Allohning Rasuliga bo‘lgan Muhabbat - Bir kitobda o‘qib qolgan edim, Agar Alloh kimni o‘ziga yaqin qilishni istasa, yoki Alloh bizga nimanidir aytmoqchi bo‘lsa biror bir bandasi tilidan aytar ekan. Lekin biz Rasulimizga Dilimizdagi gaplarni yoki sog'inchlarimizni qanday aytamiz, qanday yetkazamiz deb o‘ylaymiz. Albatta Alloh orqali. U bizni so‘zlarimizni yetkazadi, U bizni sog'inchlarimizga guvohdir. Bilsangiz Allohga yoki uning Rasuliga Muhabbat shunday tuyg‘uki, bunday muhabbati bor insonga boshqa hamma narsa ahamyatsiz, oddiy tuyiladi, chunki u insonda eng buyuk Muhabbat bor. Bunday ne'mat esa har kimga ham berilavermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |