Kislota qoplamali elektrodlar (A^O—1, CM-5). Kislo- ta qoplamalarda temir va marganetsning oksidlari (asosan ruda ko‘rinishida), qumtuproq, titanli konsentrat va ko‘p miqdorda fer- romarganets bo‘ladi. Qoplama tashkil etuvchilarning parchalanishi (selluloza, yog‘och uni, dekstrin, kraxmalning parchalanishi) nati- jasida suyuqlangan metalning gazli himoyasi vujudga keladi. Kislota qoplamali elektrodlar bilan eritib qoplangan metall tarkibi jihatidan qaynayotgan po‘lat tarkibi kabi bo‘ladi va S 0,12%, Si 0,10%; Mn 0,6—0,9%, S va P ning har biridan 0,05% bo’ladi. Bu guruh elek- trodlar fazodagi barcha vaziyatlarda o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok bilan payvandlashga yaroqli va suyuqlanuvchanligining kattaligi bilan xarakterlanadi. Bunday elektrodlar bilan oltingugurt va ugle- rodi ko‘p bo‘lgan po‘latlarni payvandlash tavsiya qilinmaydi, chun- ki bunday elektrodlar bilan hosil qilingan chokning metali oson kristalli yoriqlar hosil qiladi. Kislota qoplamali elektrodlar bilan chekkalari (milklari) zanglagan, kuygan metallarni zich choklar hosil qilib payvandlash mumkin. Kislota qoplamali elektrodlar bilan payvandlashda quyidagi hollarda g‘ovaklar hosil bo‘ladi:
qoplamada marganets miqdori ko‘p bo’lganda;
— uglerod va kremniy miqdori ko‘p bo‘lgan frromarganets ishlatilganda; — tarkibida kremniy miqdori ko‘p bo’lgan metalni payvandlaganda. Asosiy qoplamali elektrodlar (УO^И—13/45, ДСК-50). Asos- li qoplama kalsiy, magniy karbonatlaridan (marmar, bo‘r, dolo- mit, magnezit), plavik shpatdan va shuningdek, ferro-qotishmalar (ferromarganets, ferrosilitsiy, ferrotitan va boshqalar)dan iborat. Suyuqlangan metall karbonatlarning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan karbonat angidrid gazi va karbon oksidi bilan himoya qilinadi. Asosiy qoplamali elektrodlar, ko‘pincha, teskari qutbli o‘zgarmas tok yordamida turli fazoviy vaziyatlarda payvandlash- da ishlatiladi. Bunday elektrodlar yordamida eritib yopishtirilgan metall ko‘pincha oddiy po‘latga mos keladi va unda oz miqdorda kislorod, vodorod, azot bo‘ladi. Undagi oltingugurt va fosfor miq- dori, odatda, ularning har bir 0,035% dan oshmaydigan miqdorda marganets va kremniy miqdori elektrodlarning qanday ishlarga mo‘ljallanganiga bog‘liq holda (0,5 dan 1,6% gacha Mn va 0,3 dan 0,6% gacha Si) bo‘ladi. Chokning metali kristallanish yoriqlarining paydo bo‘lishiga qarshi mustahkam, eskirishga chidamli, issiqqa ham, sovuqqa ham yetarlicha yuqori zarbiy yopishqoqlik ko‘rsat- kichlariga ega. Asosiy qoplamali elektrodlar qalin metallarni, ish- latish sharoiti og‘ir bo‘lgan joylarda foydalaniladigan buyumlarni va gazlar tashiladigan buyumlarni, shuningdek, quyilgan ugle- rodli, kam legirlangan yuqori darajada mustahkam po‘latlarni va oltingugurt hamda uglerodli po‘latlarni payvandlashda ishlatiladi. Agar payvandlanayotgan buyumlarning chekkalari kuyundi, zang, moy bilan qoplangan yoki elektrod qoplami namlangan bo‘lsa hamda uzun yoy bilan payvandlashda asosiy qoplamali elektrod- lar payvandlash vaqtida g‘ovaklarning paydo bo‘lishiga juda sez- gir bo‘ladi. Chok metalining mexanik xossalari qoplamaga xrom, molibden, ferromarganets va ferrosilitsiy qo‘shish bilan rostlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |