Pedagog xodimlarning huquq va majburiyatlari. So‘nggi yillarda mamlakatimizda o‘qituvchining maqomini oshirish va uni huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yish masalasi ko‘tarildi. Negaki mustaqillikning dastlabki chorak asri mobaynida o‘qituvchilarning maqomi, obro‘si, ularga yuklatilgan ijtimoiy vazifaga (xalq ta’limi) mos kelmaydigan darajada edi. Bunga ularning mehnatiga yarasha haq to‘lamaslik, majburiy mehnatga jalb qilish, soliq va kommunal sohalarda mavjud imtiyozlarning bekor bo‘lishi, ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanmasligi sabab bo‘ldi. - So‘nggi yillarda mamlakatimizda o‘qituvchining maqomini oshirish va uni huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yish masalasi ko‘tarildi. Negaki mustaqillikning dastlabki chorak asri mobaynida o‘qituvchilarning maqomi, obro‘si, ularga yuklatilgan ijtimoiy vazifaga (xalq ta’limi) mos kelmaydigan darajada edi. Bunga ularning mehnatiga yarasha haq to‘lamaslik, majburiy mehnatga jalb qilish, soliq va kommunal sohalarda mavjud imtiyozlarning bekor bo‘lishi, ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanmasligi sabab bo‘ldi.
Keyinchalik esa qonun loyihasi “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi nom bilan almashtirilib, eng katta mas’uliyat Adliya vazirligi zimmasiga yuklatildi. O‘z navbatida, Adliya vazirligi hamda Xalq ta’limi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari hamkorligida loyiha yanada takomillashtirilib, 2020-yilning 28-noyabridan 13-dekabriga qadar muhokamaga qo‘yildi. Jamoatchilik tomonidan yana 725 ta taklif bildirildi. - Keyinchalik esa qonun loyihasi “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi nom bilan almashtirilib, eng katta mas’uliyat Adliya vazirligi zimmasiga yuklatildi. O‘z navbatida, Adliya vazirligi hamda Xalq ta’limi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari hamkorligida loyiha yanada takomillashtirilib, 2020-yilning 28-noyabridan 13-dekabriga qadar muhokamaga qo‘yildi. Jamoatchilik tomonidan yana 725 ta taklif bildirildi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, pedagog xodim tushunchasi o‘qituvchinikidan kengroq va bir vaqtning o‘zida ushbu tushunchani ham qamrab oladi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasining “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi esa barcha ta’lim turlarida band bo‘lgan xodimlarga taalluqli. Albatta, muhokamalardan so‘ng qonun loyihasidagi bir qator munozarali holatlar bartaraf etilgan. Ammo uni yanada takomillashtirish zarurati saqlanib turibdi. - Shuni alohida ta’kidlash lozimki, pedagog xodim tushunchasi o‘qituvchinikidan kengroq va bir vaqtning o‘zida ushbu tushunchani ham qamrab oladi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasining “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi esa barcha ta’lim turlarida band bo‘lgan xodimlarga taalluqli. Albatta, muhokamalardan so‘ng qonun loyihasidagi bir qator munozarali holatlar bartaraf etilgan. Ammo uni yanada takomillashtirish zarurati saqlanib turibdi.
“Ustoz va murabbiylar – bilimlarni, urf-odat va an’analar,madaniyatimizni avloddan-avlodga yetkazadigan buyuk kuchdir.Shunday ekan, ustozga bo‘lgan yuksak ehtirom Konstitutsiyamizda o‘z ifodasini topishi zarur.Shuningdek, pedagog xodimlarning kasbiy faoliyatiga aralashish, ularning xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmasligini Konstitutsiya darajasida belgilab qo‘yish lozim.
Shavkat Mirziyoyev
Taraqqiyot strategiyasining 4-yo‘nalishida belgilangan maqsadlarga ko‘ra, o‘quv o‘rinlari sonini 2026-yil yakuniga qadar 6,4 milliongacha yetkazish, Oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta’lim sifatini oshirish aosiy vazifa sifatida qo‘yilgan. Ushbu maqsadlarga erishish birinchi navbatda pedagog xodimlarning huquqlarini, ayniqsa ularning davlat himoyasida ekanini, faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligini Konstitutsiya bilan kafolatlashni talab qiladi. - Taraqqiyot strategiyasining 4-yo‘nalishida belgilangan maqsadlarga ko‘ra, o‘quv o‘rinlari sonini 2026-yil yakuniga qadar 6,4 milliongacha yetkazish, Oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta’lim sifatini oshirish aosiy vazifa sifatida qo‘yilgan. Ushbu maqsadlarga erishish birinchi navbatda pedagog xodimlarning huquqlarini, ayniqsa ularning davlat himoyasida ekanini, faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligini Konstitutsiya bilan kafolatlashni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |