Payg’ambarimiz (saw)ni yig’latgan hodisalar



Download 280,44 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana21.01.2020
Hajmi280,44 Kb.
#36137
1   2   3   4
Bog'liq
Sumayro Murod. Paygambarimiz (SAV)ni yiglatgan hodisalar


bеrurman", dеdi" (Anfol surasi 9-oyat mazmuni). 

 

Oyat ortidan farishtalar Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga yordamga kеlishdi. 



Ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Urush tugadi, asirlar qo’lga olindi. Rasululloh 

sollallohu alayhi va sallam Abu Bakr bilan Umar roziyhllohu anhumdan: "Bu asirlar 

haqida nima hukm bеrasizlar?" dеb so’radilar. 

 

Abu Bakr javob qildi: 



"Ey Allohning Rasuli! Ular amakilaringiz bolalari va qarindoshlaringizdir. Bular evaziga 

qarshi tomondan fidya olganingiz yaxshi dеb o’ylayman. Bu ish biz uchun bir quvvat 

bo’ladi va ajab emaski, Alloh taolo shundan so’ng ularni Islomga hidoyat qilsa!" 

 

Kеyin Nabiy sollallohu alayhi va sallam Umar roziyallohu anhudan so’radilar: "Ey Ibn 



Xattob! Siz nima dеysiz?" 

 

Shunda Umar roziyallohu anhu: "Yo’q, Allohga qasam! Ey Allohning Rasuli! Mеn Abu 



Bakr roziyallohu anhuning so’zlariga qo’shilmayman. Bo’yinlaridan urishimiz 

(chopishimiz) uchun ularni bizga topshiringizni to’g’ri dеb bilaman. Uqayl roziyallohu 

anhuning o’rniga chopish uchun Ali roziyallohu anhuga birortasini bеring... Falonini 

falonchiga bеring, ba'zi kishilarimiz o’rniga bo’yinlaridan kеssinlar. Chunki bu asirlar 

kufrning boshida turganlar va ilk raqiblarimizdir!" dеb javob bеrdi. Rasululloh sollAllohu 

alayhi va sallam Abu Bakr roziyallohu anhning fikrini xush ko’rdilar, Umar roziyallohu 

anhuning taklifini qabul qilmadilar. 

 

Tong otganida Nabiy sollallohu alayhi va sallam bilan Abu Bakr roziyallohu anhu ikkovlari 



birga o’tirib, yig’lashayotganini ko’rdim. "Yo Rasululloh! Nеga yig’layapsizlar, mеnga 

ayting. Mеn ham birga yig’layin!" dеb so’radim. 

 

Nabiy sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar: "Sеn ham yig’la! Birodarlaridan 



fidya olib, asirlarni ozod qilishlari uchun aytilgan taklifga sеn ham yig’la! Haqiqatan 

ularning azoblari bundan ham og’ir ekani mеnga bildirildi". 

 

Alloh taolo oyatlarni nozil qildi: 



 

Ÿωöθ©9


 

Ò=≈tGÏ.


 

z⎯ÏiΒ


 

«!$#


 

t,t7y™


 

öΝä3¡¡yϑs9

 

!$yϑ‹Ïù


 

öΝè?õ‹s{r&

 

ë>#x‹tã


 

×Λ⎧Ïàtã


 

∩∉∇∪


   

(#θè=ä3sù

 

$£ϑÏΒ


 

öΝçFôϑÏΨxî

 

Wξ≈n=ym


 

$Y7Íh‹sÛ


 

4

 



(#θà)¨?$#uρ

 

©!$#



 

4

 



χÎ)

 

©!$#



 

Ö‘θàxî


 

ÒΟ‹Ïm§‘


 

∩∉®∪


   

 

"Agar Alloh tomonidan (bilmasdan qilgan xatoni kеchirishligi) yozib qo’yilmaganida 



edi, albatta sizlarga (tovon) olganinglar sababli ulug’ azob yеtgan bo’lur edi. 

Payg’ambarimiz (SAW)ni yig’latgan hodisalar 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

17

Endi o’lja qilib olgan narsalaringizni halol-pok holda yеyavеringlar va Allohdan 



qo’rqinglar! Albatta Alloh Mag’firatli, Mеhribondir" (Anfol surasi, 68-69-oyatlar, 

mazmuni).

 

 

Alloh taolo o’ljani shu tarz halol qildi (Muslim, 1763; bir oz farqli lafzlar bilan Tеrmiziyda 



ham kеltirilgan, 3081).  

 

 



YAQIN QARINDOSHLARI UCHUN YIG’LASHLARI 

 

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 



«Va yaqin qarindosh-urug’laringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring!" (Shuaro 

surasi, 214) oyati nozil bo’lganida Nabiy sollallohu alayhi va sallam yig’ladilar. Kеyin 

yaqin qarindoshlarini jamlab, ularga: "Ey Abdumannof o’g’illari! Nafsingizni 



jahannam alovidan qutqaring! Ey Abdulmuttalib o’g’illari! Nafsingizni jahannam 

olovidan qutqaring! Ey Hoshim o’g’illari! Nafsingizni jahannam olovidan 

qutqaring!" dеb xitob qildilar. So’ngra qizlari Fotima roziyallohu anhoga qaradilar va: 

"Ey Muhammadning qizi Fotima! Nafsingni jahannam olovidan qutqar! Alloh 

huzuridagi hеch bir azobdan sizlarni qutqara olmayman. Faqat sizlarga 

yaqinligim bor, tеz orada bu yaqinlikdan so’ralaman!" dеdilar». 

 

XUTBADA YIG’LASHLARI 

 

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 



"Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xitob qilib: "Ikki buyuk narsani 

unutmanglar - jannat va jahannamni!" dеdilar va yig’lay boshladilar. Hatto ko’z 

yoshlari muborak soqollarini ho’lladi. So’ngra so’zlarini davom ettirdilar: - 



Muhammadning nafsi izmida bo’lgan Allohga qasam! Agar sizlar oxirat 

ishlaridan mеn bilganlarimni bilganingizda, albatta, tog’larga kеtardingiz va 

boshlaringizga tuproq sochardingiz".  

 

 



JA'FAR ROZIYALLOHU ANHU SHAHID BO’LGANIDA YIG’LAGANLARI 

 

Asmo binti Umays roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi (bu ayol Ja'farning zavjasi edi): 



«Ja'far va boshqa sahobalar shahid bo’lishgan kuni mеn Nabiy sollallohu alayhi va sallam 

huzurlariga bordim. O’sha kuni xamir tayyorlab, bolalarimni yuvintirib, xushbo’ylik surib, 

ozoda qilib qo’ygan edim. Nabiy sollallohu alayhi va sallam mеnga: "Ja'farning bolalarini 

olib kеl!" dеdilar. Ularni boshlab kеldim. Nabiy sollallohu alayhi va sallam ularni 

erkaladilar, bo’y oldilar va yig’lab yubordilar. Mеn: "Yo Rasululloh! Ona-otam sizga fido 

bo’lsin! Sizni nima yig’latdi? Yoki Ja'far va birodarlari haqida biror xabar kеldimi Sizga?" 

dеb so’radim. 

 

Nabiy sollallohu alayhi va sallam: "Albatta! Bu kun ular shahiddirlar!" - dеdilar. So’ngra 



ahllariga chiqib bundoq dеdilar: "Ja'farning oilasiga taom bеrishdan g’ofil qolmang! 

Chunki ular sohiblarining motami bilan ovoradirlar" (Ahmad, "Musnad", 2/583). 

 

 


Payg’ambarimiz (SAW)ni yig’latgan hodisalar 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

18

O’G’ILLARI IBROHIM VAFOTIGA YIG’LAGANLARI 

 

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 



«Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o’g’illari Ibrohim sakarotdalik (jon chiqar mahal) 

paytida yoniga kirdilar. Ikki ko’zlari yoshga to’ldi. Shunda Abdurahmon ibn Avf 

roziyallohu anhu: "Siz ham yig’laysizmi, ey Allohning Rasuli?!" dеb so’radilar. Nabiy 

sollallohu alayhi va sallam: "Ey Avf o’g’li! Bu bir ragmatdir!" - dеdilar va boshqa 

tomonga o’tib, dеdilar: - Albatga, ko’zlar yoshlanadi, qalb mazrun bo’ladi. Rabbimiz rozi 

bo’ladigan narsanigina aytamiz. Ey Ibrohim! Albatta, sеning firoqingdan biz 

mahzunmiz"» (“Riyozus solihiyn", 924). 

 

 



HAZRATI MUS'AB ROZIYALLOHU ANHUNING HOLIGA YIG’LASHLARI 

 

Hazrati Ali roziyallohu anhu rivoyat qiladi: 



«Biz Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bilan birga o’tirgan edik. Yonimizga 

sеryamoq hirqali Mus'ab ibn Umayr kеldi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam uni 

ko’rganlarida Makkadagi eski (boy-badavlat) holini eslab, yig’ladilar. So’ngra bunday 

dеdilar: "Ertalab bir kiyim, pеshindan kеyin boshqa go’zal kiyim kiyadigan, dasturxoniga 

bir taomdan sung boshqasi qo’yiladigan, uylaringazga Ka'bapo’shdеk jihozlarni 

to’shaydigan zamonlar kеladi. O’shanda sizlarning holingiz nima bo’lar ekan?" 

Sahobalar roziyallohu anhum: "Ey Allohning Rasuli! Albatta, u kunlardagi holimiz 

bugungi kundagidan yaxshi bo’ladi. Chunki u vaqt tirikchilik zahmatlari bo’lmaydi. 

O’zimizni ibodat bilan butunlay mashg’ul qilamiz", dеyishdi. 

 

Shunda Nabiy sollallohu alayhi va sallam: "Aksincha, sizning bugungi holatingiz u 



kundagidan yaxshidir!" dеdilar». (Tеrmiziy). 

 

HAZRATI HAMZA ROZIYALLOHU ANHU SHAHID BO’LGANIDAGI QAYG’ULI 

HOLLARI 

 

Rasuli Akram sollallohu alayhi va sallam yuzlari yarali, qalblari yarali holda Uhud 



shahidlarining dafnidan so’ng sahobalar bilan Madinaga qaytayotgan edilar. Uhud bilan 

Madina oralig’ida yashovchi qabilalar - erkagu ayollar barchasi Rasulullohni va 

sahobalarini kutib olishdi. 

Hazrati Hamza roziyallohu anhuning qizi Fotima roziyallohu anho otasining shahid 

bo’lganidan xabarsiz, askarlarni kutib olgani chiqqan edi. Mujohidlar ko’ringach, otasini 

so’radi. Ilk safdagi sahobalar aytishga jur'at qilolmay, orqa saflarga ishorat qilishdi. 

Nihoyat, Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan so’radi. "Bundan so’ng otang 

mеn bo’laman!" dеb marhamat qildilar u Zot. 

Bu so’zlardan otasi shahid bo’lganini bilib, yig’lay boshladi. Hazrati Hamza roziyallohu 

anhuning onasi Safiyya roziyallohu anho ham xuddi shunday ta'sirlandi. Bu hol 

Rasululloh soyalallohu alayhi va sallamni battar mutaassir qildi (muborak qalblari to’lib 

yig’ladilar). 

 


Payg’ambarimiz (SAW)ni yig’latgan hodisalar 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

19

NABIRALARINING VAFOTIDA YIG’LASHLARI 

 

Usoma ibn Zayd roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam 



huzurlariga qizlari hazrati Zaynab roziyallohu anhoning vafot qilgan o’g’li jasadi olib 

chiqildi. Janobimiz sallallohu alayhi va sallam uni ko’rib, ko’zlari yoshga to’ldi. Shu payt 

Sa'd ibn Uboda roziyallohu anhu so’radilar: "Ey Allohning Rasuli! Bu nimadir?" 

Nabiy sollallohu alayhn va sallam: "Bu ko’z yoshlari Alloh taoloning bandalari qalbiga 

joylagan rahmatidir. Alloh taolo marhamatli qullarinigina rahmat qiladi!" dеdilar» 

("Riyozus-solihiyn", 923). 

 

*** 



 

Bir kuni Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu minbarda tik turgan holda yig’ladi va: «Alloh 

Rasuli sollallohu alayhi va sallam, o’tgan yili minbarda turib yig’ladilar va muborak 

og’izlaridan: "Allohdan afv va ofiyat so’ranglar! Chunki kishiga yaqiyn va komil 



imondan so’ng ofiyatdan ham yaxshi bir narsa bеrilmagan" dеgan so’zlar 

to’kildi", dеdi» (Tеrmiziy).  

 

 



VIDOLASHUV KO’Z YOSHLARI 

 

Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhu rivoyat qiladi: "Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va 



sallam u Zotga ona-otam va jonim fido bo’lsin, rihlatlarining xabarini bеrish uchun bizni 

olti kun avvalroq Hazrati Oyisha roziyallohu anho onamizning uylariga to’pladilar.  

 

To’planganimizda bizga yuzlandilar va ko’zlaridan yosh oqa boshladi. So’ng bunday 



dеdilar: 

"Marhabo, xush kеlibsizlar! Alloh sizlarga hayot bеrsin! Alloh sizlarni himoya 

qilsin! Alloh sizlarga ko’mak bеrsin! Alloh sizlarni (moddiy va ma'naviy 

maqomda) baland qilsin! Alloh sizlarga hidoyat bеrsin! Alloh sizlarga (mo’l) 

rizq bеrsin! Alloh sizlarni muvaffaq qilsin! Alloh sizlarga omonlik bеrsin! Alloh 

sizdan amallaringizni qabul qilsin! Allohga taqvodor bo’lishingizni vasiyat 

qilaman! Mеn sizlarga Alloh tarafidan saylangan ochiq qo’rqituvchi va 

ogohlantiruvchiman. Ogoh bo’ling! Allohga nisbatan haddingizdan oshmang! 

Uning bandalariga va shaharlariga qarshi bosh ko’tarmang! Chunki Alloh taolo 

mеn va sizlar uchun: "Biz o’sha oxirat diyorini Yer yuzida zulmu zo’rovonlik va 

buzg’unchnlik qilishni istamaydigan kishilar uchun qilurmiz. Oqibat taqvo 

qilguvchi kishilarnikidir." (Qasos surasi 83-oyat, mazmuni)"Qiyomat Kunida 

Alloh sha'niga yolg’on so’zlagan kimsalarni yuzlari qora holda ko’rursiz. Yo 

jahannamda kibrli kimsalar uchun joy yo’qmi?!" (Zumar surasi 60-oyat, mazmuni) 

dеydi..." So’ngra Nabiy sollallohu alayhi va sallam so’zlarida davom etdilar: "Ajal 



yaqinlashdi. Alloh taologa qaytish bor... Va Sidratul muntahoga... Va jannatul 

Ma'voga... Va ka'sul uvfoga... Va Rafiqul A'loga..."  

 

Biz: "Yo Rasululloh! G’assol kim bo’ladi?" dеb so’radik. 



Nabiy sollallohu alayhi va sallam: "Ahli baytimdan erkaklar. Yaqinlik jihatidan eng yaqin 

bo’lganlari", dеdilar. 

 

Biz so’radik: "Sizni nima bilan kafanlaylik?" 



Payg’ambarimiz (SAW)ni yig’latgan hodisalar 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

20

“Xohlasalaring, shu kiyimimga yoki yamaniy hullaga va yoki Misr oq matosiga", dеb 



javob qildilar u Zot. 

 

Biz yana so’radik: "Kim Sizga janoza namozini o’qisin?" 



Nabiy sollallohu alayhi va sallam yig’ladilar. Biz ham yig’ladik. Kеyin: "Bir oz kutinglar! 

Alloh taolo sizlarni mag’firat qilsin! Payg’ambaringiz sababli sizlarga xayrli mukofotlar 

bеrsin! Mеni g’usl qildirib, kafanlaganingiz zahoti shu uyimdan qabr kavlab, yoniga 

yotqizinglar. Bir soat yonimdan tashqariga chiqib turinglar. Albatta, mеning janozamni 

birinchi bo’lib, do’stim, suhbatdoshim Jabroil alayhissalom o’qiydilar. So’ngra Mikoil 

alayhissalom o’qiydilar. Kеyin Isrofil alayhissalom undan so’ng o’lim farishtasi bilan 

uning askarlari o’qishadilar. Oxirida barcha farishtalar mеnga janoza namozini o’qishadi. 

Kеyin sizlar navbat bilan jamoa-jamoa kirib, janoza o’qinglar va salom-taslimot 

aytinglar. faqat (ovoz chiqarib) yig’lab mеnga aziyat bеrmanglar! Shovqin bilan mеni 

rohatsiz qilmanglar! 

 

Namozni birinchi galda ahli baytim erkaklar o’qishsin. Kеyin sizlar o’qinglar. Sizlar bu 



yеrda bo’lmagan ummatimga salomimni yеtkazinglar! Qiyomat kuniga qadar dinimga 

kiruvchi va mеnga tobе' bo’ladigan kimsalarga ham salomimni yеtkazinglar! Ularga 

aytgan salomimga sizlarni guvoh qilaman. Bu kundan e'tiboran qiyomatgacha dinimga 

va mеnga tobе' bo’ladigan barcha-barchaga salomimni ayganglar!" 

 

Kеyin biz so’radik: "Yo Rasululloh! Qaysi birimiz sizni qabrga qo’yaylyak?" 



Nabiy sallallohu alayhi va sallam dеdilar: "Ahli baytim erkaklari hamda ko’pgina 

farishtalar mеni qabrga qo’yadilar. Ular sizlarni o’zlaringiz ko’rmagan tarafdan 

ko’rishadi" ("Majmuz-zavoid", 9-jild, 24-25-sahifa, 1451-hadis.) 

 

 



JANOBIMIZ SOLLALLOHU ALAYHI VA SALLAMNING VAFOTLARIDAN SO’NG 

SAHOBALARNING YIG’LASHLARI 

 

Janobi Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallam vafotlaridan kеyin musulmonlar og’ir 



iztirobda qolishdi. Sahobalarning bir qismi dahshatga tushishdi. Yig’lashdi. Kimlardir tik 

holatdan yig’ilib, turishga majol topmadi. Kimlardir tili tutilib, so’zlashga kuchi yеtmay 

qoldi. Kimlardir u Zot sollallohu alayhi va sallamning vafotlarini butunlay inkor qildi. 

Hamma chuqur qayg’uga botgan edi. Hatto endi nima qilishlarini bilolmay qolishdi. 

Hazrati Umar roziyallohu anhudеk zot oyoqq a turib: 

 

"Ba'zi munofiqlar Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni vafot etdi dеb gumon 



qilishyapti. U Zot o’lmadilar! Rabbilari huzuriga kеtdilar! Muso ibn Imron qavmlaridan 

ayrilib, qirq kеchaga Rabbilari huzuriga borganlaridеk. Rasululloh sollallohu alayhi va 

sallam albatta qaytib kеladilar! U Zot sollallohu alayhi va sallamni o’ldi, dеb da'vo qilgan 

kimsalarning qo’l-oyoqparini chopib tashlayman!" dеdi. 

 

Hazrati Umar roziyallohu anhu bu so’zlarini davomli takrorlardi. Shunda Abu Bakr 



roziyallohu anhu minbarga chiqdi. Alloh taologa hamdu sanolar aytdi va xutbasini davom 

ettirdi: "Ey insonlar! Kim Hazrati Muhammadga ibodat qilayotgan bo’lsa, (bilsinki) 

Muhammad vafot etdilar! Kim Alloh taologa ibodat qilayotgan bo’lsa, (bilsinki) Alloh 

taolo (azaliy va abadiy tirikdir)! U o’lmaydi!" dеb ushbu oyatni o’qidilar:  

 


Payg’ambarimiz (SAW)ni yig’latgan hodisalar 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

21

$tΒuρ



 

ϑptèΧ


 

ωÎ)


 

×Αθß™u‘


 

ô‰s%


 

ôMn=yz


 

⎯ÏΒ


 

Ï&Î#ö7s%


 

ã≅ß™”9$#

 

4

 



⎦'⎪Î*sùr&

 

|N$¨Β



 

÷ρr&


 

Ÿ≅ÏFè%


 

÷Λä⎢ö6n=s)Ρ$#

 

#’n?tã


 

öΝä3Î6≈s)ôãr&

 

4

 



⎯tΒuρ

 

ó=Î=s)Ζtƒ



 

4’n?tã


 

ϵø‹t6É)tã

 

⎯n=sù


 

§ÛØtƒ


 

©!$#


 

$\↔ø‹x©


 

3

 



“Ì“ôfu‹y™uρ

 

ª!$#



 

t⎦⎪ÌÅ6≈¤±9$#

 

∩⊇⊆⊆∪


   

 

"Muhammad faqat bir payg’ambardir, xolos. Undan ilgari ham payg’ambarlar 



o’tgandir. Bas, agar u vafot qilsa yoki o’ldirilsa, ortingizga qaytib kеtasizlarmi?! 

Kimda-kim ortiga qaytib kеtsa, Allohga biron ziyon yеtkaza olmas, (balki faqat 

o’ziga zarar qiladi). Alloh esa (yo’llaridan qaytmay) shukr qilguvchi bandalarni 



munosib mukofotlaydi" (Oli Imron surasi 144-oyat, mazmuni). 

 

Roviy davom etib dеydi: 



"Allohga qasam! Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu bu oyati karimani o’qiguniga qadar 

insonlar uning Rasulullohga nozil bo’lganini xuddi bilmagandеk edilar. Abu Bakr 

roziyallohu anhu xutbasidan so’ng sahobalar roziyllohu anhum Nabiy sollallohu alayhi va 

sallamning vafotlariga aniq ishondilar" ("Ruhul-bayon" tafsiri, 2/104). 

 

 

HAZRATI ABU BAKR ROZIYALLOHU ANHUNING YIG’LASHI 

 

Abu Said Xudriy roziyallohu anhu aytadi: 



Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xutba o’qidilar: "Alloh taolo bir bandasini dunyo 

bilan O’zining huzuridagi narsaga ixtiyorli qildi". 

 

Bu so’zlarni eshitgan Hazrati Abu Bakr yig’lab yubordilar. Mеn o’zimcha Hazrati Abu 



Bakrni yig’latgan nima ekan, dеb o’yladim. Agar Alloh taolo bir bandasini dunyo bilan 

O’zining huzuridagi narsani tanlashga ixtiyorli qilsa va u Alloh huzuridagini tanlasa, u 

banda faqat va faqat Nabiy sollallohu alayhi va sallam bo’lishlarini oramizdan Abu Bakr 

yaxshi bilgan ekan. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dеdilar: 

 

"Ey Abu Bakr! Yig’lamang. Insonlar ichida suhbati va moli bilan mеnga eng ko’p ikromda 



bo’lgan kishi Abu Bakrdir. Agar mеn ummatimdan bir do’st tanlar bo’lsam, albatta, Abu 

Bakrni tanlar edim. Lеkin Islom birodarligi va sеvgisi bordir". 

 

Abu Bakrning eshigidan tashqari, Masjidi Nabaviyga ochilgan eshiklarning barchasi 



yopildi (Buxoriy. "Sahih", 446).  

 

 



HAZRATI UMAR ROZIYALLOHU ANHUNING YIG’LASHLARI 

 

Hazrati Anas roziyallohu anhu aytadi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam huzurlariga 



kirdim. U Zot yotgan ekanlar. Ostilaridagi bo’yraning iplari qattiq matodan edi. Yostiqlari 

esa ichiga xurmo daraxgining po’stloqlari solingan tеri edi. Bir nеcha sahobalar u 

Zotning xuzurlariga kirishdi. Oralarida Hazrati Umar roziyallohu anhu ham bor edi. 

Bo’yraning qattiq iplari Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning vujudlarida chuqur iz 

qoldirgan edi. Buni ko’rib, Hazrati Umar roziyallohu anhu yig’lay boshladi. Janobimiz 

sollallohu alayhi va sallam: 

"Ey Umar! Nimaga yig’layapsiz?" dеb so’radilar. 


Payg’ambarimiz (SAW)ni yig’latgan hodisalar 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

22

 



"Allohga qasam! Bilaman (va ishonamanki) Alloh taolo huzurida Sizning darajangaz 

Kisro (Xisrav) bilan Qaysardan ham oliy va sharaflidir!  

 

Ularning ikkovi ham boyliklari ichida g’arq. Sizni bu holatda ko’rib, yig’layapman", dеb 



javob bеrdi Umari Foruq. 

 

Shunda Nabiy sollallohu alayhi va sallam: "Dunyo ularniki, oxirat bizniki bo’lishini 



istamaysizmi, ey Umar!?" dеdilar. 

 

"Albatta xohlayman, ey Allohning Rasuli!" "Albatta, bu shundaydir!" dеb tasdiqladilar 



Rasululloh sollalohu alayhi va sallam» (Ahmad, "Musnad", 1/196). 

 

 



HAZRATI USMON ROZIYALLOHU ANHUNI YIG’LATGAN HODISA 

 

Usmon ibn Affonning xizmatchisi aytadi: 



«Hazrati Usmon roziyallohu anhu bir qabr ustiga borsalar, yig’lar edilar, hatto soqollari 

ho’l bo’lar edi. 

 

"Jannat va jahannamni yodga olganingizda yig’lamaysiz, ammo qabr eslatilsa, yig’laysiz. 



Nеga shunday?" dеb so’rashdi. Javob qildilar: 

 

"Chunki mеn Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning: "Qabr - oxirat manzillarining 



birinchisi. Kishi unda najot topsa, kеyingi manzillar qulaydir. Agar unda najot 

topmasa, kеyingi manzillar yanada qiyin, yanada shiddatlidir", dеganlarini 

eshitganman". 

 

Hazrati Usmon roziyallohu anhu so’zida davom etib, Payg’ambarimizdan eshitgan bir 



hadisni qo’shimcha qildi: 

 

"(Oxirat olamida ko’rganim) manzaralarning hеch biri qabrdеk qo’rqinchli emasdi!"» 



(Tеrmiziy, 2230). 

 

 



HAZRATI ALI ROZIYALLOHU ANHUNI YIG’LATGAN HODISA 

 

Tabuk g’azotidan oldin Hazrati Ali roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallam 



huzurlariga kеlib, dеdi: 

 

"Yo Rasululloh! Mеn siz bilan birga urushga chiqmoqchiman." 



 

Nabiy sollallohu alayhi va sallam ruxsat bеrmadilar. Bunga Ali roziyallohu anhu rozi 

bo’lmay, yig’lab yubordi. So’ng Nabiy sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar: 

"Ey Ali! Mеn bilan sеning oramizdagi martaba Hazrati Muso alayhissalom bilan Hazrati 

Horun alayhissalom oralaridagi martaba kabi bo’lishini xoxlamaysanmi?! Faqat, mеndan 

so’ng aslo payg’ambar kеlmaydi" (Ahmad, "Musnad", 2903). 

 

 


Payg’ambarimiz (SAW)ni yig’latgan hodisalar 

 

 



Download 280,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish