25
qovurishda qovurilgan qobiqning hosil bo‘lishi, asosiy
usuldagiga nisbatan sekin
hosil bo‘ladi, shu sababli mahsulot bir xil me‘yorda qizdiriladi. To‘qroq rangdagi
qobiqni hosil qilish, taomning pishishi uchun qovurish jarayonida mahsulot vaqt -
vaqti bilan aylantirilib,
ustiga ux yog‘idan quyiladi, tuxum, qaymoq surtiladi.
Un
mahsulotlarini qovurish yopish deyiladi.
Ko‘p yog‘da (frityurda) qovurish. Yog‘ 160 - 180 S Darajagacha qizdirilib,
mahsulot to‘la ko‘miladigan holda qovuriladi. Bunda mahsulotning hamma
yuzasida bir xil qovurilgan qobiq hosil bo‘ladi. Qovurish jarayonida mahsulot yog‘
yuzida yoki yog‘ ichida tayyor holga keladi. Yog‘ ichida tayyor holga keltirilgan
mahsulot boshqasiga nisbatan ko‘p va tezroq yetiladi. Bu usulda qovurish uchun
yog‘ miqdori qovuriladigan mahsulotga nisbatan 4 - 6 marta ko‘p olinishi lozim.
Mahsulot chuqur temir tova, qozon, elektr tovada 1-5 daqiqa davomida qovuriladi.
Qovurish jarayonida mahsulot ichki qismidagi harorat 100
S gacha yetmasligi
natijasida, mahsulot xom va ichidagi mikroorganizmlar to‘la bo‘lishi mumkin.
Ochiq olovda qovurish. Mahsulot metall sixga tiqiladi yoki yog‘langan
metall setkaga joylanadi. Six yoki reshetkani tutunsiz alanga ustida qovurilib
iste‘molga tayyor holga keltiriladi.
Issiqlik manbai
hisobida ko‘mir, elektr spiral yoki maxsus elektr asboblaridan
(elektrgrill) foydalaniladi. Mahsulot bir xil qobiqda tayyor holga kelishi uchun six
aylantirib turiladi, resheyotka ichidagi mahsulot esa
ikki tomoni navbat bilan
o‘girilib o‘tiriladi.
Qovurish nur issiqligi yordamida olib boriladi.
Pista ko‘mir, kvarts dampalari, alangasiz gaz gorelkalari issiqlik manbayi
vazifasini bajaradi.
Infraqizil nur yordamida qovurish. (IM - issiqlik manbai) infraqizil nur
ishlab chiqaruvchi element ta‘siri ostida mahsulot elektr grillarda tutun chiqmagan
holda qovurilib iste‘molga tayyor holga keltiriladi. Infraqizil nur mahsulot ichiga
tez va chuqur ta‘sir
etishi natijasida, qovurish vaqti qisqaradi, yuzidagi qobiq
tezroq hosil bo‘ladi, yumshoqlik darajasi va iste‘molga tayyor mahsulot sifat
darajasi yuqori bo‘ladi.
26
Issiq ishlov berishning kombitatsiyalangan usuli - Bu usulga dimlash, yopish
va avval pishirib so‘ng qovurish jarayonlari kiradi.
Dimlash mahsulot avval yuvaki qovurilib, so‘ng
oz miqdordagi suyuqlik
yordamida ziravorlar qo‘shib, usti berkitilgan holda dimlanib, iste‘molga tayyor
holga keltiriladi. Suyuqlik hisobida qaynatma yoki
sardak ishlatiladi.
Yopish. Qovurish shkafida issiq ishlov berish yo‘li bilan mahsulotning
iste‘molga tayyor holatga kelishi va yuzida qovurilgan qobiq hosil qilinishi.
Yopish usuli bilan suzma, tuxum, baliq, go‘sht kabi xom mahsulotlar va avval issiq
ishlovdan o‘tgan bo‘tqa, makaron, go‘sht ham iste‘molga tayyorlanishi mumkin.
Mahsulotlarni
yopib taom tayyorlashda sardak, tuxum, sut qo‘shiladi. Yopish
jarayonida mahsulot ag‘darilmaydi. Yopilgan taom tayyorlangan idishda portsiyali
tova, temir likobchada tarqatiladi.
Yordamchi issiq ishlov berish usuli. Yordamchi issiq
Do'stlaringiz bilan baham: