Payvandlash jihozlari


Jarayonlar bo‘yicha tekshirishga quyidagilar kiradi



Download 3,1 Mb.
bet139/166
Sana10.04.2022
Hajmi3,1 Mb.
#541005
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   166
Bog'liq
qolda yoyli payvandlash jihozlari

Jarayonlar bo‘yicha tekshirishga quyidagilar kiradi:

  1. detallarni payvandlashga tayyorlashni, payvandlash rejimini va choklarning to‘g‘ri joylashtirilishini tekshirish;

  2. payvandlash jarayonida uskunalar holatini, qo‘shimcha ashyolar hamda nazorat-o‘lchash asboblari sifatini va mos kelishi- ni tekshirish.

Tayyor payvand birikmalarni tekshirish termik ishlov berish- dan keyin (agarda u texnologik jarayon talablarida ko‘zda tutilgan bo‘lsa) bajariladi.
Payvand birikmalarni nazorat qilish usullari asosiy ikki guruh- ga bo‘linadi: buzmasdan nazorat qilish va buzib nazorat qilish.
Buzmasdan nazorat qilish vazifasiga nafaqat nuqson mavjudli- gi yoki uni bartaraf etish, balki nuqson darajasi aniqlanadi. Olin- gan ma’lumot birinchidan ta’mirlash imkon darajasini beradi; ik- kinchidan, nuqson hosil bo‘lish sababini aniqlash va uni bartaraf etish yo‘lini topish. Bu nazorat usullari guruhiga:

  1. Choklarni ko‘zdan kechirish va o‘lchamlarini o‘lchash.

  2. Radiatsion defektoskopiya.

  3. Ultratovush defektoskopiya.

  4. Magnit va elektr-magnit defektoskopiya.

  5. Kapillar defektoskopiya.

  6. Oquvchanlik defektoskopiyalari kiradi.

Buzmasdan nazorat qilishda nazorat obyekti bo‘lib buyum hi- soblanadi, buzib nazorat qilishda esa nuqsonni aniqlash uchun buyum bilan bir vaqtda o‘sha texnologik rejimlarda o‘sha me- taldan namuna plastinalar payvandlanadi (ba’zan namunalar be- vosita buyumning o‘zidan qirqib olinadi) va nazorat qilinadi.
Buzib nazorat qilish guruhiga:

  1. mexanik sinov;

  2. metallografik tekshirish;

  3. korroziyaga tekshirish;

  4. payvandlanuvchanlikka sinashlar kiradi.

14.3. Payvand birikmalarni buzmasdan nazorat qilish usullari

      1. Choklarni ko‘zdan kechirish va o‘lchamlarini o‘lchash

Tekshirishning bu usuli payvandlashda zarur va keng tarqalgan usullardandir. Ko‘zdan kechirish oddiy ko‘z hamda kattalashtir- gich oyna yordamida bajarilishi mumkin. Ko‘zdan kechirishdan oldin payvand choklari shlakdan yaxshilab tozalanishi, agar zarur bo‘lsa, ishlov berilishi zarur. Detalni ilashtirib olgandan keyin ham, har chokning valigi qo‘yilgandan keyin ham tekshirish lozim. Chok o‘lchamlari maxsus shablonlar va o‘lchash asboblari yordamida bevosita payvandlashdan keyin bajariladi.
Payvandlashda yomon payvandlanadigan po‘latlarning pay- vand choklarini qayta-qayta ko‘zdan kechirish tavsiya etiladi. Ko‘zdan kechirish bilan darz ketgan joylar yoki birikkan ele- mentlar o‘qlarining noperpendikularligi, biriktiriladigan element- lar qirralarining surilganligi, choklarning o‘lchamlari va shakl- lari nomuvofiqligi (balandligi, kateti va chok kengligi hamda kuchaytirishning bir tekismasligi, qatlamlanishi bo‘yicha), bar- cha ko‘rinishlar va yo‘nalishlardagi darzlar, erib to‘planib qol- gan joylar, kesiklar, kuygan joylar, to‘ldirilmagan kraterlar, yaxshi payvandlanmagan yerlar, g‘ovaklik va boshqa nuqsonlar, bir ke- simdan ikkinchi kesimga o‘tishning ravonmasligi, payvandlangan uzel (buyum)ning umumiy geometrik o‘lchamlarining chizma va texnik shartlarga to‘g‘ri kelmasligi, payvandchining tamg‘asi yo‘qligi yoki qo‘yilgan tamg‘aning joriy qilingan talablarga mos kelmasligi aniqlanadi.
Bittasini ham qoldirmasdan barcha payvand birikmalarni ko‘zdan kechirish lozim. Tashqi ko‘rik va payvand birikmalarni o‘lchash tekshirish obyekti yetarlicha yoritilgan sharoitda amalga oshiriladi.

      1. Radiatsion defektoskopiya

Tekshirishning radiatsion usullariga payvand birikmalarni rentgen nur va gamma nuri bilan yoritib ko‘rish kiradi. Rentgen nurlarining to’lqin uzunligi — 640 13-1 • 10 9 mm, gamma-nurlar — 140-13—440-12mm.
Payvand birikmalarda ichki nuqsonlarni aniqlash rentgen va gamma nurining turli qattiq ashyolar, shu jumladan, metallar orqali ham o‘tishiga asoslangan. Ashyo orqali o‘tayotganda istal- gan nurlanish o‘zining intensivligini pasaytiradi.
Tekshirilayotgan ashyoning kimyoviy tarkibi, qalinligi va nur- lanish energiyasiga qarab u ma’lum qonunga ko‘ra kuchsizlanadi. Eritiladigan obyekt orqali o‘tgan nurlanish intensivligining tur- licha bo‘lishi tekshirilayotgan hududning qarama-qarshi tomo- nidan detektor — radiografik plyonkada, elektron-optik tizim — televizor, elektronlar o‘lchagichida qayd qilinadi.
Nur nuqsonlari bor payvand birikma orqali o‘tganda yaxlit metaldagiga nisbatan kam kuchsizlanadi.
Choklarni yoritganda ichki nuqsonlar, ya’ni darzlar, chala payvandlangan joylar, g‘ovaklar, shlak qo‘shilmalar aniqlanadi. Bu usul bilan mas’uliyatli buyumlar tekshiriladi. Odatda chok umumiy uzunligining 3—15 % i yoritib ko‘riladi. Juda mas’uli- yatli konstruksiyalarning barcha choklari yoritib ko‘riladi.
Yoritib ko‘rish uchun to‘g‘rilagichi bor maxsus transformator va o‘ziga xos lampa—rentgen trubkadan iborat rentgen apparatlari qo‘llaniladi (11.10-rasm). Qizigan katoddan chiqayotgan elektron- lar yuqori kuchlanish ta’sirida germetik (ballondan havo so‘rib olingan) ballonda harakatlanishadi va anodga tushadi. Anodda elektronlar tormozlashish natijasida ularning energiyasi rentgen nurlari sifatida ajraladi.




    1. Download 3,1 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish