14.8-rasm. Shlak qo‘shilmalar.
Chok tubining chala payvandlanishi (14.9-rasm, a, b) eritib qoplangan metall bilan asosiy metalning chok tubida erib yopish- masligi sababli ro‘y beradi. Chala payvandlangan chok mustah- kam, birikma esa ishonchli bo‘lmaydi. Chala payvandlangan joylarda chokning tashqi kuchlar, ayniqsa, zarblarga bo‘lgan qar- shiligini yanada ko‘proq kamaytiradigan kuchlanishlar to‘plana- di.
Tok yetarli bo‘lmasligi; elektrod haddan tashqari tez suri- lishi, chokka oksidlar pardasi yoki shlak qatlamining tushi- shi, chetlarni yaxshi tozalanmasligi natijasida choklar chala payvandlanadi. Chetlari juda ham kichik burchak ostida qi- yalanishi yoki haddan tashqari to‘mtoqlanishi va ular orasi- da zazor bo‘lmasligi natijasida chok tubi metallini qizdirish qiyin bo‘lgan hollarda ham chok chala payvandlanadi. Chala payvandlangan joylar kesib tashlanadi va nuqsonli hudud pay- vandlanadi.
rasm. Chala erishlar:
a, b — tubi chala payvandlangan; d, e — chetlari chala payvand-
langan.
Metall chetlarining chala payvandlanishi (14.9-rasm, d, e). Bu nuqson kichkina tok payvandlashda; elektrodni payvandlanadi- gan metall uzra haddan tashqari tez surganda paydo bo‘ladi. Bunday hollarda eritib qoplanadigan metall asosiy metallning erima- gan yuzasiga tushadi va asosiy metall bilan eritib yopishtirilgan metall orasidagi yopishish kuchi shu qadar kichkina bo‘ladiki, natijada chok valigi list chetidan ajralishi mumkin.
Singan joyida chala payvandlangan hududlar hamisha sezilib turadi. Ular eritib qoplangan metall bilan asosiy metall chegara- sida qora yul qo‘rinishida bo‘ladi. Chetlarning chala payvandlan- ganligini chokni rentgen yoki gamma nurlari vositasida yoritib aniqlash mumkin. Chokning nuqsonli hududi chopib tashlanadi yoki eritib, qaytadan payvandlanadi.
Ichki darzlar ham tashqi darzlar sabablariga ko‘ra paydo bo‘la- di. Bo‘ylama ichki darzlar ko‘pincha chok tubida ham hosil bo‘la- di. Ichki darzlar chokni rentgen yoki gamma nurlari bilan yoritib aniqlanishi mumkin. Darz ketgan hududlar kesib tashlanadi va qaytadan payvandlanadi.
O‘ta qizdirganda metall yirik donador tuzilgan bo‘ladi. Dona- lari qanchalik yirik bo‘lsa, ularning ilashish yuzasi shunchalik kichik, metall shu qadar mo‘rt bo‘ladi. O‘ta qizdirilgan metall zarb yuklamalarga yomon qarshilik ko‘rsatadi. Bu nuqsonni mos holda termik ishlab bartaraf etish mumkin.
Kuygan chok metalli strukturasida o‘zaro yomon yopishadigan, oksidlangan donalar bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Kuygan metall mo‘rt bo‘lib, uni tuzatib bo‘lmaydi. Chokning kuygan hududlari sog‘lom metallga kadar batamom kesib tashlanadi va qaytadan payvandlanadi.
Ishlab chiqarish texnologik jarayonida nazorat
Payvand birikmalarning yuqori sifatli va ishonchli chiqishini ta’minlash uchun dastlabki tekshirish, jarayonlar bo‘yicha tek- shirish, tayyor payvand birikmalarni tekshirish ishlarini bajarish lozim.
Dastlabki nazorat qilishda quyidagilarni tekshirish lozim:
payvandlash ashyolari (elektrodlar, payvandlash simi, fluslar va gazlar) hamda defektoskopiya uchun ashyolar;
payvandlash uskunalari, yig‘ish-payvandlash moslamalari, nazorat o‘lchash asboblari, qurollar, apparatura hamda defek- toskopiya o‘tkazish uchun asboblar.
Payvandchilar, nazoratchi-defektoskopchilar va payvand choklarini tekshirish masalasi bilan shug‘ullanuvchi muhan- dis-texnik xodimlar malakasi, albatta tekshirilishi lozim.
Murakkab va o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan payvand buyumlarni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan payvandlash ishlari- ni bajarishga faqat Davlat texnik nazorati tomonidan tasdiqlangan «Payvandchilarni attestatsiya qilish qoidalari»ga muvofiq sinovdan o‘tgan va belgilangan nusxadagi «Payvandchi guvohnomasi» bo‘lgan payvandchilargina qo‘yilishi mumkin. Har bir payvandchi o‘z gu- vohnomasida belgilangan payvandlash ishlariga qo‘yilishi lozim.
Payvandchilar murakkab payvandlash ishlarini bajarishga qo‘yilishdan oldin qo‘shimcha ravishda maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazilib, sinab ko‘riladi.
Payvandchilar qo‘shimcha maxsus tayyorgarlikni o‘tganidan keyin malaka komissiyasi oldida nazariy va amaliy sinovdan o‘ta- dilar.
Payvandchi amaliy sinovdan o‘tishida malaka komissiyasi bel- gilagan miqdordagi tegishli nazorat payvand namunalarini pay- vandlashi lozim. Payvandchilarni sinab ko‘rishda ishlatiladigan hamma ashyolar (asosiy metall, elektrodlar, payvandlash simi, fluslar, himoya gazlari va boshqalar) ГОСТ talablariga yoki tex- nik shartlarga javob berishi kerak.
Tekshirib ko‘rilmagan yoki brakka chiqarilgan ashyolar, shu- ningdek, buzuq uskunalar bilan sinov o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qo‘shimcha maxsus tayyorgarlik programmasi hajmida na- zariy bilimlarni qoniqarli bilgan va nazorat payvand birikmalarni «Payvand birikmalarni nazorat qilish bo‘yicha qoidalar va ishlab chiqarish instruksiyalari» bo‘yicha barcha talablarni qanoatlanti- radigan darajada bajargan payvandchilar sinovdan o‘tgan hisobla- nadi va muayyan turdagi payvandlash ishlarini bajarish huquqini oladi.
Har bir payvandchini nazariy va amaliy sinov natijalari ham- da malaka komissiyasining uni muayyan turdagi payvandlash ishlarini bajarishga quyish haqidagi qarori tegishli protokolga hamda «Payvandchi guvohnomasi»ga yozib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |