Payg‘ambar sevgisi - Nima desak kam, nima qilsak ham kam. Shoirlar ta'riflashga urinishganda tariflari noqis qolar ekan. Sevaman deymiz tilimizda, oh chekamiz ko‘nglimizda, yoshlarimiz ko‘zimizda. Ko‘p Uni eslaymiz garchi Muhabbatimizni boshqacha usulda izxor eta olsak. Har eslaganim sari ular menga yaqinlashayotgandek go‘yo... Buni aniq ifodalash qiyin, chunki bu shunday Muhabbatki, bu Muhabbatni til bilan ifodalab bo‘lmaydi, bu Muhabbatni izxor qilib bo‘lmaydi. Faqat ko‘ngilda, qalbingizni tub - tubidan buni xis qilasiz holos.
Do'stlaringiz bilan baham: |