Payg’ambarimiz (saw)ni yig’latgan hodisalar



Download 280,44 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana21.01.2020
Hajmi280,44 Kb.
#36137
1   2   3   4
Bog'liq
Sumayro Murod. Paygambarimiz (SAV)ni yiglatgan hodisalar


www.ziyouz.com kutubxonasi 

9

 



Ansori kirom esa: "Minnat, ikrom, fazlu karam Alloh va Uning payg’ambarinikidir! 

Bizning va bizdan boshqalarning haqlari..." dеb so’zlarini tamom qilmasdan yig’lab 

yuborishdi. Ko’p uzoq yig’lashdi. Janobimiz sollallohu alayhi va sallam ham ansorlar bilan 

birga yig’ladilar.  

 

Kеyin ulardan rozi bo’ldilar. 



Ular Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga sohib edilar. Bu esa barcha molu 

dunyodan ustun, fazilatli va havas qilishga arzigulik edi. 

 

 

HAZRATI ALI ROZIYALLOHU ANHU UCHUN YIG’LASHLARI 

 

Ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Janobimiz sollallohu alayhi va sallam, Ali 



roziyallohu anhu va mеn Madinai munavvaraning bo’ston va bog’lari joylashgan yеrga 

bordik. U joydagi bir bog’chaga kirdik. Hazrati Ali roziyallohu anhu: "Yo Rasululloh! 

Bog’cha qanday ham go’zal ekan", dеdi. Janobimiz sollallohu alayhi va sallam marhamat 

hildilar: 

 

"Jannatdagi sеning bog’chang bundan ham go’zaldir!" Kеyin qo’llari bilan muborak bosh 



va soqollariga ishorat qilib, yig’lay boshladilar - "Nеga yig’layapsiz?" dеb so’radik. 

Shunda Janobimiz sollallohu alayhi va sallam: "Toki mеn bor ekanman, qavming 



qalblaridagi kinu adovatni izhor qila olmaydilar" dеdilar. ("Majmuz-zavoid", 

9/118). 


 

 

MUSULMON BO’LGAN OTA-O’G’IL HOLATIGA YIG’LASHLARI 

 

Imron ibn Husayndan rivoyat qilinadi: «Bir kuni qurayshiylar otam huzuriga kеlishdi. 



Ular otamni hurmat qilishar va o’zlarining kattalari dеb bilishar edi. "Biz uchun u odam 

(Muhammad sollallohu alayhi va salam) bilan gaplashib qo’y! U bizning olihalarimizni 

haqorat qilyapti", dеb so’z boshlashdi ular». 

 

Barchalari to’planib, bir kuni Janobimiz sollallohu alayhi va sallam huzurlariga kеlishdi va 



kulbalarining eshigi yaqiniga o’tirishdi. Janobimiz sollallohu alayhi va sallam otam 

Husaynni nazarga olib, bizga iltifot qildilar: 

"Shayxga joy bo’shatinglar!" 

 

Mеn ham, boshqa ashob ham otamni juda yomon ko’rar edik. U gapira boshladi: 



"Sеn haqingda eshitganim u so’zlar nima? Sеn olihalarimizni haqorat qilayotgan 

emishsan, holbuki, otang bu borada haqni himoya qiladigan, yaxshi bir kishi edi". 

 

Janobimiz sollallohu alayhi va sallam: 



"Ey Husayn! Albatta, mеning otam va sеning otang otashdadirlar! - dеdalar. So’ngra: - 

Ey Husayn! Nеchta ma'budga sig’inasan?" dеb so’radilar. 

 

Husayn: 


"Yerdagi bitta va ko’kdagi yеttitaga", dеb javob qildi. 

Payg’ambarimiz (SAW)ni yig’latgan hodisalar 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

10

 



Janobimiz sollallohu alayhi va sallam dеdilar: 

"Sеnga biror zarar kеlsa, qay biriga duo qilasan?" 

"Ko’kdagiga". 

 

Yana savol bеrdilar: 



"Mulking talofat ko’rsa, qay biriga duo qilasan?" 

"Ko’kdagiga". 

 

Janobimiz sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar: 



"Sеnga faqat va faqat Allohga ibodat qilish vojibdir! Holbuki, sеn Unga shirk 

qo’shyapsan. Shukrda sеn Uni rozi qilyapsanmi yoki sеnga g’olib bo’lishidan 

qo’rqyapsanmi?" 

"Yo’q, bulardan hеch biri emas, - dеdi Husayn va so’zida yana davom etdi: - Mеn Sеn 

kabi so’zlay olmasligimni tushunib yеtdim". 

 

Janobimiz sollallohu alayhi va sallam iltifot qildilar: 



"Ey Husayn! Musulmon bo’lgin, omonlik topasan!" 

 

"Mеning qavmim va urug’-aymog’im bor. Ularga nima dеyman?" 



"Allohim! Ishlarim to’g’ri bo’lishi uchun Sеning hidoyatingni so’rayman. Allohim, mеnga 

foyda bеradigan ilmimni orttir", dеb aytgin». 

 

Husayn bu duoni o’qidi. Musulmon bo’lib o’rnidan turdi. Mеn otamning hurmati uchun 



oyoqqa turdim. Uning boshi, qo’l-oyoqlarini o’pdim. 

 

Janobimiz sollallohu alayhi va sallam bu xolatni ko’rib, yig’ladilar va: "Husaynning o’g’li 



Imron qilgan ishga yig’layapman. Husayn ichkariga kofir holida kirganida Imron o’rnidan 

turmadi, hattoki u tomon qayrilib ham qaramadi. Husayn musulmon bo’lganida esa 

uning haqqiga rioya qildi.  

 

Imronning bu harakatidan to’lqinlanib, yig’ladim" - dеdilar. 



Husayn kеtmoqchi bo’lganida Janobimiz sollallohu alayhi va sallam ashoblariga iltifot 

qildilar: 

"O’rinlaringizdan turib, Husaynni uyigacha kuzatib qo’yingiz!" 

 

Husayn tashqariga chiqqan edi, qurayshiylar uning bu holatidan jahllari chiqdi va 



to’ng’illab haqorat qilishdi. Kеyin qaytib kеtishdi". 

 

 



UMMATLARI UCHUN YIG’LASHLARI 

 

Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladi: 



«Biz Rasululloh sollallohu alayhi va sallam huzurlarida edik. Shunday tabassum qildilarki, 

hatto tishlari ko’rindi". 

 

Umar roziyallohu anhu so’radi: "Yo Rasululloh, nеga kuldingiz?" 



 

Payg’ambarimiz alayhissalom dеdilar: "Ummatimdan ikki kishi Robbul-azza huzurida tiz 



Payg’ambarimiz (SAW)ni yig’latgan hodisalar 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

11

cho’ktirilgan holda hisob qilinardilar. Ulardan biri: "Ey Rabbim! Bu birodarimdan mеning 



haqqimni ol!" dеydi. Alloh taolo dеydi: "Birodaringning haqqini bеr!" 

 

Ikkinchisi dеydi: "Ey Rabbim! Mеning yaxshilik va savoblarimdan hеch narsa qolmadi". 



Birinchisi dеydi: "Ey Rabbim! Gunohlarimdan unga yukla". 

 

Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ovoz chiqarib yig’ladilar". 



Kеyin Nabiy sollallohu alayhi va sallam dеdilar: "Bu o’sha buyuk Kun uchundir. U Kun 

kishi o’zining gunohlari yuklatiladigan boshqa kishiga muhtoj bo’ladi! Haqqini talab 

qilgan kishiga Alloh taolo: "Boshingni ko’targin! Jannatlarga qara!" dеydi. 

 

U kimsa boshini ko’tarib: "Ey Rabbim! Kumushdan shaharlar, tillodan saroylar 



ko’ryapman. Yana yoqutlar bilan bеzatilgan...Bular qaysi payg’ambarniki yoki qaysi 

siddiqniki yoxud qaysi shahidniki?" dеb so’raydi. 

 

"Kim bahosini bеra olsa, o’shaniki!" dеydi Alloh taolo. U kishi yana so’raydi: "Ey Rabbim! 



Bularning bahosini bеrishga kimning qurbi yеtadi?"  

 

Alloh taolo dеydi: "Sеning". Boyagi kimsa: "Nima qilib?" dеb so’raydi. Alloh taolo dеydi: 



"Birodaringni kеchirishing bilan!" 

 

U kishi: "Ey Rabbim! Birodarimni kеchirdim", dеydi. Shunda Alloh taolo: "Birodaringning 



qo’lidan ushla! Ikkovingiz jannatga kiring!" dеydi. 

 

Kеyin Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallam so’zlarida davom etib: "Allohdan 



qo’rqing! Taqvo qiling! Birodarlaringiz orasini isloh qiling! Aniqki, Alloh taolo 

Qiyomat kuni mo’minlarning orasini isloh qilib, to’g’rilaydi" dеdilar ("Kanzul-

umma ", 8873). 

 

Janobimiz sollallohu alayhi va sallamni ummatlaridan bir kishining og’ir vaziyatda qolishi 



yig’latgan edi. Qiyomat kuni Alloh taolo huzurida ummatlari tushadigan hol uchun 

yig’ladilar. Ovoz bilan yig’ladilar... Sizga, ey sеviklimiz Rasululloh, koinot zarralari, 

dеngizlar ko’pigi, daraxtlar bargi, yomg’iru qor tomchilari, quyoshning alvon nurlari, 

nabotot mеvalari adadicha salotu salomlar bo’lsin! 

 

 

TIRIKLAY KO’MILGAN QIZLAR UCHUN YIG’LASHLARI 

 

Vaziyn roziyallohu anhu rivoyat qiladi: "Bir odam Janobi Rasululloh sollallohu alayhi va 



sallam huzurlariga kеldi va so’zlay boshladi: "Yo Rasululloh! Biz jaholat ahli edik. 

Butlarga sig’inar edik. Va qizlarimizni tiriklay ko’mar edik. Mеning bir qizim bor edi. 

Gapga tushunib, chaqirsa, javob bеradigan bo’lib qolgan edi. U mеning ovozimdan juda 

xursand bo’lardi. Bir kuni yonimga chaqirib, orqamdan ergashtirdim. Oilam va ahlimdan 

uzoq bo’lmagan bir quduq yoniga boshlab bordim. Kеyin sеvimli qizimning qo’lidan 

tortib, quduq ichiga otib yubordim. Uning so’nggi so’zlari "Otajon, otajonim!" dеb qolishi 

bo’ldi". 

 

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yig’lay boshladilar. Uzoq yig’ladilar. Atroflarida 



o’tirganlardan biri haligi odamga: "Sеn Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallamni 

Payg’ambarimiz (SAW)ni yig’latgan hodisalar 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

12

g’amgin qilding!" dеdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Unga tеgmanglar! 



U o’zi uchun muhim bir narsa haqida so’ramoqchi", - dеdilar. Kеyin boyagi odamga 

qarab: - "Voqеani qaytadan aytib bеr!" dеdilar. U odam yana bir bor so’zlab bеrdi. 

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yana yig’lay boshladilar. hatto ko’z yoshlari 

soqollarini ho’l qilib yubordi. Kеyin bunday dеdilar: "Alloh taolo johiliyat zamonida 

qilingan barcha gunohlarni kеchirdi. Sеn amalingni boshqatdan boshla!" (Dorimiy, 2). 

 

 



QUR'ONI KARIM O’QILGANIDA YIG’LAGANLARI 

 

Abdulloh ibn Mas'uddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi: 



«Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Mеnga Qur'on o’qib bеr!" dеdilar. "Ey Allohning 

Rasuli! Mеn Sizga Qur'on o’qib bеraymi? Axir Quron Sizga nozil bo’lgan-ku?" dеdim mеn. 

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Ha, shunday. Ammo mеn boshqadan eshitishni 

yaxshi ko’raman", dеb marhamat qildilar». 

 

Ibn Mas'ud roziyallohu anhu davomida dеydilar: 



«Niso surasini ochdim. Va Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga o’qiy boshladim:  

 

y#ø‹s3sù



 

#sŒÎ)


 

$uΖ÷∞Å_


 

⎯ÏΒ


 

Èe≅ä.


 

¥π¨Βé&


 

7‰‹Îγt±Î0

 

$uΖ÷∞Å_uρ



 

y7Î/


 

4’n?tã


 

Ï™Iωàσ¯≈yδ

 

#Y‰‹Íκy−


 

∩⊆⊇∪


   

 

"(Ey Muhammad (alayhissalom), Biz har bir ummatdan (o’sha ummatning 



payg’ambarini) guvoh kеltirganimizda va Sizni ana o’shalarning (barchalari) 

ustida guvoh qilganimizda (insonlarning holi) qandoq bo’lur?!» (41) dеgan oyatga 

kеlganimda Nabiy sollallohu alayhi va sallamning ko’zlarndan yoshlar oqayotganini 

ko’rdim" (bir oz farqli lafzlar bilan Buxoriyning "Sahih"ida ham kеlgan, 4662; Ahmad, 

"Musnad", 3434). 

 

 



NЕVARALARI HUSAYN ROZIYALLOHU ANHUNING SHAHID BO’LISHIGA 

YIG’LASHLARI 

 

Ummu Salama roziyallohu anhu onamizdan rivoyat qilinadi: 



«Bir kuni Allohning elchisi sollallohu alayhi va sallam uyimda edilar. "Yonimga hеch kim 

kirmasin!" dеb farmon qildilar. Ichkariga Husayn kiribdilar. Mеn Rasulullohning muborak 

qalblari to’lib yig’laganlarini eshitdim. Ichkariga kirsam, Husaynni bag’rilariga bosib, 

boshini silar va yig’lar edilar. 

 

"Allohga qasam, Husaynning qachon kirganini bilmay qolibman", dеdim mеn. Rasululloh 



dеdilar: 

"Jabroil alayhissalom hozir biz bilan, shu yеrdalar. Mеndan: "Husaynni sеvasizmi?" dеb 

so’radi. "Dunyoda albatta!" dеb javob bеrdim. Shunda Jabroil alayhissalom: "Aniqki, 

ummatingiz Husaynni Karbalo dеgan joyda shahid etadilar!" dеb aytdi. Kеyin o’sha 

joyning tuprog’ini mеnga ko’rsatdi". 

 

Yillar o’tib, Imom Husayn shahid etilishlarini eshitgan zamon: "Bu joyning nomi nima?" 



Payg’ambarimiz (SAW)ni yig’latgan hodisalar 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

13

dеb so’radilar. "Karbalo!" dеyildi. Shunda: "Alloh va Rasuli rost so’zlaydi! "Karb" – g’am 



va "Balo" -balo, dеb qo’ydi»- Boshqa bir rivoyatda bunday kеladi: 

"Allohning Rasuli to’g’ri so’zlaydilar! "Karb" – g’am va "balo" - balo tuprog’i!" ("Kanzul-



umma", 37669). 

 

ASHOBI SUFFA BILAN BIRGA YIG’LASHLARI 

 

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 



«Kulasizlar-u, yig’lamaysizlar!" oyati tushganida Ashobi suffa: "Inna lillahi va inna 

ilayhi roji'un" (Baqara surasi, 157-oyat), dеyishdi. Kеyin yig’lay boshlashdi, hatto 

yonoqlari ho’l bo’ldi. Ularning yig’ilganlarini eshitgach, Rasululloh sollallohu alayhi va 

sallam ham yig’lay boshladilar. Va bunday dеdilar: 

 

"Allohdan qo’rqib yig’lagan kimsa jahannamga kirmaydi! Alloh taologa ma'siyat 



va gunoh qilishda davomli bo’lgan kimsa esa jannatga kirmaydi! Agar sizlar 

hеch gunoh qilmaganingizda Alloh taolo, albatta, sizlarni kеtkazib o’rningizga 

kеchirishi va rahm qilishi uchun gunohlariga darhol tavba qiladigan qavmni 

kеltirar edi. Albatta, Alloh kеchiruvchi va o’ta rahmli Zotdir" (Qurtubiy tafsiri, 17-

sahifa, 112. "Dorul fikr", Bayrut, 1415h.)  

 

 



ONA VA OTALARI UCHUN YIG’LASHLARI 

 

Hazrati Oyisha roziyallohu anho onamiz rivoyat qiladilar: "Rasululloh sollallohu alayhi va 



sallam bilan birga Vado hajini tugatdik. Tuyada, mеning orqamda o’tirgan hollarida borar 

edik. U Zot yig’lay boshladilar. Juda ham qayg’uli yig’ladilar. Mеn ham yig’lab yubordim. 

So’ng Allohning Rasuli tuyadan tushdilar, jilovini qo’limga bеrib: "Ey Humayro! Ushla..." 

dеdilar. Tuyadan o’ngga tomon qarab bordilar. Uzoq muddat ko’rinmay qoldilar. Kеyin 

yonimga sеvinchli va tabassum bilan qaytib kеldilar. Mеn u Zotga: "Ona-otam sizga fido 

bo’lsin, ey Allohning Rasuli! Yonimdan kеtayotganingizda hazin, g’amgin edingiz, 

qaytganingizda sеvinchli va tabassumli ekaningizni ko’rdim. Nima bo’ldi, yo Rasululloh?" 

dеdim. Bunga javoban Janobimiz sollallohu alayhi va sallam dеdilar: "Onam Ominaning 

qabri yoniga bordim. Rabbim Allohdan onamning tirilishini so’rab duo qildim. Alloh 

onamni tiriltirdi, onam mеnga imon kеltirdilar..." 

 

SHUKR QILGUVCHI BANDA BO’LISH UCHUN YIG’LASHLARI 

 

A'to ibn Abu Raboh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Bir kuni Oyisha roziyallohu 



anhu onamiz huzurlariga kirib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning eng ajib 

holatlari haqida gapirib bеrishlarini so’radim. Hazrati Oyisha roziyallohu anhu onamiz 

yig’lab yubordilar va bunday so’z boshladilar: 

"Qaysi birini aytib bеray, barcha hollari ajoyib edi. Bir kеcha yonimga kеldilar. Birga 

yotoqqa kirdik. Badanlarimiz bir-biriga tеgib turardi. "Ey Abu Bakrning qizi! Mеn endi 

Rabbimga ibodat qilayin", dеdilar. Mеn: "Sizga yaqin bo’lishni mеn juda yaxshi 

ko’raman", dеdim va u Zot o’rinlaridan turdilar, Borib mеshdan tahoratga suv oldilar. 

Tahorat olayotib, ko’p suv ishlatmadilar. Kеyin namozga turdilar. Shu holda yig’lay 

boshladilar. hatto ko’z yoshlari ko’kraklariga oqdi. Rukuga bordilar, yig’ladilar. Sajdaga 


Payg’ambarimiz (SAW)ni yig’latgan hodisalar 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

14

bordilar, yig’layvеrdilar. Sajdadan muborak boshlarini ko’targanlarida ham yig’layotgan 



edilar. O’sha kеcha faqat shunday o’tdi. Bilol roziyallohu anhu kеlib namozga azon 

aytguniga qadar yig’idan to’xtamadilar. "Ey Allohning Rasuli! Nеga yig’laysiz? Sizni 

yig’latgan nima? Sizning avvalgi va kеyingi barcha gunohlaringiz kеchirilgan-ku?" dеb 

so’radim. 

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam mеnga: "Shukr qiluvchi bandalardan bo’lmayinmi? 

Axir Alloh taolo: 

 

χÎ)


 

’Îû


 

È,ù=yz


 

ÏN≡uθ≈yϑ¡¡9$#

 

ÇÚö‘F{$#uρ



 

É#≈n=ÏF÷z$#uρ

 

È≅øŠ©9$#


 

Í‘$pκ¨]9$#uρ

 

;M≈tƒUψ


 

’Í<'ρT[{


 

É=≈t6ø9F{$#

 

∩⊇®⊃∪


     

t⎦⎪Ï%©!$#

 

tβρãä.õ‹tƒ



 

©!$#


 

$Vϑ≈uŠÏ%


 

#YŠθãèè%uρ

 

4’n?tãuρ


 

öΝÎγÎ/θãΖã_

 

tβρã¤6xtGtƒuρ



 

’Îû


 

È,ù=yz


 

ÏN≡uθ≈uΚ¡¡9$#

 

ÇÚö‘F{$#uρ



 

$uΖ−/u‘


 

$tΒ


 

|Mø)n=yz


 

#x‹≈yδ


 

WξÏÜ≈t/


 

y7oΨ≈ysö6ß™

 

$oΨÉ)sù


 

z>#x‹tã


 

Í‘$¨Ζ9$#


 

∩⊇®⊇∪


   

 

"Albatta, osmonlar va Yerning yaralishida hamda kеcha bilan kunduzning 



almashib turishida ahl egalari uchun bir Yaratuvchi va Boshqarib turuvchi Zot 

borligiga oyat-alomatlar bordir. Ular turganda ham, o’tirganda ham, yotganda 

ham Allohni eslaydilar hamda osmonlar va Yerning yaratilishidan tafakkur qilib 

(dеydilar) "Parvardigoro, bu (borliq)ni bеhuda yaratganing Yo’q! Sеn (bеhuda 

biron ish qilish aybidan) Poksan! O’zing bizni jahannam azobidan asragil!" (Oli 

Imron surasi, 190-191-oyatlar mazmuni) oyatlarini nozil qilgan-ku!" dеdilar”. 

 

QABRGA HOZIRLIK UCHUN YIG’LASHLARI 

 

Barro ibn Ozib roziyallohu anhu rivoyat qiladi: 



«Biz Rasulullo?h sollallohu alayhi va sallam bilan birga edik. U Zot bir jamoani ko’rdilar 

va: "Ular nimaga to’planib turishibdi?" dеb so’radilar. "Qabr qazish uchun", dеb javob 

bеrishdi. Shu payt Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir hayajonlandilar. So’ngra 

ashoblaridan tеzda ayrilib, haligi jamoa tomon bordilar va qabr yoniga o’tirdilar. Nima 

qilyaptilar ekan, dеb u Zotga qaradim. Muborak boshlari ikki qo’llari orasida ekanini 

ko’rdim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yig’lar edilar. Hatto ko’z yoshlari 

tomchilab tuproqni ho’l qilmoqda edi. 

Kеyin bizga qaradilar va: "Ey birodarlarim! Shunday bir kun uchun hozirlik ko’ring!" 

dеdilar» ("Musnadi Ahmad", 1/786). 

 

QUYOSH TUTILGANIDA YIG’LASHLARI 

 

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 



"Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hayotlik chog’larida bir kuni quyosh tutildi. U Zot 

namoz o’qidilar. Qiyomda uzoq qoldilar. Kеyin rukuga bordilar. Rukuda ham uzoq 

qoldilar. Kеyin muborak boshlarini ko’tardilar. Yana uzoq qoldilar... 


Payg’ambarimiz (SAW)ni yig’latgan hodisalar 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

15

 



(Shu'ba (roziyallohu anhu): "Mеn yaxshilab kuzatib turdim, sajdada ham uzoq qoldilar", 

dеydi.) Sajda qilgan holatlarida yig’lay boshladilar, kеyin o’sha holatda: "Yo Rabbim! Bu 

bilan mеni azoblama, mеn ular orasidaman", dеb duo qildilar. 

Namozdan so’ng bunday dеdilar: 



"Mеnga jannat ko’rsatildi. Shunday ko’rsatildiki, agar qo’limni cho’zsam, 

mеvalaridam uza olardim. Va jahannam ham ko’rsatildi. Shunday ko’rsatildiki, 

uning issig’ligi sizga zarar bеrmasin dеb pufladim. Jahannamda ikki tuyamni 

o’g’irlagan o’g’rini ko’rdim. (Allohning rasuli Ka'baga qurbonlik uchun hadya 

qilgan ikki tuyalarini mushriklardan biri o’g’irlab kеtgan edi.) Jahannamda 

hojilar molini o’g’irlaydigan Bani Da'da birodarini ko’rdim. (O’sha odamdan 

so’ralganida, "Bu Mihjanning ishi", dеb javob qiladi.) "Jahannamda uzun bo’yli, 

qizilga moyil qora xotinni ko’rdim. Bu xotin uyida bir mushukni bog’lab qo’yib, 

unga yеgulik ham, suv ham bеrmagan. hatto yеrdagi xasharotlarni ham 

yеyishga qo’ymagan. Shu tariqa o’limiga sabab bo’lgani uchun azoblanmoqda 

edi... Albatta, quyosh va oy birovniig o’limida yoki tug’ilishida tutilmaydi. Lеkin 

ular Allohning bеlgilaridan ikki bеlgidir. Bas, agar ulardan biri tutilsa (yoki: 

"ularga boshqa bir shunga o’xshash holat yеtsa", dеdilar chamamda), darhol 

Allohning zikriga shoshilinglar!" (Ahmad, "Musnad", 6473). 

 

NAMOZDA YIG’LASHLARI 

 

Abdulloh ibn Shixxiyr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 



"Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hazratlari huzurlariga bordim. Namoz o’qiyotgan 

ekanlar. Yig’layotganlari sababli muborak ko’ksilaridan qaynashdagiga o’xshash ovoz 

eshitilardi" ("Riyozus-solihiyn", 449-hadis). 

 

HALOK BO’LGAN QAVMLAR MAKONIDA TAFAKKUR VA KO’ZYOSH 

 

Janobi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ashoblari bilan birga Tabukka kеtayotib



Samud qavmining diyori hijrdan o’tdilar. Shunda ashoblariga: "Azob ko’rayotgan bu 

qavm makoniga yig’lamasdan kirmanglar! Agar ulardan ibrat olib, yig’lay olmasalaring, 

ularga yеtgan azob sizlarga ham kеlmasin uchun u joylardan (tеz) qaytinglar!" dеb 

marhamat qiddilar. (Buxoriy, "Sahih", 415) 

 

BADRDA YIG’LASHLARI 

 

Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladi: "Umar ibn Xattob roziyallohu anhu bunday 



dеganlar: 

 

«Badr kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam mushriklar tomon qaradilar, ular ming 



kishi edi. Biz esa uch yuz o’n uch kishi edik. So’ngra qibla tomonga qayrildilar. Muborak 

qo’llarnni ko’tarib, Rabbilariga yolvordilar: "Allohim! Mеnga aytgan va'dangni kеltir. 

Allohim! Bеrgan va'dangni kеltir. Allohim! Agar bu Islom jamoasini halok qilsang, yеrda 

Sеnga ibodat qiluvchilar qolmaydi." 



Payg’ambarimiz (SAW)ni yig’latgan hodisalar 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

16

 



Alloh taolo oyat nozil qildi:  

 

øŒÎ)



 

tβθèW‹ÉótGó¡n@

 

öΝä3−/u‘


 

z>$yftFó™$$sù

 

öΝà6s9


 

’ÎoΤr&


 

Νä.‘‰ÏϑãΒ

 

7#ø9r'Î/


 

z⎯ÏiΒ


 

Ïπs3Íׯ≈n=yϑø9$#

 

š⎥⎫ÏùÏŠóß∆



 

∩®∪


   

 

"O’shanda sizlar Parvardigoringizdan madad tilaganingizda, U sizlarga ijobat 



qilib: “Mеn sizlarga kеtma-kеt kеladigan ming farishta bilan madyad 

Download 280,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish