Payvandlash jihozlari


Payvandlash o‘zgartirgichlari va agregatlarining texnik tavsifi



Download 3,1 Mb.
bet55/166
Sana10.04.2022
Hajmi3,1 Mb.
#541005
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   166
Bog'liq
qolda yoyli payvandlash jihozlari

Payvandlash o‘zgartirgichlari va agregatlarining texnik tavsifi

Rusumlari

Kuchlanish, V

Payvandlash toki kuchi, A

UDE %

R
nom
KVA

Ilova

O‘zgartir- gichlar

Generatorlar

U1

U
s.y.u

I
nom

Rostlash chegarasi

ПД-303

ГСО—300

380

65

300

100...300

65

10

Mustaqil qo‘zg‘a- ladigan

ПСО— 300—2

ГСО—300

380

50-70

315

115...315

60

16

O‘z- o‘zidan qo‘zg‘a- ladigan

САМ—300

ГСО-300-М

380

50..70

300

80....380

65

14

«-«

ПД—501

ГСО—500

380
220

90

500

125...500

60

30

«-«

ПС—500

ГСО-500­
11

380

60...905

500

120...600

65

28

«-«

АСДП

СГП—3

380

60...90

500

120...500

60

20

«-«

ПСГ—500

ГСГ—500

380
220

40

500

60...500

60

20

«-«

Karbonat angidrid gazida suyuqlanadigan elektrod bilan pay- vandlash uchun ПСГ rusumli maxsus o’zgartirgichlar yaratilgan. Ular qattiq yoki sekin pastlanadigan VAT ga ega bo‘lishi mumkin.
Payvandlash generatorini talab etilgan ish rejimiga rostlash.
Payvandlash generatorini ish rejimiga rostlash uchun quyi- dagilarni bajarish zarur:
payvandlash preobrazovatelning privodli elektr dvigatelini ta’minlovchi kuchlanish tarmog‘iga ulash;
generator langarini shitda ko‘rsatilgani kabi yo‘nalish bo‘yicha aylantirilayotganini tekshirish;
shitda ko‘rsatilgan yo‘nalishga qarshi aylantirilgan holda privodli elektr dvigatel qisqichlarini almashtirish lozim;
payvandlash toki bosqichini rostlash;
payvandlash generatorini ulash va talab etilgan payvandlash tokini rostlash.
Payvandlash o‘zgartirgichlariga texnik xizmat ko‘rsatish. Pay- vandlash o‘zgartirgichi unga muntazam suratda qarab turilgan taqdirdagina bekami-ko‘st ishlaydi. Ayniqsa, generator kollektori, cho‘tkalar va podshipniklarga yaxshi qarash kerak.
Kollektorni vaqt-vaqti bilan benzinga ho‘llangan toza lat­ta bilan changdan tozalab turish zarur. Bu operatsiya genera­tor to‘xtaganida bajariladi. Mashina to‘g‘ri ishlasa, kollektorda qurum izlari bo‘lmasligi kerak. Cho‘tkalarning kollektorda qurum izlarini qoldirmasdan mayda-mayda uchqunlanishi xavfli emas. Kollektorda qurum izlari paydo bo‘lsa, uning sabablarini aniqlab bartaraf etish, kollektorni esa mayda donador presslangan pemza yoki kollektor yuzasi shaklidagi yog‘och kolodkaga tortilgan may- da shishali qog‘oz bilan silliqlash kerak. Kollektorning barcha yu- zasi bir tekisda silliqlanishi lozim. Kollektorni jilvir qog‘oz bilan silliqlash qat’iyan man etiladi.
Agar vaqt o‘tishi bilan plastinalar orasidan slyuda chiqish- ni boshlasa, cho‘tkalar ishlaganida uchqun ko‘rinadi va shov- qin eshitiladi. Bunday hollarda maxsus arracha bilan plastinalar orasidagi slyudani 1 mm ga yaqin chuqurlikda ohistagina chiqarib olish, shundan so‘ng uch qirrali mayda egov bilan hosil bo‘lgan pitirlarni egovlab kollektorni ish davomida cho‘tkalarni ko‘tarib silliqlash zarur.
Cho‘tka mexanizmini muntazam suratda ko‘zdan kechirib turish kerak. Shikastlangan yoki yoyilgan cho‘tka o‘rniga yangi- sini o‘rnatish va uni kollektorga surkash zarur. Buning uchun cho‘tka ostiga mayda shishali qog‘oz polosa (shishasini cho‘tkaga qaratib) qo‘yiladi. Qog‘oz mashinaning aylanish yo‘nalishi bo‘yi- cha cho‘tka kollektoriga jips yopishguniga qadar cho‘tka ostidan o‘tkaziladi. Cho‘tka tutgich prujinasini normal bosimda surkaladi. Cho‘tkalar surkash qilinganidan keyin (kollektor shlifovkalangan- dan keyin ham) hosil bo‘lgan chang havo bilan puflab ketkaziladi, cho‘tkalarni tugal silliqlash uchun esa generator salt yurishi kerak.
Yangi cho‘tkalarni o‘rnatishda, ularning hammasi tekis ekan- ligini, plastinadan baravariga tushishi va yangisiga o‘tishiga is- honch hosil qilish, shuningdek, cho‘tkalarni oboymada qisilmas- dan erkin surilishini va unda tebranmasligini tekshirish lozim. Halqaning ostki chekkasi kollektordan 2-3 mm narida bo'lishi kerak.
Traversa noto‘g‘ri holatda bo‘lganida ham cho‘tkalar ko‘p uch- qunlanishi va hatto kollektor kuyishi mumkin.
Vaqt o‘tishi bilan sharikli podshipniklarning moyi quyuqlashib ifloslanadi. Shuning uchun ham moyni yiliga bir yoki ikki marta yangilab turish kerak. Ifloslangan moydan tozalangandan so‘ng podshipniklarni shprits yordamida benzin purkab yaxshilab yu- vish, so‘ngra yana moy to‘lg‘azib qo‘yish lozim. Podshipniklarni qismlarga ajratishda ularga chang, qum va boshqa narsalar tush- masligiga e’tibor berish zarur.
Nam tushishi sababli mashinaning izolatsiyasi namiqib qoli- shi va natijada uning qarshiligi kamayishi mumkin. Mashina uzoq vaqtgacha ochiq havoda yoki isitilmaydigan nam xonada ishlamasdan turganida ana shunday hol ro‘y berishi mumkin. Bunday hollarda mashinani ishlatishdan oldin mavjud turdagi O‘zgartirgichga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zavod ko‘rsatmasida ko‘rsatilgan usulda quritib olish zarur.
5.5. Ko‘p postli ta’minlash manbalari
Ko‘p postli payvandlash to'g'rilagichlari ВДМ yoy bilan ballast reostatlari orqali bir nechta payvandlash postlarini to‘g‘rilangan tok bilan bir vaqtda ta’minlash uchun qo‘llanadi, himoyalovchi gazda mexanizatsiyalashgan payvandlashda ВД1М to‘g‘rila- gichlari qo‘llanadi. Bitta to‘g‘rilagichdan ishlay oladigan postlar soni n ni, ko‘p postli to‘g‘rilagichning nominal toki Inom ni bir postning maksimal toki In ga nisbati bilan aniqlaydilar:


bu yerda: a = 0,6...0,65 postlarining bir vaqtda ishlash koef- fitsienti.
Ko‘p postli payvandlash to‘g‘rilagichlari (5.5-jadval) qattiq tashqi VAT ga ega.
5.5-jadval

Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish