Pechat jahon-tarixi uzb 11-sinf 2018-2019 darslik



Download 5,07 Mb.
bet90/95
Sana14.02.2022
Hajmi5,07 Mb.
#448436
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95
Bog'liq
jahon tarixi 11 uzb

Qadriyatlar tizimidagi o‘zgarishlar. Ommaviy axborot vositalari- ning takomillashuvi uni kishilarning ongiga, yurish-turish va kayfiyati- ga ta’sir o‘tkazuvchi qudratli vositaga aylantirdi. XX asrning ikkin- chi yarmida sun’iy yo‘ldosh orqali teleko‘rsatuvlarni namoyish qilish, global kompyuter tarmog‘ini yaratish orqali insoniyatning ma’naviy hayotini baynalmilallashtirish uchun sharoit tug‘ildi. Shu munosa- bat bilan odamlarda savol tug‘ila boshladi: aynan qaysi qadriyatlar, g‘oyalar, timsollar, tasavvurlar endi universal xarakter kasb etadi, barcha uchun umumiy bo‘ladi? Aytish mumkinki, hozir g‘oyalar, madaniy qadriyatlarning o‘ziga xos jahon bozori paydo bo‘ldi. Unda kuchli davlatlar o‘zining siyosiy va madaniy ta’sirini ta’minlash uchun kurashmoqda.
Hamma joyda radioeshittirish va televideniyening keng tarqalishi, ko‘pchilik mamlakatlarda aholi savod darajasining o‘sishi tez foyda keltiradigan, ommaviy iste’molchiga mo‘ljallangan badiiy mahsulotlarga ehtiyojni keltirib chiqardi.
Ommaviy madaniyat nafaqat ko‘ngil ochadigan, balki ma’lum maf- kuraviy maqsadni ham ko‘zlagan ommaviy vaqtichog‘likning audio va video mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi butun boshli sanoatning paydo bo‘lishiga olib keldi. Jahonning yetakchi korporatsiyalari bunda o‘z mahsulotlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri va bilvosita reklama qilishning kuch- li imkoniyatlarini ko‘rdilar. Kino, estrada va sport «yulduzlari»ning mashhurligi ularning hayot tarzini, kiyinish uslubini, hayotiy va siyo- siy qarashlarini ko‘pchilik, ayniqsa, yoshlar taqlid qilishi uchun na- munaga aylantirdi.

So‘nggi paytda ko‘plab xalqlarning taqlid obyektiga aylangan G‘arb sivilizatsiyasi texnik va texnologik innovatsiyalar, demokratiya va in- son huquqlari kabi tushunchalar bilan birga madaniy tolerantlikning yangidan yangi jihatlarini namoyon qilmoqda. Bir qator G‘arb mam-


lakatlarida bir jinsli kishilar o‘rtasida oila qurishning qonunlashtirili- shi, urf-odatlar va dinning qarshiligiga qaramasdan, bu odatni boshqa joylarda ham ommalashtirishga urinishi ko‘pchilik tomonidan bugungi G‘arb jamiyatining ma’naviy inqirozi sifatida qaralmoqda. Shu sa- babli G‘arbning o‘zida ham ommaviy madaniyat ko‘pchilik faylasuf- lar, jamiyatshunos va madaniyatshunoslar tomonidan juda tashvishli hodisa sifatida qaralmoqda. U olamni o‘ta jo‘n qabul qilishga chor- lagani uchun intellektual buzilish manbayi sifatida ta’riflanmoqda. Olimlarning fikricha, ommaviy madaniyat shaxsning chuqur ehtiyoj- larini ro‘yobga chiqarish va amalga oshirishga qarshilik qiladi. Xulq- atvorning taqlidchilik modeli kishilarda sustkashlik, moslashuvchanlik, ya’ni dunyoni qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilishga tayyorlik psixologiyasini shakllantiradi.

Download 5,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish