PDF-faylidagi
rasmiy manba
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 623-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 25.07.2019-y., 09/19/623/3479-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq tartibotlarni soddalashtirish va kadastr xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni
qisqartirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan kiritilgan ko‘chmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-maydagi 306-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.05.2021-y., 09/21/306/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2.
Belgilansinki, ilovada qayd etilgan ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr ishini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish davlat xizmatlari qiymatidan 10 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-maydagi 306-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.05.2021-y., 09/21/306/0468-son)
3. O‘zbekiston
Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasiga takliflar kiritsin;
ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 10-iyul,
186-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son
qaroriga
ILOVA
Ko‘chmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash
TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.