Payvandlash tasnifi Sovuq holda payvandlash



Download 5,43 Mb.
bet1/12
Sana03.03.2022
Hajmi5,43 Mb.
#480725
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Payvand brikmalar


Payvand brikmalar
Reja:

  1. Payvandlash tasnifi

2. Sovuq holda payvandlash

3. Diffuziyali payvandlash

4. Portlatib payvandlash

5. Ultratovushli payvandlash

6. Plazmali payvandlash

7. Lazerli payvandlash

8. Elektron-nurli payvandlash

9. Kontaktli payvandlash

10. Yoy yordamida payvandlash




  1. Payvandlash tasnifi


Payvandlash — biriktirilayotgan qismlar o‘rtasida o‘zaro atom bog‘lanishini, qisman yoki umuman, qizdirib va plastik deformatsiyalab yoki ikkala usulni birgalikda qo‘llab, ajralmaydigan birikma hosil qilish jarayonidir. Payvandlashda biriktirilayotgan qismlar o‘rtasida qattiq jism yoki suyuqliklar atomi, ionlari va molekulalar uchun xarakterli bo‘lgan bog‘lanish o‘rnatiladi. Elementar zarracha va molekulalarning bog‘lanishi kovalentli, ionli, molekular va metalli bo‘lishi mumkin.
Kovalentli va ionli bog‘lanish tabiatan kimyoviy bog‘lanish bo‘lib, metallarni metall bilan payvandlashda hosil bo‘ladi. Molekular bog‘lanish bo‘shroq bo‘lib, plastmassalarni payvandlashda hosil bo‘ladi. Metalli bog‘lanish kristall jismlar uchun xarakterli bo‘lib, u metallarni payvandlashda hosil bo‘ladi. Ikkita qattiq jismni biriktirish va bir butun ajralmas jism olish uchun ularning atomlari orasida bog‘lanishni o‘rnatish kerak. Metalli bog‘lanishni hosil qilish uchun ularning atomlarini kristallanish panjarasi parametriga teng masofaga keltirish kerak. Bunga metallning o‘ta qattiqligi, yuzasining notekisligi, har xil gazlar va iflosliklarning borligi xalaqit berishi mumkin.
Metall yuzasiga tashqi bosim berib deformatsiyalanganda, yuza g‘adir-budurligi tekislanadi, yuza har xil oksidlanish va iflosliklardan tozalanadi, natijada, atomlar o‘zaro bog‘lanib, payvandlanish hosil bo‘ladi.
Payvandlashni tasniflash uchun quyidagi belgilar olingan: fizikaviy, texnikaviy, texnologik.
Fizikaviy belgisi bo‘yicha payvandlash uchta sinfga bo‘linadi: termik, termomexanik, mexanik. Termik sinfga elektr yoki kimyoviy energiyani issiqlik energiyasiga aylantirib qo‘llaniladigan payvandlash turlari: yoy yordamida, elektr-shlak usulida, plazma oqimi, yorug‘lik nuri, induksion isitkich, gaz alangasi va lazer yordamida payvandlash kiradi. Termomexanik sinfga biriktirilayotgan qismni qizdirish uchun har xil manbalarni qo‘llovchi payvandlash: kontaktli, gaz-pressli, diffuziyali kabi payvandlash turlari kiradi. Mexanik sinfga mexanik energiya va bosimni qo‘llovchi payvandlash: sovuq holda, portlatib, ultratovushli, ishqalanish vositasida payvandlash kiradi.
Metallni himoya qilish havoda, vakuumda flus qatlami ostida, flus bo‘yicha, ko‘pik ichida va kombinatsiyalashgan himoyadan foydalanib payvandlash turlariga bo‘linadi. Himoya muhiti sifatida aktiv gazlar (karbonat angidrid, azot, vodorod, suv bug‘i, aktiv gazlar aralashmasi), inert gazlar (argon, geliy, argon va geliy aralashmasi), shuningdek, inert va aktiv gazlar aralashmasidan foydalanish mumkin.
Jarayonlarning uzluksizligi bo‘yicha uzluksiz va uzlukli payvandlash turlari, mexanizatsiyalashganlik darajasi bo‘yicha qo‘lda payvandlash, mexanizatsiyalashgan, avtomatlashtirilgan va avtomatik payvandlash turlariga bo‘linadi.

Download 5,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish