Izohlar:
1. Umumiy maydonni aniqlashda barcha imoratlar va inshootlarning umumiy maydoni hisobga olinadi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 243-moddasiga binoan kadastr pasportini tayyorlash xizmatlari narxidan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) olinmaydi.
2. Quyidagi hollarda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘imlar undirilmaydi:
a) kadastr pasportini rasmiylashtirishda:
ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;
ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda
obyektning qolgan qismiga;
rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;
kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan);
b) ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda:
fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;
tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.
3. Kadastr pasportini yangilash
zarurati yuzaga kelganda, yangi tashkil qilingan (rekonstruksiya qilingan) ko‘chmas mulk obyektlari xatlovdan o‘tkaziladi va ularning narxi mazkur Nizomga muvofiq belgilanadi.
4. Yangi obyektga kadastr pasportini rasmiylashtirishda faqat kadastr pasportini shakllantirish va geokod berish uchun haq undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. I va II guruhlar nogironligi bo‘lgan shaxslar va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
6. Ushbu ilovaga muvofiq belgilangan davlat xizmatlari uchun jismoniy shaxslarga hisoblangan haq miqdorlariga quyidagi kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llaniladi:
tumanlarda (shahar
tarkibiga kiruvchi tumanlar, tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar va tuman markazi hisoblangan shaharchalar bundan mustasno) — 0,9;
borish qiyin bo‘lgan va tog‘li hududlarda — 0,8.
7. “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq dehqon xo‘jaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-sentabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 09/21/610/0899-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 28-son, 344-modda; 2017-y., 35-son, 931-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/663/1765-son, 29.12.2018-y., 09/18/1060/2405-son; 25.07.2019-y., 09/19/623/3479-son; 03.09.2020-y., 09/20/535/1247-son; 19.05.2021-y., 09/21/306/0468-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 09/21/610/0899-son, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)