millatlararo va hududiy nifoqlar, jinoyatchilik dunyosidagi «echimlar» deyarli doim odamlarni o’ylantirib qo’ymoqda, davlat va jamiyat hayotida butunlay yangi muammolarni yuzaga keltirmoqda. Kishilar konfliktlar bilan tinimsiz «kurash olib boradilar», biroq ular kamaymay, balki ortib bormoqda. Ro’y berayotgan iqtisodiy, siyosiy va huquqiy institutlarning qayta tashkil etilishi turli-tuman konfliktlarning avj olish tendentsiyalarining o’zgarishiga hozircha jiddiy ta’sir ko’rsatgani yo’q.
Buyuk Britaniyalik konfliktolog tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, «Hozirda konfliktlarni hal qilishga ko’p kuch-g’ayrat sarflanmoqda. XX asr 80-yillarining oxiriga qadar bo’lib o’tgan urushlarning aksariyati mamlakatlar o’rtasida yuz bergan. Endilikda urushlarning ko’pchiligi fuqarolik va o’zaro urushlar bo’lib, qurbonlarning ko’pi tinch aholiga to’g’ri keladi. Ayni paytda ko’pincha erkaklar nobud bo’ladi, «bedarak yo’qoladi» yoki harbiy harakatlarda qatnashishga majbur bo’ladilar, ayollar, keksalar va bolalar ko’chib yurishga yoki qochoq bo’lishga majbur bo’ladilar.
Ko’pchilik bu holatni dunyoda «bipolyar» tartib inqirozidan so’ng sovuq urushning tugashi hamda millatchilik va etnik o’z-o’zini anglashning tug’ilishi bilan tushuntiradilar. Sobiq Sovet Ittifoqi ta’sirining yo’qolishi ham kapitalizmning mavqeini ortishiga olib keldi, bu esa kishilarning demokratik jamiyatlar va iqtisodiy tizimlarni qurish yo’lidagi intilishlariga o’z ta’sirini ko’rsatdi.
Keyingi vaqtda Butun jahon banki va Xalqaro valuta jamg’armasi kabi xalqaro moliya institutlari ham qashshoq, ham boy mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida hal qiluvchi rol o’ynay boshladilar. Iqtisodning erkinlashuvi ko’pincha bu mamlakatlar ichkarisida ziddiyatlar va konfliktlarni chuqurlashtirdi. Ichki konfliktlar sonining ortishi ularning globallashuvi bilan birgalikda ularni alohida buyuk davlatlar nazoratidan chiqib ketishiga olib keldi, shuningdek, harbiy diktatura, siyosiy korruptsiya va iqtisodning kriminallashuvi kabi o’zaro bog’liq tendentsiyalar chuqurlashuvining natijasi bo’lib qoldi.
Bunga javoban majburiy konfliktlarni kamaytirish uchun ko’pgina amaliy va tadqiqotchilik tashabbuslari paydo bo’ldi. Hukumatlar ham, fuqarolik jamiyati ham ko’p sohalarda taraqqiyotga halaqit beruvchi yoki uni umuman to’xtatib qo’yuvchi muammolarning echimini topishga urina boshladi. YAngi tadqiqotlar paydo bo’ldi va yangi atamalarni ishlab chiqish yuzasidan ishlar olib borildi”.


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish