6-BOB. PAYVANDLAShDA IShLATILADIGAN
PAYVANDLASh MATERIALLARI
Payvandlash materiallari klassifikatsiyasi
Payvandlash materiallarini hammasini shartli ravishda katta ikki guruhga bo‘lishimiz mumkin:
Payvand chokining shakllanishida bevosita ishtirok etuvchi materiallar (qoplamali elektrodlar, elektrod simlari, qo‘shimcha eritiladigan metall va oz miqdorda fluslar ham ishtirok etadi).
Payvand chokining hosil bo‘lishida bevosita ishtirok etmay- digan materiallar (erimaydigan elektrodlar — ko’mir, volfram, grafit; inert himoyalovchi gazlar — argon, geliy va boshqalar).
I
Metall ashyolar
I Payvandlash ashyolari |
Metall va nometall
ashyolarning mavjudligi
Nometall ashyolar
Payvandlash simi
Elektr-shlak uchun
yassi elektrodlar
Maxsus tarkibli
quyma o’zaklar
Yoy dastakli
payvandlash uchun
elektrodlar
L Kukunli simlar
Fluslar
Gazlar
■, и
-| keramik 11 inert ~~
-| erigan
-|flus-pastalar |
faol I
rasm. Eritib payvandlashda ishlatiladigan payvandlash
materiallarining klassifikatsiyasi
rasmda eritib payvandlashda ishlatiladigan payvandlash materiallarining klassifikatsiyasi keltirilgan.
Payvandlash simi
Payvandlash simidan qoplamli elektrodlarning eriydigan o‘zaklari yasaladi. Flus ostida va muhofaza gazlari muhitida pay- vandlashda payvand sim eriydigan qoplamsiz elektrod sifatida ishlatiladi.
ГОСТ 2246—70 «Payvandlash po’lat simi»ga ko’ra payvand sim 0,3; 0,5; 0,8; 1; 1,2; 1,4; 1,6; 2; 2,5; 3,0; 4; 5; 6; 8; 10 va 12 mm diametrda ishlab chiqariladi. Birinchi yetti diametrli sim- lar asosan himoya gazlari muhitida yarim avtomatik va avtoma- tik payvandlashga mo‘ljallangan. Flus ostida yarim avtomatik va avtomatik payvandlash uchun 2—6 mm diametrli sim ishlatiladi. Diametri 1,6 — 12,0 mm bo’lgan simdan elektrodlarning o’zak- lari tayyorlanadi. Sim og‘irligi ko‘pi bilan 40 kg ga boradigan buxta-o‘ram tariqasida ishlab chiqariladi.
ГОСТ 2246—70 kimyoviy tarkibi turlicha bo’lgan po’lat sim- larning quyidagi 77 ta markasini ishlab chiqishni nazarda tutadi:
tarkibida 0,12% gacha uglerod bo‘lgan va oz hamda o‘rtacha uglerodli, shuningdek, ba’zi bir kam legirlangan po‘latlarni pay- vandlashga mo’ljallangan kam uglerodli simlar, ular jumlasiga, Св— 08, Св—08А, CB—08AA Св—08ГА, Св-10ГА, Св-10Г2 lar kiradi;
tegishli markalardagi kam legirlangan po‘latlarni payvand- lashda ishlatiladigan marganets, kremniy, xrom, nikel, molibden va titan bilan legirlangan simlar; bunday simlarga jami 30 marka sim, shu jumladan, provoloki Св—08ГС, Св—08Г2С, Св-12ГС va boshqalar kiradi;
d) maxsus po‘latlarni payvandlash va eritib yopishtirish uchun mo’ljallangan ko‘p legirlangan Св—12Х1ШМФ, Св—12Х13, Св— 08X14Г^Т va boshqa markadagi simlar; jami 41 ta marka.
Payvandlash simining belgisi Св (payvandlash) harfi bilan va uning tarkibini bildiruvchi harfiy-raqamli belgi bilan belgilanadi. Birinchi ikki raqam simda uglerod foizining yuzdan bir ulush- laridagi miqdorini ko‘rsatadi. So‘ngra harf va raqam (raqamlar) bilan navbati bilan legirlovchi elementlarning nomi va foizlar- dagi miqdori ko‘rsatilgan bo‘ladi. Legirlovchi element miqdori 1 % dan kam bo‘lsa, bu elementning nomini bildiruvchi harfning o‘zigina qo‘yiladi. Legirlovchi elementlarning shartli harfiy bel- gilari 6.1-jadvalda ko‘rsatilgan.
Po‘lat markasi oxiridagi A harfi uning juda yuqori sifatli eka- nini va unda oltingugurt va fosfor miqdori juda kam ekanligini bildiradi.
Payvandlash simlarining diametrlari esa raqam bilan, ularning markalari oldiga yozib ko‘rsatiladi.
Misol: 3-Св10Г2СМА ГОСТ 2246—70
Bu quyidagicha o’qiladi: simning diametri — 3 mm, payvand- lash uchun mo’ljallangan, uglerod — 0,10%, marganets — 2%, kremniy va molibden 1% atrofida, oltingugurt va fosforlarning miqdori 0,01%dan kamaytirilgan.
Ko‘pgina hollarda payvandlash simlarining markalari oxirida quyidagi harflarni uchratishimiz mumkin:
«O» — simning sirti mis qatlami bilan qoplanganini bildiradi.
«Э» — ushbu sim qoplamali elektrod tayyorlashda ishlatilishini bildiradi.
«0» — bu sim elektr-shlak usulida eritilgan po’latdan tayyor- langanligini bildiradi.
«ВД» — bu sim vakuum-yoyli usulida eritilgan po’latdan tayyorlanganligini bildiradi.
«ВИ» — bu sim vakuum-induksion usulda eritilgan po’latdan tayyorlanganligini bildiradi.
Simning sirti toza va silliq, kuyindisiz, zanglamagan va moysiz bo‘lishi kerak. Payvandlashning mexanizatsiyalashtirilgan usul- larida ishlatiladigan sim sirtiga mis qoplab chiqarilishi mumkin.
Po‘lat simning kimyoviy tarkibi 6.3-jadvalda keltirilgan.
6.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |