Payvandlash jihozlari


Eriydigan elektrod bilan yoy dastaki payvandlash uchun to‘g‘ri- lagichlarning texnik tavsifi



Download 3,1 Mb.
bet54/166
Sana10.04.2022
Hajmi3,1 Mb.
#541005
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   166
Bog'liq
qolda yoyli payvandlash jihozlari

Eriydigan elektrod bilan yoy dastaki payvandlash uchun to‘g‘ri- lagichlarning texnik tavsifi

To‘g‘rilag- ichning turi

Kuchlanishi, V

Payvandlash tok kuchi, A

UDE, %

Talab qiladigan quvvati, kV.A

Ui

U
s.y.u

I
nom

Rostlash diapazoni

ВДВД-101

380

65...68

125

20...130

60

10

ВД—201

380

70

200

30...200

60

15

ВД—306

220;380

70

315

45...315

60

21

ВД—401

380

80

400

50...450

60

28


Himoyalovchi gazlarda suyuqlanadigan elektrod bilan pay- vandlash jarayoni, odatda, katta pa yvandlash tokida olib boriladi (300A dan katta). Bu holda payvandlash yoyining VATi, ayniqsa, SO2 gazda payvandlashda, o‘sib boradigan bo‘lib qoladi. Demak, yoyni turg‘un yonishi uchun ta’minlovchi manba qattiq VAT ga ega bo’lishi lozim. ВДГ to’g’rilagichi (5.3-jadval) shunday tavsifga ega. Ular yoy bilan dastaki payvandlash uchun to‘g‘rilagichdagi kabi asosiy konstruktiv elementlarga ega. Bular uch fazali transformator va to‘g‘rilagichlar blokidir. Payvandlash tokini boshqarish uchun to‘yinuvchi drossel qo‘llangan. Metalning sachrashlarini kamayti- rish uchun payvandlash zanjiriga qo‘shimcha drossel ulangan, bu drossel induktivlikni pog‘onali o‘zgartirish uchun qayta ulagichga ega. Bu payvandlash rejimini tanlash imkoniyatlarini kengaytiradi.
5.3-jadval
Eriydigan elektrod bilan himoya gazlarda payvandlash uchun to‘g‘rilagichlarning texnik tavsifi

To‘g‘rila- gichning turi

Kuchlanishi, V

Payvandlash tok kuchi, A

UDE, %

Talab qiladi- gan quvvati, kV.A

FIK

Ui

U
s.yu

ishchi

I nom

rostlash diapazoni

ВДГ-302

220; 380

42

16...40

315

50...315

60

20

75

ВДГ—601

220; 380

66

18...36

630

100...700

60

69

82

ВДУ—305

220; 380

70

16...38
21...33*

315

50...315
20...315*

60

29

70

ВДУ—504

220; 380

80

18...50
23..46*

500

100...500
70...500*

60

40

82

ВДУ— 1601

380

100

26...66
30...60*

1600

500...1600

100

155

84

* Pasayuvchi tashqi VAT uchun

ВДГ to’g’rilagichlaridan tashqari himoyalovchi gazda suyuqla- nadigan elektrod bilan payvandlash uchun ВДУ universal man- balaridan foydalanish mumkin (5.3-jadvalga qarang). Ularning sxemalari pasayib boradigan VAT ni qattiq tavsifga o‘zgartirib ulashni ko‘zda tutadi.
Payvandlash to‘g‘rilagichini talab etilgan ish rejimiga rostlash.
Payvandlash to‘g‘rilagichini ish rejimiga rostlashda quyi- dagilarni bajarish lozim:
to‘g‘rilagichni talab etilgan tarmoq kuchlanishga ulash;
payvandlash to‘g‘rilagichini qo‘shish;
to‘g‘rilagich salt yurish rejimida ishlaganda talab etilgan pay- vandlash toki bosqichini rostlab olish zarur;
payvandlash tokini yoki yoy kuchlanishini salt yurish rejimi- da ishlashi uchun yoki to‘g‘rilagich kuchlanishda ishlashi uchun rostlash dastagi yordamida rostlab olish zarur;
payvandlash avtomati yoki yarim avtomatining elektrod si- mining uzatish tezligini boshqaruv dastagi yordamida rostlab olish zarur.
5.4. Payvandlash o‘zgartirgichlari va agregatlari
O‘zgarmas tokning payvandlash generatorlari elektr mashi- nalarning maxsus xillari bo‘lib, ular qattiq, tez pasayadigan va sekin pasayadigan tashqi VAT li qilib chiqariladi. Payvandlash generatorining valini aylantiruvchi yuritma sifatida yoki qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron elektr yuritgich yoki ichki yonuv yuritgichdan foydalanadilar (5.13-rasm).

5.13-rasm. Payvandlash o‘zgartirgichi:
1 — kollektorning misli plastinkalari a; 2 — generator cho’tkalari; 3 — boshqariluvchi reostat; 4 — taqsimlovchi qurilma; 5 — qisqichlar; 6 — voltmetr; 7 — ventilator; 8 — uch fazali asinxron dvigatel; 9 — tortuvchi moslama; 10 — magnit polyuslari; 11 — korpus; 12 — langar.

Hozirgi vaqtda aylanuvchi o‘zgartirgichlar payvandlash to‘g‘ri- lagichlari bilan siqib chiqarilmoqda. Generator bilan elektr yurit- gich ulangan konstruksiya — payvandlash o’zgartirgichi deyiladi, generator bilan ichki yonuv yuritgichi ulangan konstruksiya — payvandlash agregati deyiladi.
Elektr uzatish liniyalari bo‘lmagan yoki ulardan foydalanish noqulay bo‘lgan joylarda payvandlash ishlarini olib borishda pay- vandlash agregatlari keng ishlatiladi (5.14-rasm). Payvandlash agregatlari maxsus tirkamada avtomobilga ulanadi yoki avtomobil kuzoviga ortiladi.

5.14-rasm. Payvandlash agregati:
1 — generator; 2 — dvigatel; 3 — aylanish tezligini rostlovchi moslama;
4 - yonilg’i baki.
Sanoatda kollektorli (5.15-rasm) va ventilli generatorlar ish- lab chiqariladi. Mustaqil qo‘zg‘atuvchi kollektorli payvandlash generatorining quyma po‘lat korpusi 1 generator magnit tizimini tashkil qiladi, ikki jufti magnit qutblari 2 va 4, ikkita qo‘shimcha qutblari (rasmda ko‘rsatilmagan) va Wl chulg‘amlari bilan langar 3 dan tashkil topgan. Asosiy qutblarda generatorni magnitlovchi Wr va magnitsizlovchi Wr chulg‘amlari joylashgan.

    1. rasm. Kollektorli payvandlash
      generatorining (ko‘ndalang kesma-
      si) tuzilishi:


1 — po’lat korpus; 2 va 4 — asosiy
qutblar; 3 — langar.

Payvandlash toki, kollektordan mis-grafit cho‘tkalar a va b dan olinadi, kollektor langar o‘qida joylashgan. Generatorning o‘qi asinxron yuritgichni o‘qiga yoki ichki yonuv yuritgich vali- ga ulangan. Mustaqil qo‘zg‘atishli generatorlarda (5.12-rasm), Wv chulg‘ami mustaqil to‘g‘rilagich ko‘prigi V1...V4 dan va qo‘shimcha transformator T1 dan mustaqil ravishda elektr tarmog‘idan SQ o‘chirg‘ichi va F1... F3 saqlagichlari orqali ta’minlanadi.
Magnitsizlovchi chulg‘am Wr yakor chulg‘ami Wl bilan ket- ma-ket ulangan, ular payvandlash zanjirini tashkil qiladi.
Qayta ulagich S1 yordamida Wr chulg‘amining o‘ramlar sonini o‘zgartirish mumkin va bu bilan payvandlash toki kuchini pog‘onali rostlash mumkin. Har bir pog‘ona chegarasida pay- vandlash toki kuchi o‘zgaruvchan rezistor R1 bilan tekis rostla- nadi, bunda Wv chulg‘amida tok kuchi va magnit oqimi Fv ning qiymati o‘zgaradi.
Salt yurish rejimida payvandlash zanjiri ochiq, asinxron dviga- tel M va Wv chulg‘amiga kuchlanish U1 beriladi. Wv chulg‘amidan Iv toki o’tadi va Fv magnit qutbi 2, (N qutbi) 2-4 qutblari va qutb 4 (S qutbi) orqali berkiladi. Fv oqimining magnit maydonida lan- gar 3 ning chulg‘ami Wl aylanadi.
Generatorning a va b cho‘tkalarida Usi kuchlanish hosil bo‘la- di, uning qiymati qo‘zg‘atish chulg‘ami toki Iv ning qiymatiga bog‘liq, bu tokni R1 reostati bilan tekis rostlash mumkin (5.16- rasm).

    1. rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli, kollektorli
      payvandlash o‘zgartirgichining prinsipial
      sxemasi.


Yuklama rejimida, payvandlash zanjiri berk bo‘lganda, yoy oralig‘i, magnitsizlovchi chulg‘am Wr va langar chulg‘ami orqa- li tok Il = ID o‘tadi. Magnitsizlovchi chulg‘am Wv magnit oqim Fv ga qarshi, yo‘nalgan, shular hisobiga pasayib boruvchi VAT shakllanadi.
O‘z-o‘zidan qo‘zg‘aluvchi (magnit oqimi hosil qiluvchi) gene- ratorlarda Wv chulg‘ami cho‘tka b va kollektorning o‘rtasida a va b cho‘tkalari orasida o‘rnatiladigan qo‘shimcha cho‘tka orqali langar chulg‘ami Wl dan ta’minlanadi. Magnitsizlovchi chulg‘am Wr oldingi holga o‘xshab, langar chulg‘ami Wl bilan ketma-ket ulanadi. Boshqa tomonlaridan o‘z-o‘zidan qo‘zg‘a- ladigan generatorlar mustaqil qo‘zg‘atishli generatorlar kabi tu- zilgan va ishlaydi.
Ventilli generatorlar chastotasi 200 yoki 400 Gts li uch fazali o‘zgaruvchan tok ishlab chiqaradi, keyin bu tokni generatorning konstruksiyasiga kiradigan to‘g‘rilagich bloki o‘zgarmas tokka ay- lantiradi. Ventilli generatorning tashqi tavsifi — pasayib boradi- gan payvandlovchi tokni rostlash — pog’onali (2 ta pog’ona) har bir pog‘ona chegarasida tok tekis rostlanadi.
Sanoatda texnik tavsifi turlicha bo‘lgan butun oila payvandlash o‘zgartirgichlari qo‘llanadi (5.4-jadval).
5.4 -jadval

Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish